ADABIYOTLAR
1.R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil
2. J. Hasanboyev, X.To’raqulov. “Pedagogika” Darslik. T:. “Noshir” 2011 y
3. Sh.S.Shodmonova, M.E.Axmedova, X.H.Hamzayev. “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” Darslik. T:. 2019 y
4. N.Egamberdiyeva. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. “Alisher Navoiy nomidahi O’zbekiston milliy kutubxonasi” T:. 2009 y
5. Z.Inoyatova, A.Xayitov. Majmualar matni. T:. 2019 y
Internet saytlari
http://Ziyonet.uz
http://edu.uz
16.MAVZU. PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR
REJA:
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.
Pedagogika tarixi fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o’zaro aloqadorligi.
Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolar
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha Sug’diyon, Baqtriya, Xorazm davlatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti
Xalq maktablari, san’at maktablari.
“Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi.
Xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasining boshlanishi va eng qadimgi yozma manbalarda ta’limotlar.
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:
milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
Pedagoka tarixini o’rganish manbalari:
arxeologik yodgorliklar;
qo’lyozmalar;
xalq og’zaki ijodi;
adabiy yodgorliklar;
hujjatlar;
badiiy adabiyot;
memuarlar;
Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.
Pedagogika tarixi fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o’zaro aloqadorligi.
Tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham o’z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o’zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon minglab yillarni o’z ichiga olgan bo’lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so‘g‘d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar.
Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo‘lga qo’ya olish borasidagi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yish negizida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug‘ning barcha a’zolari jamoa bo’lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko’ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar.
-bolalar va o’smirlar;
-ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar;
-keksalar.
Ibtidoiy jamiyatda bola o’zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikmalarini o’zlashtirgan. Bu holat og’ir sharoitda kechgan. O’g’il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o’zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat va an’analarga ko’ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo‘lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so‘ng maxsus sinovlardan o’tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo’lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko’zga tashlanadi.
Urug’chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko’lami kengayib, kasb-hunar faoliyatining turlari ko‘payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o‘rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang’ich ko‘rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san’at sirlarini o‘rgatish ancha murakkab ish bo’lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo‘lishni taqozo etar edi. Shu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar.
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo‘lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga og’zaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv ko’nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo‘ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi.
Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi
Pedagogika tarixini davrlashtirishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. So’nggi yillarda O’zbekistonda pedagogika tarixini o’rganishga doir eng keng tarqalgan davrlashtirish o’zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:
eng qadimgi davrlardan O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar;
mustaqillikka erishilgandan to hozirgi kungacha O’zbekistonda pedagogik fikrlar rivoji;
jahon pedagogik fikrlari rivoji (eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha).
Biroq pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog’liqlikda o’rganish maqsadida quyidagi tarzda davrlashtish maqsadga muvofiq:
eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar;
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmifacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;
Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi;
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab;
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji;
XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji;
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;
1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji;
Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji;
eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi;
XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji;
hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti
Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug’chilik davriga kelib, xo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o’z ichiga olgan davrgacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar. Ushbu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an'analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So’g’diyona, Marg’iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o’lkalarda xalq xo’jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro’y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo’lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi. Ajdolarimiz tomonidan qo’lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta'limtarbiyaga oid merosi ham alohida o’rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san'at namoyandalarining ijodiy merosi, san'at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir. Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: ye.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo’minov, B.Gafurov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboev, M.IShoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallaev, N.Rahmonov, pedagog-olimlar O’.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi. Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san'ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lishning namunasi tarzida e'tirof etilgan ma'naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning Tarix, Strabonning Geografiya hamda Mahmud Qoshg’ariyning Devonu lug’atit-turk kabi asarlari, shuningdek, Urxun-yenisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o’rganish insonning shakllanishida moddiy va ma'naviy madaniyat qay darajada katta rol o’ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta'sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham o’z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan inson kamolotining ta'minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o’zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi. Ma'lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e'tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon minglab yillarni o’z ichiga olgan bo’lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e'tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so’g’d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos. Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz: 1. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar. 2. Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar. 3. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. Ma'lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo’lga qo’ya olish borasidagi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yish negizida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug’chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug’ning barcha a'zolari jamoa bo’lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a'zolarining yosh jihatlariga ko’ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar. a) bolalar va o’smirlar; v) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; s) keksalar. Ibtidoiy jamiyatda bola o’zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko’nikmalarini o’zlashtirgan. Bu holat og’ir sharoitda kechgan. O’g’il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o’zlashtirar edilar. Hech qaerda yozilmagan odat va an'analarga ko’ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma'lum tajribalarga ega bolardilar. Bola ma'lum tayyorgarliklardan so’ng maxsus sinovlardan o’tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo’lga kiritar edi. Ushbu an'ana, ya'ni, bolalarni ma'lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko’zga tashlanadi. Urug’chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining kolami kengayib, kasb-hunar faoliyatining turlari ko’payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o’rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang’ich ko’rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san'at sirlarini o’rgatish ancha murakkab ish bo’lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo’lishni taqozo etar edi. Shu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar. Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo’lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e'tibor bolalarga ogzaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv ko’nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo’ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi. Eramizdan oldingi ming yillik o’rtalarida oromiy, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so’ng esa yunon, shuningdek, forsiy mixxat yozuvlari ham ma'lum vaqtlarda qo’llanilib kelgan.
Sug’diyona va Baqtriya davlatlarida ta’lim- tarbiyaning o’ziga xosliklarini ochishga doir Venn diagrammasi topshirig’i
Quyida keltirilgan diagramma bilan tarnishing. Sug’diyona va Baqtriya davlatlarida ta’lim- tarbiyaning o’ziga xosliklarini diagrammaning kesishmaydigan joylariga yozing. Doiralarning kesishgan joyida ikkita fan uchun ham umumiy ma’lumotni yozing.
Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So’g’d, Kushon, Run (Urxun-yenisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’ladi va ta'lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu davrga kelib, ibtidoiy jamoa bo’lib yashash an'anasi asta-sekin rivojlana bordi, jahon madaniyatida inmoniyat tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlar yaratildi. Xitoyda qog’ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o’nlik sonlar tizimining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining 154 graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo’lishning o’ylab topilishi, Markaziy Osiyoda O’rta dengiz bilan Hindistonni o’zaro bog’lovchi karvon yo’lining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O’rta dengizga Buyuk ipak yo’lining ochilishi kabi voqyealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo’ladi. Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o’tgan oromiy, yunon va forsiy mixxat alifbosi asosida shakllangan Xorazm, So’g’d, Baqtriya yozuvlari qo’llanilgan.
Xalq maktablari, san’at maktablari
Eramizdan oldin taxminan 484(480)—431(425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning Tarix kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta'lim-tarbiya tarziga oid muhim ma'lumotlar berilgan. Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim. Shunga ko’ra ular ko’proq o’g’il bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, unga har yili sovg’a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari bolalarning yoshiga ham e'tibor berishgan. O’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to’g’ri so’zlikka o’rgatilgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo’lgan. Mabodo o’gil bola vafot etsa, otasining qayg’urmasligi uchun shunday qilganlar. O’g’illar hyech qachon ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qilmaganlar. Ular bunday holatni faqat nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar. Bundan tashqari, Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar. Shu bois daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo’l yuvmaganlar1 . Gerodotning ushbu ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz o’g’il farzandlarini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir inson etib tarbiyalashga katta e'tibor berganlar. Yigitlar va erkaklargina emas, hatto ayollarning ham jasorat ko’rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqeani keltiradi: podshoh Kir forslarni shoh Astiag boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga otlantirganda, ular jangda mag’lub bo’ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvib, shaharga bostirib kirishiga yaqin qolganda, darvozadan ularga qarshi ayollar chiqib keladilar va yoqavayron holda shovqin ko’taradilar: ―Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisizlar? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysizlar-ku! Forslar ayollarning bu hatti-harakatiga dosh bera olmay, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni orqaga chekinishga majbur etadilar. Bu voqyeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta'sis etadi: Bu shaharga qaysi shoh qadam qo’ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg’a qilsin . Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, mavjud holatlar hamda shart-sharoitning o’zi yoshlarga otda yurish, kamondan otish borasidagi bilimlarni o’rgatish, shuningdek, ularda jasurlik, to’g’rilik va botirlik xislatlarini tarbiyalash lozimligini taqozo etggan. Shu bois qadimgi ajdodlarimiz bolalarni o’z xalqining erki va yurt mustaqilligining himoyachilari etib tarbiyalaganlar. Plutarxning yana bir o’rinda qayd etishicha, Aleksandr Makedonskiy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urfodatlarini o’zaro uyg’unlashtirishga harakat qilgan. Shu maqsadda u o’ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo’lgan harbiy san'at sirlarini o’rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko’p murabbiylar tayinlangan. Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o’sha davrda ko’plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi farzandlari ham o’qitilganidan dalolat beradi. So’g’d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va Eski xatlar nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so’g’d yozuvi haqida ma'lumot beradi. Ushbu manbalarni Dunxuan shahri (Sharqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog’ida yashagan so’g’dlik tijoratchi (savdogar)larning o’z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan xatlar3 tashkil qiladi. Imperator Yan Li (615-617)ning elchisi Vey Szi hisobotlarida ham Samarqand shahrida yo’lga qo’yilgan ta'lim-tarbiya haqidagi ma'lumotlar mavjud. Samarqandning mohir savdogarlari o’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savdoni o’rgata boshlaydilar. O’qishni o’rganishi bilan savdo ishlari ham o’rgatilgan. Syuan-Szin nomli boshqa bir Xitoy tarixchisi esa Samarqand aholisining axloq va xulq-odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o’rnak bo’lganligini aytib o’tgan. Bularning barchasi qadimgi davrlarda bolalarning besh yoshidan o’qitilgani, ta'lim jarayonida ularni amaliy hayotga tayyorlash asosiy maqsad qilib belgiligi to’grisidagi ma'lumotlarni beradi. Bu ma'lumotlar qadimda bolalar o’qitiladigan savod maktablari bo’lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarni bajara olish va muayyan hunar sirlarini o’zlashtirish ishiga jalb etilganligidan darak beradi. Eng qadimgi davrlarda yo’lga qo’yilgan ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli ma'lumotlarni biz yana xalq og’zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g’oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo’lgan xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo’lgan tarbiya tajribalari umumlashgan. Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan amal qilingan urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlari mazmuni xalq og’zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo’lgan afsonalarda ifodalangan. Afsonalarning qahramonlari yaxshilikning tantana qilishi uchun yomonlik hamda nurning muqarrar mavjud bo’lishi uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, yaxshilik va baxt-saodatga chulg’angan o’lkalarini yaratadilar. Aksariyat afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzuistaklari, o’y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalarning ko’pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar Avesto, Abulqosim Firdavsiyning Shohnoma asarlari orqali ma'lumdir.
“Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi.
Avesto eng qadimgi yozma ma'rifiy yodgorlik sifatida Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o’rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko’plab afsona va rivoyatlar yaratilgan bo’lib, ular avloddan avlodga og’zaki va yozma ravishda o’tib borgan. Agar ushbu afsonalar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avesto asari mundarijasidan o’rin olmaganda edi, biz ular haqida hyech qanday ma'lumotga ega bo’lolmagan bo’lardik. Avesto asari kim tomonidan yaratilgani borasida turli qarashlar mavjud bo’lib, mashhur sharqshunos olim ye.E. Bertelsning fikriga ko’ra, ushbu asar 1278 yilda Rayd Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu degan kishi tomonidan yozilgan. Mazkur fikr Zardushtnoma dostonida bayon etilgan ayrim fikrlar asosida yuzaga kelgan. Xususan, dostonda Avesto va Zendni Zardusht dunyoga keltirgani, uning tug’ilishi va keyingi hayoti xususidagi ma'lumotlar keltiriladi. Ya'ni, Zardushtnoma Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu (Dostondan parcha) Men pahlaviy deb atalgan yozuvla bitilgan Shohona kitoblardan birini ko’rdim. U asrab kelingandir barcha oqillar va Ustozlar ustozi mobedlar mobedida. Unda olam hodisalari, ajdodlar Va shohlar ishlari haqda bitilgan. Unda olamga saodatli Zardusht keltirgan Avesta va Zendaning hikoyatlari bitilgan. Shuningdek, Zardushtning onadan tug’ilishi va so’ngra u bilan yuz bergan voqyealar Bandalarchun bu kitob eskidur endi Va hyech kim uni o’qiy olmaydi Mazkur doston 1760 yil mashhur fransuz olimi Anketil Dyu Perron tomonidan avval lotin tili, keyin esa fransuz tiliga tarjima qilingan. Asarni ingliz tiliga Istvix tarjima qilgan. Keyinchalik asarning F.A.Rozenberg tomonidan qilingan fransuzcha tarjimasi ham e'lon qilingandir. Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu dostonda keltirilgan ma'lumotlarni qanday manbalarga asoslanib bayon etganligi haqida ma'lumot yo’q edi. Lekin tadqiqotchilar dostonni yozishda muallifning ikki muhim manba- Avestoning yo’qolib ketgan Chitradat (o’n ikkinchi) va Spent (o’n uchinchi) nusxalaridan foydalanganligini e'tirof etadilar. Darmsteter Zardusht birinchi inson Gayomard haqidagi afsonaviy rivoyatning afsonaviy qahramoni bo’lib, xalq fantaziyasining mevasidir, deydi. Afsonada hikoya qilinishicha, u jaholat ramzi sanalgan ilon bilan kurashib halok bo’ladi. Undan uch o’g’il qolib, ular uch tabaqa – kohinlar, harbiylar hamda dehqonlar avlodiga asos solganlar. Mavjud manbalar, shuningdek, so’nggi yillarda e'lon qilingan ma'lumotlarga ko’ra zardushtiylik Sharq xalqlari sig’ingan qadimgi dinlardan biri sanaladi. Mazkur dinning asoschisi Zardusht (Sariq to’n egasi degan ma'noni anglatadi) bo’lib, din ham uning nomi bilan atalgan. Zardusht taxminan miloddan avvalgi 570 yilda tug’ilgan bo’lib, 77 yoshida, ibodat qilayotgan paytida dushman qohinlaridan biri tomonidan o’ldirilgan. Zardusht o’z davrida ikki xudolik g’oyasini ko’tarib chiqadi. Asta-sekin u payg’ambar darajasiga ko’tariladi va o’zini Axura-Mazda, ya'ni, Oliy Tangri elchisi deya e'lon qiladi. Zardusht dunyoni yaxshilik va yomonlik dunyosi tarzida ikkiga bo’ladi. Bu ikki dunyo o’rtasida bir-biriga qarama-qarshi g’oyalar ustuvor bo’lib, ular o’rtasida doimo kurash ketadi. Zardusht tomonidan asoslangan din uning hayotligidayoq ko’plab o’lkalarga yoyiladi. Biroq Zardusht vafot etganidan so’ng zardushtiylik dinining g’oyalari yanada keng yoyila boshlaydi. Avesto asari eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va IV asrning boshlarida yaratilgan bo’lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o’tishi bilan qayta-qayta ishlanadi. Asarning to’liq kitob holida shakllanishi eramizdan avvalgi birinch asirga to’g’ri kelishi barcha manbalarda alohida qayd etiladi. G’arb, rus va o’zbek olimlari mazkur asar mazmunini har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Zero, Avesto asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid ma'rifiy fikrlar ma'lum bir tizimda ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim ma'lumotlarga ega bo’lamiz. Avesto diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan asardir. Abu Rayhon Beruniy o’zining ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida zardushtiylik dini qadimgi Xuroson, Fors, Iroq va Balxdan tortib Suriya yerlarigacha tarqalganligini aytadi. Ozarbayjon olimi M. Rafiliy esa ―Muxtasar Ozarbayjon adabiyoti tarixi‖ kitobida (1-jild, Baku, 1943, 2-3-betlar) ―Avestoni faqat Ozarbayjon adabiyotining ma'naviy merosi deb e'tirof etadi. Tarxichi olim V.M.Avdievning fikriga ko’ra, Avesto nomli qadimgi diniy to’plamning dastlabki qismlari aynan O’rta Osiyo hududida vujudga kelgan, deyish uchun barcha asoslar yetarli. Zero, asarda keltirilgan ayrim rivoyatlar bu haqida dalolat beradi. Rivoyatlarda aytilishicha, zardushtiylik dinining birinchi Muqaddas olovi Xorazmda yoqilgan. Avesto asarida tasvirlangan Ayriana Vayjo 162 mamlakati Xorazm bo’lgan bo’lishi mumkin. Bu mamlakatda Axura-Mazda Zardushtga ko’rinish bergan. Ayriana Vayjo degan afsonaviy mamlakatning Avesto asarida saqlanib qolgan tasviri Xorazmning geografik sharoitlariga to’la muvofiq keladi. S.P. Tolstov ham Avestoning eng qadimgi zamonga oid qismi Markaziy Osiyo (Xorazm)da eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning birinchi yarmida yozilgan deb qayd etadi. Avestoda xudolar va qahramonlar to’’g’risidagi xalq epik afsonalariga oid juda ko’p qimmatli ma'lumotlar jamlangan. Asarda tasvirlangan xudo va qahramonlar O’rta Osiyo mamlakatlari va ularga qo’shni bo’lgan Eron va Afg’oniston o’lkalarida ish ko’radilar.Avestoda keltirilgan madhiyalarda shunday bir o’lka tasvirlanadiki, unda: ―Bir talay qo’shinga qudratli yo’lboshchilar bosh bo’lgan, keng o’tloqlari va suvlari ko’p bo’lgan, baland tog’lari chorvachilik uchun zarur hamma narsani yetishtiradi, unda chuqur-chuqur va sersuv ko’llar, kemalar yurib turadigan keng daryolar Iskat va Pourta, Mour (Marv), Xarova (Hirot), Gou So’g’d va Xvoyrezm (Xorazm) tomoniga pishqirib oqadilar (Yasht X, 14)‖. Bunda zikr etilgan joylarning ta'rifi va nomlari boshqa qator jihatlari bilan birga qadimgi Zardusht dinining xuddi shu yerda, Amudaryo havzasida vujudga kelganiga shubha qoldirmaydi. Zardusht eramizdan avvalgi VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi Spitama urug’idan bo’lgan. Otasi Paurushasp, onasi Dugdova ot va tuya boqish bilan shug’ullanganlar. Zardusht ko’p xudolikka sig’inish hamda ko’plab qurbonliklar qilinishi natijasida mollar qirilib ketayotganligi, shuningdek, turli qabilalar o’rtasida nizolar kelib chiqayotganligini ko’rib, uning oldini olish choralarini izlaydi va ana shu maqsadda o’z ta'limotini targ’ib qila boshlaydi. Lekin qabila boshliqlariga uning ta'limoti va unda ilgari surilgan g’oyalar yoqmaydi. Zardusht xudodan kelgan vahiy orqali ko’pxudolikka qarshi yakka xudolikni targ’ib qila boshlaydi, kuchli hokimiyat o’rnatib, yer yuzida tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi Axura Mazdani himoya qiladi. Zardushtning yangi ta'limotini qabila a'zolari orasida targ’ib qilishini istamagan qabila boshliqlari uni ta'qib etadilar. Ana shu ta'qib tufayli u Ray (Eron)ga qochadi va o’z dinining o’sha yerda to’laqonli shakllantirishga muvaffaq bo’ladi. Avestoni shoh Vishtasp (Gushtasp)ga taqdim etadi. Shoh Vishtasp uning homiysiga aylanadi. Vishtaspning farmoniga binoan otashxona - ibodatxonalar qurdiriladi, zardushtiylik dinining g’oyalari keng yoyila boshlaydi. Zardusht shoh Gushtasp vazirining qizi Havoviga uylangani, undan uch o’g’il - Istavatra, Urvatatnara, Xvarachitra va uch qiz Freni, Triti, Pourichistalarni ko’rganligini qayd etadi.9 Vishtaspning farmoniga ko’ra 1200 bobdan iborat Avestoni oltin taxtga yozdirilib, shoh otashkadasiga topshiriladi. Avestoning kitob holidagi matni eramizdan oldin o’n ikki ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan. Bu nusxa Iskandar Makedonskiy istilosiga qadar Istahr shahrida saqlangan. Iskandar Istahrni bosib olgach, Avesto kitobida bayon etilgan tibbiyot, nujum, ilmi hikmat sohalariga oid g’oyalarni yunon tiliga tarjima qilinib, qolgan fikrlar bitilgan sahifalar yoqib yuboriladi. Zardushtning mazkur kitobi bizga qadar ikki nusxada yetib kelgan. Mazkur nusxalarning birinchisi - duolar to’plamidan iborat bo’lib, Vendidatsede, ya'ni, Pok Vendidat deb ataladi. Ushbu kitobga Yasna va Visperedlar kiritilgan. Ikkinchi kitobda ham birinchisi kitobdagi kabi Vendidat, Yasna’ va Visperedlar o’rin olib, unda sharhlar ham beriladi. Izohli tarjima Zand‖ (sharh ma'nosida) deb ataladi. Shuning uchun ham asarning sharhli nusxasi Avesto va Zand yoki Zand Avesto deb nomlangan. Ikkinchi variantiga binoan Avesto asari quyidagi qismlardan tashkil topgan: 1. Vendidat. Mazkur qism 22 bobdan iborat bo’lib, asosan, Axura Mazda bilan Zardushtning o’rtasida kechgan savol-javobi shaklida yozilgan. U yomon ruhlarni, devlarni yengish voqealari, gunohlardan pok bo’lish qoidalari hamda mifologik unsurlarni o’z ichiga oladi. Xarakterli jiqati so’z yuritilayotgan qismda devlarga qarshi yaratilgan qonun matni, ya'ni, qonunnoma mazmuni yoritilgan. qonunnomada aytilishicha, yomonlik timsoli bo’lgan devlarga nisbatan nafrat bilan qarash darkor. Axura Mazda yurtda yaxshilik, xayrli ishlarni yuzaga keltirsa, Anhra Manu (Axriman) o’z yurtida yomonlikni qaror toptiradi. 2. Vispered. U 24 bobdan iborat bo’lib, ibodat qo’shiqlarini o’z ichiga oladi. 3. Yasna. Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlarni o’tkazish chog’ida, shuningdek, qurbonlik chiqarish marosimida aytiladigan qo’shiqlar, xudolarga bag’ishlangan madhiyalar va boshqalar yasnalarni tashkil etgan. Ushbu qismning 17 bobi Gotlar deb yuritiladi. Gotlar Avestoning eng qadimgi qismlari sanaladi. 4. Yashtlar. Yashtlar zardushtiylik dinining xudolari va ma'budalari sharafiga aytilgan 22 qo’shiq (gimn)larni o’z ichiga oladi. 5. Kichik Avesto (Xurda Avesto, Xvartak-apastak). quyosh, Oy, Ardvisura, Mitra, olov va boshqa xudo hamda ma'budalar sharafiga bag’ishlangan kichik ibodat (gimn) matnlaridan iborat. Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim. Inson va uning jamiyatda tutgan o’rniga nisbatan munosabat masalasi gotlar mazmunida o’z ifodasini topgan. Avesto tarbiyaviy manba sifatida katta ahamiyatga ega. Yuqorida aytib o’tilganidek, Zardusht qadimgi qabilalar a'zolarining diniy e'tiqodlariga aylangan qarashlar mazmunini isloh qilgan. Zardusht ta'limotining ilg’or g’oyalari shundan iboratki, Axura Mazda (qodir iloh) dunyoda mavjud bo’lgan adolat va yaxshilikning ijodkori sanaladi. Anxra Mani (Yovuz ruh) barcha yomonliklarni yuzaga keltiradi. Avestoning mazmuni borasida uning bizgacha yetib kelgan parchalarda ilgari surilgan qarashlar mohiyatiga asoslanib quyidagi xulosaga kelish mumkin: Vendidatning dastlabki uch bobida xalq hayotida yerning qay darajada ahamiyatga ega ekanligi kuylanadi. Chunonchi, birinchi bobda yovuzlik va adovat hukmron bo’lgan o’lkalar tasniflanar ekan, Axura Mazda Tinchlik va Adolat o’lkasining asoschisi, Anhra Manyu esa jaholat urug’ini sochuvchi sifatida talqin etiladi. Asarda ana shunday o’lkalardan 16 tasi qayd etib o’tiladi. Avestoda tasvirlangan adolat o’lkasining keyingi davrlardagi nomlari: 1. Aryana Vedja - Xorazm yoki Araks daryosi qirg’og’i yoki Amu va Sirdaryo deltasidagi o’lka. 2. Gava-So’g’diyona. 3. Mouru (Margav)-Marshana (Marv, hozirgi Mari shahri joylashgan hudud). 4. Baxdi-Baqtriya (Balx). 5. Nisaya - Nisa, Parfiya poytaxti. 6. Xaroy-Isfaxondagi bir joy. 7. Xnenta-Gurkaniya. 8.Xaraxvaiti-Garut (Araxoziya bilan bog’liq). 9. Xetumant - Gilmenda havzasidagi viloyat. 10. Ragamidiyadagi bir shahar. Ray Tehronga yaqin. 11. Chaxra-Xurosondagi bir joy. 12. Varna - Janubiy Kaspiy bo’yi viloyati. 13. Xapta Xindav - Inda, Panjob havzalarida joylashgan hududi. 14. Rangxa irmoqlari-mifologik o’lka10 . 3. Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar Turkiy xalqlarning yozma ma'rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |