89
● dissertatsiyaning ilmiy va amaliy qiymati;
● tadqiqot ishini magistrlik dissertatsiyasi talablariga mosligi
Dissertatsiyada sitata, murojaat, izohlardan foydalanish tartibi
Ishda ko’chirmalar keltirish ilmiy ishning xususiyatlaridan biri bo’lib, turli manba va
boshqa tadqiqotchilarning fikrlaridan foydalanishning o’ziga xos usullaridan
hisoblanadi. Dissertatsiya yozishda ko’chirmalardan o’rinli foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Ilmiy ish turli manbalardan to’plangan parcha va ko’chirmalardan iborat
bo’lib qolmasligi, shuningdek ular ishga tasodifiy tarzda kiritilmasligi kerak. Keltirilgan
ko’chirmalar ishning umumiy mazmuniga qo’shilib ketishi kerak. Keltirilgan
ko’chirmaga maxsus izoh va tushuntirishlar berish talab qilinadi.
Ko’chirmalar so’zma-so’z aynan ko’chirib olinib, qo’shtirnoq ichida beriladi va uni
qayerdan olinganligi ko’rsatiladi. Ko’chirmalarni qo’shtirnoqsiz berish hamda ular
olingan manbani ko’rsatmaslik ko’chirmakashlik (plagiat) sifatida baholanadi. Biror
manbadan matn aynan ko’chirib olinmay, uning mazmuni, mohiyati magistrantning o’z
bayonida berilishi ham mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ya’ni bibliografik ro’yxat ishning xulosa qismidan keyin
joylashtiriladi. Dissertatsiyada foydalanilmagan hamda asosiy matnda murojaat
qilinmagan manbalar bibliografiyaga kiritilmaydi. Foydalanilgan adabiyot va manbalar
haqida quyidagi ma’lumotlar berilishi kerak:
▪ foydalanilgan adabiyotning ro’yxat bo’yicha tartib nomeri;
▪ muallifning familiyasi, ismi va sharifi;
▪ kitob yoki maqolaning nomi;
▪ kitobning nechanchi nashr ekanligi (agar u bir necha marta nashr qilingan bo’lsa);
▪ kitobning nechanchi tom, qism va nashr soni;
▪ nashr etilgan joy;
▪ nashr qilingan yili;
▪ necha betdan iborat ekanligi ko’rsatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida ishga aloqador bo’lgan manbalardan tashqari,
hukumat farmon va qarorlari ham keltirilishi mumkin. Ular quyidagi tartibda yoziladi:
• O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari;
90
• O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
• O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorlari;
• Alifbo tartibida joylashgan maxsus adabiyotlar;
• Me’yoriy xujjatlar va yo’riqnomalar;
• statistik materiallar va statistik to’plamlarning materiallari;
• Asl manbalar, ilmiy tekshirish institutlari va turli tashkilotlarning yillik hisobotlari.
Bibliografik izlanish magistrantning adabiyot ustida ishlashining dastlabki bosqichi
hisoblanadi. Natijada, magistrant mavzuga oid kerakli adabiyotlarni tanlab oladi va
ulardan foydalanadi hamda ularni adabiyotlar ro’yxatiga kiritadi.
Dostları ilə paylaş: