1-mavzu "Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi" fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 35,75 Kb.
səhifə4/5
tarix22.12.2023
ölçüsü35,75 Kb.
#189126
1   2   3   4   5
1-mavzu Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti (1)

Ilmiy metod - bu ilmiy bilimni muttasil o‘stirishga yo‘naltirilgan inson bilishining ob'ektiv jarayonlari, qonunlari va tendensiyalarini aks ettiradigan ilmiy bilimdir. Bu nuqtai nazardan ilmiy metod o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy metoddir. Ilmiy ijod deganda avvalambor ilmiy bilishning har xil usullaridan yangi ilmiy bilim olish vositasi sifatida foydalanish tushuniladi.
Odatda, olim o‘z ijodida metodlar, yondashuvlar va konsepsiyalarning tizimidan foydalanadi. Shuning uchun ham ilmiy ijod voqyelikni ilmiy bilish va o‘zgartirishning abadiy barhayot, o‘zgaruvchan, har safar o‘zgargan sharoitlarga moslashuvchan usuli hisoblanadi.
«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi – magistrant talabalarga ilmiy tadqiqotlarning asosiy tushunchalari, ta'riflari, usullari va bosqichlari haqida nazariy bilimlarni berish, ularni ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi, eksperimentlarni bajarish usullari, olingan natijalarini ishlab chiqish va tahlil etish metodlari, ularni rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Ushbu fanni o‘zlashtirgan talaba o‘z ilmiy sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlarni olib borish metodlarini, tajriba natijalarini tahlil qilishni, xulosalar chiqarishni, amaliyotga tadbiq etishni, o‘rganilayotgan ob'ektning matematik modelini tuzishni o‘zlashtirib oladi.
.


1.2. Fanning asosiy maqsadi va uni talqin etish tartibi

Ilm-fan jamiyatimizning ishlab chiqaruvchi kuchidir. Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining biron – bir sohasi yo‘qki, u o‘z faoliyati jarayonida ilm-fanning natijalarini, uning yutuqlarini tadbiq qilmagan bo‘lsin.


Ilm-fan shunday tez rivojlanmoqdaki, kechagi hayollar bugun haqiqatga aylanmoqda: kosmik kemalar, kompyuterlar, internet, texnikaning barcha sohalari va h.k. Bularning hammasi hozirgi zamon ilmiy-texnika yutuqlariga asoslanadi.
Bugungi korxonalarning faoliyati hozirgi zamon fani talablariga to‘la javob beradigan va ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak.
Bu nima degani?
-Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish;
-Yuqori hosil olish uchun yangi texnologiyalar joriy etish;
-Qishloq xo‘jalik texnikalarining holatini aniklash, (diagnostika), texnik qarov va tuzatishda yangi usullarni tadbiq qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida mashinalashtirish va kompyuterlashtirishni qo‘llashva hakoza.
Yuqorida keltirilgan va shunga o‘xshash boshqa masalalarning ishlab chiqarishga tadbiq qilinishi katta iktisodiy foyda beradi, chunki bu masalalarning yechimi ilmiy tarzda asoslangan bo‘ladi. Bu ishlarni kim amalga oshiradi? Hozirgi zamon magistri, lekin u qaysi sohada bo‘lmasin, ilm-fan natijalaridan foydalanmay turib, o‘z sohasining kelajagini aytib berolmaydi.
Iqtisodiyotning barcha sohalariga shu jumladan sanoat tarmog‘ida ham, juda bilimdon, o‘zi bajargan ilmiy tadqiqotlarini natijalari orqali mustaqil qaror qabul qilaoladigan magistrlar kerakki, ularning ishlari mehnatni va ishlab chiqarishni yaxshilashga, takomillashtirishga qaratilgan bo‘lsin.
Shuning uchun xozirdayok, har bir talaba o‘zini mustaqil magistrlik faoliyatiga tayyorlashi kerak.
Hozirgi kunda universitet o‘quv jarayoni talabalarni mustaqil ravishda ilmiy – tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishlariga yo‘naltirilgan.
O‘zining nazariy bilimlariga asoslangan holda, zamon ilm-fani darajasida amaliy mashg‘ulotlarni olib borish-keyinchalik mustaqil ilmiy ish olib borishda asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda fanning asosiy mavqsadi – magistrlarni ilm-fanning mazmuni va uning xozirgi jamiyatdagi o‘rni bilan yaqindan tanishtirishdir.
Mazkur fan o‘zining nazariy bilimlariga asoslangan holda, hozirgi zamon ilm-fani darajasida amaliy mashg‘ulotlarni olib borish, keyinchalik mustaqil ilmiy ish olib borishda asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 35,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin