Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor


Magistrlik dissertatsiyasiga beriladigan taqrizlarga qo’yiladigan



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə61/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

Magistrlik dissertatsiyasiga beriladigan taqrizlarga qo’yiladigan 
talablar 
Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarning yozma xulosasi va opponentdan taqriz
olinadi. Ilmiy rahbarning xulosasida quyidagilar o’z aksini topishi kerak:
♦ dissertatsiya mavzusining dolzarbligi;
♦ magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari muallif tomonidan qanday
darajada yoritilganligi;
♦ dissertatsiya ishidagi asosiy yangiliklar;
♦ tadqiqot natijalarining qanday darajada asoslanganligi;
♦ dissertantning ilmiy ish yozishdagi mahorati;
♦ ilmiy ishdan chiqarilgan xulosalar va takliflarning sifati hamda nazariy va amaliy
ahamiyati;
♦ dissertatsiyaning magistrlik dissertatsiyasi talablariga moslik darajasi;
♦ ilmiy tadqiqot ishining amaliyot bilan aloqasi.
Magistrlik dissertatsiyasiga opponentning taqrizida quyidagilar o’z aksini topishi
shart:
● dissertatsiya mavzusining dolzarbligi;
● tadqiqot ishining yangiligi;
● dissertatsiya ishidagi ilmiy-amaliy natijalarni asoslanganlik darajasi;
● dissertatsiyani amaliyot uchun ahamiyati;
● dissertatsiyaning mazmuni va uning yakunlanganlik darajasi;
● tadqiqot materialini bayon qilish tili va uslubi;



89
● dissertatsiyaning ilmiy va amaliy qiymati;


● tadqiqot ishini magistrlik dissertatsiyasi talablariga mosligi
Dissertatsiyada sitata, murojaat, izohlardan foydalanish tartibi
Ishda ko’chirmalar keltirish ilmiy ishning xususiyatlaridan biri bo’lib, turli manba va
boshqa tadqiqotchilarning fikrlaridan foydalanishning o’ziga xos usullaridan
hisoblanadi. Dissertatsiya yozishda ko’chirmalardan o’rinli foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Ilmiy ish turli manbalardan to’plangan parcha va ko’chirmalardan iborat
bo’lib qolmasligi, shuningdek ular ishga tasodifiy tarzda kiritilmasligi kerak. Keltirilgan
ko’chirmalar ishning umumiy mazmuniga qo’shilib ketishi kerak. Keltirilgan
ko’chirmaga maxsus izoh va tushuntirishlar berish talab qilinadi.
Ko’chirmalar so’zma-so’z aynan ko’chirib olinib, qo’shtirnoq ichida beriladi va uni
qayerdan olinganligi ko’rsatiladi. Ko’chirmalarni qo’shtirnoqsiz berish hamda ular
olingan manbani ko’rsatmaslik ko’chirmakashlik (plagiat) sifatida baholanadi. Biror
manbadan matn aynan ko’chirib olinmay, uning mazmuni, mohiyati magistrantning o’z
bayonida berilishi ham mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ya’ni bibliografik ro’yxat ishning xulosa qismidan keyin
joylashtiriladi. Dissertatsiyada foydalanilmagan hamda asosiy matnda murojaat
qilinmagan manbalar bibliografiyaga kiritilmaydi. Foydalanilgan adabiyot va manbalar
haqida quyidagi ma’lumotlar berilishi kerak:
▪ foydalanilgan adabiyotning ro’yxat bo’yicha tartib nomeri;
▪ muallifning familiyasi, ismi va sharifi;
▪ kitob yoki maqolaning nomi;
▪ kitobning nechanchi nashr ekanligi (agar u bir necha marta nashr qilingan bo’lsa);
▪ kitobning nechanchi tom, qism va nashr soni;
▪ nashr etilgan joy;
▪ nashr qilingan yili;
▪ necha betdan iborat ekanligi ko’rsatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida ishga aloqador bo’lgan manbalardan tashqari,
hukumat farmon va qarorlari ham keltirilishi mumkin. Ular quyidagi tartibda yoziladi:
• O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari;



90
• O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;


• O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorlari;
• Alifbo tartibida joylashgan maxsus adabiyotlar;
• Me’yoriy xujjatlar va yo’riqnomalar;
• statistik materiallar va statistik to’plamlarning materiallari;
• Asl manbalar, ilmiy tekshirish institutlari va turli tashkilotlarning yillik hisobotlari.
Bibliografik izlanish magistrantning adabiyot ustida ishlashining dastlabki bosqichi
hisoblanadi. Natijada, magistrant mavzuga oid kerakli adabiyotlarni tanlab oladi va
ulardan foydalanadi hamda ularni adabiyotlar ro’yxatiga kiritadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin