1-mavzu "Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni



Yüklə 35,75 Kb.
səhifə3/5
tarix22.12.2023
ölçüsü35,75 Kb.
#189126
1   2   3   4   5
1-mavzu Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti (1)

Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Mamlakatimizda ta'limni modernizatsiya qilish va amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida magistrlarda ilmiy tadqiqotchilik qobiliyatlarini shakllantirish va mamlakatimizda ilm fan taraqqiyotini ta'minlashda, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni ta'minlashda “Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi” fanini chuqurroq o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.


Mazkur o‘quv fani umumetodologik fanlar qatoridan o‘rin olib, u asosan talabalarda ilmiy tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, magistrlik dissertatsiyalarini yozish malakalarini, ilmiy maqolalar chop etish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi masalalarga chuqur yondashuvni talab etadi.
Fanni o‘qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallardan, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlardan foydalaniladi. Ma'ruza, va amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan, o‘quv-uslubiy majmualardan foydalaniladi.


"Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, uning predmeti - bu tadqiqotchining aqli va ijodiy faoliyati bilan muttasil nazorat qilinuvchi va yo‘naltiriluvchi bilishning umumfalsafiy, umumilmiy va maxsus ishlab chiqilgan metodlari negizida yangi ilmiy bilim olish usullari hamda bu ilmiy bilimning tuzilishi prinsiplari haqidagi hozirgi zamon ta'limotidir.


Fan metodologiyasining maqsadi yangi bilim olish, uni o‘stirish uchun zarur ilmiy ijod negizi, prinsiplarini ishlab chiqishdan iborat. Yangi bilim olish uchun ob'ektiv haqqoniy bilimdan qurol sifatida foydalanilganida, u ijodiy metodologik rol o‘ynaydi, ilmiy metodning jihati, shakli, elementi bo‘lib xizmat qiladi. Olimlar ilmiy metodologiya yordamida olingan bilimlarni tushuntiradi, talqin qiladi, shuningdek ularni amaliyotga: texnika, texnologiya, amaliy tadqiqotlar va hokazolarga tatbiq etadi.
Bunda ilmiy tadqitotning umumfalsafiy, umumilmiy metodlari: tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, abstraksiyalashtirish, abstraktlikdan konkretlikka tomon yuqorilab borish va boshqalar olimlarning ko‘plab avlodlari ilmiy ijodining mahsulidir.

Yüklə 35,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin