265
joriy qilishning samaradorligini tavsiflovchi tashkiliy-boshqaruvchilik, psixologik-
pedagogik va iqtisodiy mezonlar bilan tanishtirishdan iborat.
O’quv faoliyatining natijalari
:
Talaba:
● Pedagogik tadqiqot natijalarini qanday qilib amaliyotga joriy qilishni va uning
prinsiplarini bilib oladi.
● Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning tashkiliy-boshqaruvchilik
mezoni
nima ekanligini tushunib oladi.
● Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning psixologik-pedagogik va iqtisodiy
mezonlari nima ekanligini tushunib va bilib oladi.
1.Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilish deganda nimani tushunasiz?
2. Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning tashkiliy-boshqaruvchilik mezoni
nima?
3. Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning psixologik-pedagogik mezoni
deganda nimani tushunasiz?
4. Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning iqtisodiy mezoni nimani
ifodalaydi?
Pedagogik tadqiqot natijalarini amalda qo’llashga joriy qilish
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning natijalarini amalda qshllashga joriy qilish –
nazariya va amaliyotning birligi vositasi va shartidir. Fan va amaliyotning bog’lanishi
ko’p qirrali bo’lib, u turli shakllarda amalga oshiriladi. Pedagogik tadqiqot natijalarini
va tavsiyalarini joriy qilish deganda,
maqsadli, tashkiliy rasmiylashtirilgan faoliyatni
tushunish kerak. Bu, nazariya va amaliyot orasidagi ko’p
qirrali munosabatlarning
nisbatan turg’un asosidir. Tadqiqot natijalarini joriy qilishning umumiy prinsiplarini,
joriy qilish jarayonining tarkibini, uning asosiy elementlarini ajratishni va ular orasidagi
bog’lanishlarni
topishni, uni o’tkazishga tegishli “tayanch nuqtalar” ni aniqlashni
magistrlar yaxshi bilishi kerak.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning natijalarini amalda qo’llashga joriy qilish – nazariya
va amaliyotning birligi vositasi va shartidir. Fan va amaliyotning o’zaro bog’lanishi
ko’p qirrali bo’lib, turli shakllarda amalga oshiriladi: pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti
– maktab; oliy o’quv yurti
266
- maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlari; maktab, akademik litsey va kasb
hunar kollejlari – tadqiqot muassasalari va oliy o’quv yurtlar; ilg’or
tajriba maktabi,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari – boshqa maktablar, akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari; xususiy maktab – oila va o’qituvchilar; novator o’qituvchilar –
o’qituvchilar va ota-onalar. Pedagogik tadqiqot natija va
tavsiyalarini joriy qilish
deganda, maqsadli, tashkiliy rasmiylashtirilgan faoliyatni tushunish kerak. Bu, nazariya
va amaliyot orasidagi ko’p qirrali munosabatlarning nisbatan turg’un asosidir.
Dostları ilə paylaş: