91
Opponent, dissertatsiya ishining ijobiy tomonlarini ko’rsatibgina qolmasdan, uning
kamchiliklarini, matnni yozishda yo’l qo’ygan xatolarni ham ko’rsatib beradi. Opponent
taqrizi odatda kompyuterda yozilgan bo’lib, u 2-5 betdan iborat bo’lishi kerak.
Opponentning taqrizida uning shaxsiy imzosi, yozilgan sana va ro’yxatga olinganlik
raqami bo’lishi shart. Opponentning imzosi u ishlaydigan tashkilot tomonidan muhr
bilan tasdiqlanishi kerak.
Opponet tomonidan berilgan taqriz dissertantga himoyadan bir hafta oldin
yetkazilishi zarur. Bu orada magistrant opponent tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarga
o’z munosabatini bildirishga tayyorgarlik ko’radi.
Dissertatsiyani
baholashda ilmiy rahbar ham, kafedra ham, opponent ham,
magistrant ham dissertatsiya mvzusining dolzarbligi, tadqiqot ishining yangiligi va
uning nazariy va amaliy ahamiyati kabi tushunchalarning mohiyatiga alohida e’tibor
qaratishlari kerak, chunki ushbu tushunchalar mazmunan
turlicha tushuniladi va
tadqiqotni xolis baholashda qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Dissertatsiya mvzusining dolzarbligi, uning respublika ta’lim tizimini rivojlantirish
uchun qanchalik zarur ekanligi bilan belgilanadi. Dissertatsiya mavzusi dolzarb
deyilganda, unda hozirgi ta’lim tizimiga zarur bo’lgan muammoning hal qiliniganligini
tushunmoq kerak.
Ishning ilmiy yangiligi, birinchi bo’lib ta’riflangan
va mazmunan asoslangan
nazariy holatlarning amaliyotga joriy etilgan hamda ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarga
erishish uchun jiddiy ta’sir etadigan uslubiy tavsiyalarning mavjudligida namoyon
bo’ladi. Ilmiy yangilik, muallifning o’zi erishgan natijalariga nisbatan belgilanadi.
Ilmiy tadqiqotning amaliy qiymatini baholashda uning qanday xarakterga ega
ekanligini ham unutmaslik kerak.
Tadqiqot ishi uslubiy xarakterga ega bo’lsa, uning amaliy ahamiyati olingan
natijalarni matbuotda chop etilgan maqolalarda, amaliyotga ya’ni o’quv-jarayonigajoriy
etilganligi to’g’risidagi akt, ilmiy-amaliy anjumanlarda sinovdan o’tkazilganligi , oliy
o’quv yurti,
AL va KHK, umumta’lim maktablarda tajribadan o’tkazilganligida
namoyon bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: