92
Magistrlik dissertatsiyasi kafedrada dastlabki himoyadan o’tkazilgandan keyin,
kafedra mudiri barcha materiallarni magistratura markazi yoki
fakultet dekanati orqali
Davlat attestatsiya komissiyasiga topshiradi.
Magistrant o’z ishini DAK oldida rasman himoya qiladi. Bunda u o’z xulosalarining
to’g’riligini isbotlab berishi, savollarga puxta va aniq javob qaytara olishi zarur. Demak,
nihotda ma’suliyatli va hayajonli bu sinov magistrantdan himoyaga jiddiy tayyorgarlik
ko’rishini talab qiladi.
Tadqiqotchi tomonidan tayyorlanadigan va DAK yig’ilishida qilinadigan ma’ruza
matni himoya uchun eng zarur hujjatdir.SHuni aytish kerakki,
nutq madaniyati va
mazmuni nafaqat dissertatsiyaning sifatini,
shuningdek, magistrantning dissertatsiya
ustida olib borgan barcha ishlari darajasini ham belgilaydi.
Himoya nutqida dissertatsiyaning asosiy holatlari qisqacha mazmunda o’z
aksini
topishi kerak. Nutqning birinchi qismida asosan dissertatsiyaning kirish qismidagi
fikrlar, ya’ni
mavzuning dolzarbligi, aniqlangan muammo,
tadqiqotning maqsadi,
ob’ekti va predmeti to’g’risida so’zlanadi. Olingan natijalar qanday metodlarni qo’llash
orqali olingani aytiladi.
Ma’ruzaning ikkinchi qismida dissertatsiyaning boblari tavsiflanadi. Magistrant o’z
ishida ilgari surilgan fikr va mulohazalar to’g’risida mulohaza yuritib, undagi yutuq va
kamchiliklarni tanqidiy jihatdan baholashni davom ettiradi. Ma’ruza dissertatsiyada
bayon qilingan xulosa va tavsiyalarni qisqacha sharhlash bilan yakunlanadi.
Magistrantning DAK oldidagi ma’ruzasi tadqiqotning mohiyati, olingan natijalari va
xulosalari haqidagi hisobot vazifasini o’taydi. Ma’ruza matnini yozish ma’lum vaqt va
tayyorgarlikni talab qiladigan ishdir. SHuning uchun ham, dissertatsiya himoyasi uchun
ma’ruza matnini oldindan tayyorlab qo’yish shart. Aks holda, magistrantning ma’ruzasi
tarqoq va dissertatsiya boblari mazmunini hikoya qilib berishdan iborat bo’lib qoladi.
Dissertant, opponent tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklar
va savollarga ham
javoblarni tayyorlab qo’yishi lozim. Opponentning birorta fikriga aniqlik kiritish va u
bilan munozaraga kirishish zarur bo’lib qolganda, u o’z fikrlarini kamtarlik bilan puxta
o’ylangan fikr va ishonchli dalillar asosida, ilmiy munozara madaniyati doirasida bayon
qilish kerakligini esdan chiqarmasligi kerak.
Himoya jarayonida berilgan savollarga javoblar qisqa, ochiq, to’liq va asosli bo’lishi
lozim.
Himoyaga tayyorlanish jarayonida yana bir bor dissertatsiya matniga ko’z yugurtirib
chiqish, umumlashgan va yaqqol ko’zga tashlanadigan amaliy
natijalarni ifodalovchi
93
jadval va chizmalarga alohida diqqat-e’tibor qaratishi lozim. Dissertatsiya
materiallarining zarur qismini texnik vositalar yordamida namoyish qilishga tayyorlash
maqsadga muvofiqdir. Ko’rgazmalar
shunday tayyorlanishi kerakki, magistrant ularni
himoyada qatnashayotgan barcha ishtirokchilarga yaqqol
namoyish qila oladigan
bo’lsin.
Dostları ilə paylaş: