87
rasmiylashtirish qoidalari
Tayyor bo’lgan magistrlik dissertatsiyasi ilmiy rahbar muhokamasidan oxirgi marta
o’tgandan so’nggina kompyuterda ko’chirilishi, rasmiylashtirilishi va muqovalanishi
lozim. Dissertatsiya universitet magistraturasini bitiruvchisining egallagan malakasini
aniqlab beradigan ilmiy ish hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasiga qo’yilgan
asosiy talab, ishning ilmiy ahamiyatiga
qaratilgan bo’lib, bayon etishning izchilligi va dissertatsiya qismlarining o’zaro uzviy
bog’liq bo’lishidir. Izchillikni buzadigan, keyingi natijalarga aloqasi bo’lmagan
materiallar dissertatsiya matniga kiritilmasligi kerak. Ba’zi
kerakli materiallar
dissertatsiyaning oxirida ilova sifatida berilishi mumkin. Dissertatsiya bosmaxona
talablariga mos ravishda muqovalangan bo’lishi lozim.
Magistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi standart formatli(A 4) qog’ozda 80
sahifadan kam bo’lmasligi kerak. Matn qog’oz varag’iga chapdan 2,5 sm, o’ngdan 1,5
sm, yuqoridan va pastdan 2 sm. joy tashlab yoziladi.
Mavzuning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, magistrant turli ko’rgazmali
materiallardan, ya’ni jadval, chizma, diagramma, rasm va
boshqalardan foydalanishi
mumkin. Barcha ko’rgazmali materiallar dissertatsiyaning mazmunini to’laqonli
yoritishga xizmat qilishi kerak.
Dissertatsiyada qaysi manbadan olinganligini ko’rsatmasdan turib, matbuotda chop
etilgan turli ko’rgazmali materiallardan foydalanish mumkin emas.
Dissertatsiya boblari yangi sahifadan boshlanadi, bobning nomidan keyin paragraf
nomi yoziladi.
Dissertatsiya magistrantning o’qigan tilida yoki kafedra tavsiyasiga ko’ra
xorijiy
tillarda yozilishi mumkin. Xorijiy tilda bajarilgan ishga davlat tilida aanotatsiya ilova
qilinadi va himoya tarjima orqali o’tkaziladi.
Dissertatsiyaning titul varag’i universitet bo’yicha vabul qilingan namunaga mos
bo’lishi kerak(1 – ilova).
Jiddiy tahrir qilinib muqovalangan dissertatsiya ilmiy rahbarning tavsiyasi bilan
birgalikda taqriz hamda himoya qilish uchun kafedraga topshiriladi.
Kafedra ishni
ko’rib chiqib, dastlabki himoya kunini ya’ni kafedrada muhokama kunini belgilaydi.
Dastlabki himoyadan o’tgan ish kafedraning qaydnomasi bilan ramiylashtriladi. SHu
kuni dissertatsiya ochiq himoyaga tavsiya qilinadi va kafedraning qarori bilan opponent
tayinlanadi.
Opponent
universitetda
ishlayotgan
soha
mutaxassislari,
ilmiy
88
muassasalarning mavzuga aloqador ilmiy xodimlari va boshqa oliy o’quv yurtlarining
professor-o’qituvchilari bo’lishi mumkin, Opponent ilmiy darajali bo’lishi shart.
Magistratura markazining rahbari yoki fakultet dekani dissertatsiya ishini ilmiy rahbar
va opponent taqrizlari bilan Davlat attestatsiya komissiyasiga yo’llaydi.
Dissertatsiya himoya qilingandan keyin 10 kun ichida magistratura markaziga yoki
dekanatga topshiriladi va o’quv yurtida 10 yilgacha saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: