84
- Magistrlik dissertatsiyasi qanday ilmiy ish ekanligini talabalar tushunib olishadi.
-Dissertatsiyaning tuzilishi, mazmuni, hajmi qanday bo’lishini bilib olishadi.
- Magistrlik dissertatsiyasini qanday yozish to’g’risida tasavvurga
ega bo’lishadi.
- Magistrlik dissertatsiyasining himoya qilish jarayoni qanday o’tishini bilib olishadi.
1. Magistrlik dissertatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Dissertatsiyaning mavzusi va ilmiy rahbar qanday tanlanadi?
3.Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi, mazmuni, hajmi qanday bo’lishi kerak?
4. Magistrlik dissertatsiyasi qanday yoziladi?
5. Magistrlik dissenrtatsiyasining himoya qilish jarayoni qanday o’tadi?
Magistrlik dissertatsiyasi va unga qo’yiladigan talablar
Magistrlik dissertatsiyasi mustaqil ilmiy tadqiqot ishi hisoblanadi.
Uning asosida pedagogik jarayonni har tomonlama o’rganish, akademik litsey, kasb-
hunar kollejlarida o’qitish
sifatini oshirish, ta’lim-tarbiyaviy jarayonni kuchaytirishga
qaratilgan va aniq fanlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish kabi maqsad va
vazifalar turadi.Magistrlik dissertatsiyasining muallifi mustaqil
ilmiy ish olib borishga
zarur bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Ilmiy ish olib boruvchi magistrant o’z faoliyatini ilm-fanda shu masala bo’yicha
qanday fikrlar olg’a surilayotganini, qanday yutuqlarga erishilganini o’rganish bilan
boshlashi va zarur bilimlarni o’zlashtirishi kerak.
Magistrant o’z dissertatsiyasi mavzusiga bevosita aloqador bo’lgan
ilmiy-metodik
adabiyotlarni o’rganishga alohida e’tibor berishi zarur. U adabiyotlarni o’rganish
jarayonida dissertatsiya mavzusini kengroq tushuna boradi, hodisalarga turlicha qarash
va ularni turlicha tushuntirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Natijada, dissertatsiya
mavzusiga oid bilim darajasi
kengayibgina qolmasdan, fikrlash qobiliyati ham
rivojlanadi.
Demak, magistrlik dissertatsiyasi mustaqil ilmiy ish bo’lib, mustahkam nazariy
bilimga ega bo’lish hamda mustaqil fikrlash asosida yuzaga keladi.
SHuningdek,
magistrlik dissertatsiyasi malakaviy bitiruv ishi sifatida magistrning bilim darajasini
hamda unda ilmiy izlanuvchiga xos malaka va ko’nikmalarni shakllanganlik darajasini
ko’rsatadi.
85
Magistrlik dissertatsiyasini bajarish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
-
magistrlik dissertatsiyasi uchun mavzuni to’g’ri tanlay bilish;
-
tanlangan mavzu bo’yicha magistrning shaxsiy kuzatishlari natijasida to’plangan
barcha ilmiy va amaliy daliliy ma’lumotlarni mustahkamlash va tartibga solish;
-
u yoki bu holatlarning o’zi to’plagan doimiy ma’lumotlar asosida ilmiy va amaliy
ahamiyatini hamda qiymatini asoslab berish va xulosalar chiqarish;
-
umumahamiyatli bo’lgan me’yor va mezonlar asosida
magistr ilgari surayotgan
g’oyalar, xulosalar va tavsiyalarning haqqoniy ekanligiga ishontira olishdan
iborat.
Magistrlik dissertatsiyasining vazifalari quyidagilardan iborat:
-
tanlangan muammo yuzasidan tadqiqot o’tkazish zarurligini asoslash;
-
uning yozilish metodologiyasi va usullarini tanlash;
-
mavzuga doir axborot, daliliy materiallar yig’ish va ularni bir tizimga tushurish
hamda
qayta ishlash;
-
tadqiqotning rejasiga mos o’tkazilgan tahliliy natijalarni bayon qilish;
-
maqsad asosida o’tkazilgan kuzatishlar asosida xulosalar chiqarishdan iboratdir
Dostları ilə paylaş: