«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə111/139
tarix29.11.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#71249
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bî‘yicha prorektor

Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi

Islom olamida Qur’ondan keyingi o’rinda turuvchi hadislar ishonchli axloqiy manba hisoblanadi. Haqiqiyligi puxta o’rganib chiqilgan ishonchli hadislar sahih deyiladi. Sahih so’zining ma’nosi sog’lom, to’g’ri, xatosiz degani. Hadisni rivoyat qiluvchi kishi isnod, hadislarni to’plagan muallif esa muhaddis deb yuritiladi.


Muhaddislar hadis to’plashda uni aytib bergan kishining hayotini chuqur o’rganishgan. Toki aytib bergan kishining yolg’onsiz, rost aytganligiga ishonch hosil qilishgach, u aytgan hadis ko’chirib olingan. Bordi-yu, u shaxs unchalik ishonchli odam bo’lmasa, aytgan hadisi shubhali sanalgan. Ba’zi hadislarning aytilganidan yozib olinganiga qadar oradan ko’p vaqt o’tib ketganligi sababli haqiqiyligi shubhali hisoblangan. O’quvchilarda shunday
savol tug’ilishi mumkin. Nima uchun hadislar o’z vaqtida yozib olinmagan? Bunga sabab shuki, Payg’ambarimiz Allohning so’zi turganda, bandasining so’zini yozib olishni o’rinsiz hisoblab man qilganlar.
Hadislarning mavzu doirasi juda keng bo’lib, unda inson axloqining deyarli barcha jabhasi aks etgan. Muhaddislar odam hayotining barcha sohalarini o’z ichiga olgan haqqoniy hadislarni to’plab, bizgacha etkazishgan va shu orqali hadislarning abadiy yashovchanligini ta’minlaganlar.
Hadislar nafaqat to’planganligi, balki musulmon ahlining ma’naviyat sifatlariga aylanib ketganligi uchun ham yo’qolmaydi. Hadislardan halollik, poklik, mehnatsevarlik, yurtga muhabbat, ilmga chorlash, samimiylik, insof, adolat, o’zgalar haqiga xiyonat qilmaslik mavzulari etakchi o’rin egalladi.
Insonlarda uchraydigan yaxshilik va yomonlik sifatlariga hadislarda juda keng o’rin berilgan. Inson hayoti boshdan oxirigacha yaxshilik va yomonlikdan iborat. Yaxshilik deyilgan tansiq tuyg’uning mohiyati qanchalik zarurligi hadislarda o’zining to’la aksini topgan: “Yaxshilik – nafsingiz taskin topib, dilingiz orom oladigan ishdir. Yomonlik yoki gunoh esa uning aksidir, garchi muftiylar fatvo bersalar ham, o’z qalbingizga qarab ish tuting”.1
Xalqimiz orasida "Tilga e’tibor - elga e’tibor" deyilgan ibratli hikmat keng tarqalgan. Musulmon olami tilga azaldan katta e’tibor bilan qarab kelgan. Bu mavzu hadislarda ham o’z aksini topgan: “Inson xatoni ko’proq o’z tili bilan sodir qiladi", "Bu dunyoda bema’ni gaplarni ko’p gapiradigan odamning gunohi qiyomat kuni ko’p bo’lur”, “Haqiqiy mo’minning qo’lidan ham, tilidan ham mo’minlar ozor topmaydilar”.
Juda ko’p hadislarda rostgo’ylik, saxiylik, insof, halollik, do’stlik, pokizalik, go’zallik kabi insoniy fazilatlar targ’ib qilinadi: “Tangri go’zaldir, go’zallikni yaxshi ko’radi”, “Liboslaringizni chiroyli qilinglar, ot-ulovlaringizni yaroqli tutinglar! Yuzdagi xoldek odamlarga namuna bo’linglar!”, “Haqqingni xoh mukammal, xoh kami bilan bo’lsa-da, halol qilib ol!”, “Rostgo’ylikda xavfu xatar ko’rsanglar ham rost so’zlanglar. Shunda najot topasizlar. Garchi foyda ko’rib turgan bo’lsangiz ham yolg’ondan saqlaninglar”.
Hadislarni to’plash ishlari VIII asrdan boshlangan. Payg’ambar alayhissalomni ko’rgan va bilganlardan yozib olingan ma’lumotlarga qaraganda, dastlabki hadis to’plovchilar ibn Shahob az-Zuhriy, Yahyo ibn Sa’d al-Ansoriy, Ibn Jurayj kabilar bo’lgan. Dunyoga mashhur muhaddislar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn Hajjoj, imom Nisoiy, imom ibn Majj’ Kazviniy, Abu Iso Muhammad as- Samarqandiy, imom at-Termiziylardir. Yuqorida nomlari zikr qilingan muhaddislarning hadis to’plashdagi xizmatlari juda katta. Bu ulug’ alloma birgina "Al jome’ as-sahih" ("Ishonchli majmua") asari ustida o’n olti yil ish olib borgan. Va olti yuz ming hadisni to’plab, 7275 tasini tanlab olgan. Shuningdek, "Al-jome’ as-sahih" asaridan odob-axloq mavzuiga bag’ishlangan hadislarni tanlab olib, alohida kitob holiga keltirgan. Bu kitob Al-adab al-mufrad ("Adab durdonalari") deb nomlangan bo’lib, bu asar 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan.
At-Termiziyning ijodiy faoliyatida yaratgan asarlari ichida, “Al-Jomi’ as-sahiyh” (“Ishonchli to’plam”) eng asosiy o’rinni egallaydi. Ushbu asar yuqorida qayd qilganimizdek “al-Jomi’ al-kabiyr” (“Katta to’plam”), “Sahiyh at-Termiziy”, “Sunan at-Termiziy”, (“Termiziy sunnatlari”) kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Tarixchi ibn Hojar al-Asqaloniyning yozishicha at-Termiziy ushbu asarini 270 hijriy (884 melodiy) yilda, ya’ni qariyb oltmish yoshlarida, ilm-fanda katta tajriba orttirib, imomlik darajasiga erishgandan keyin yozib tugatgan.
Abu Iso at-Termiziy yozib qoldirgan “al-Jome’ as-sahiyh”, “ash-Shamoil an-nabaviya” kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib insonlarni halol, adolatli, e’tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmatda va e’tiborli bo’lishga chorlaydi.
Bu ibratli pand-nasihatlar va o’gitlar hozirgi jamiyatimiz ahlini, ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash o’rinlidir. At-Termiziyning asarlari faqat diniy ilmlar majmuasiga oid bo’lib qolmasdan, balki, dunyoviy ilmlarga oid ma’lumotlarga ham boydir. Masalan, uning bosh asari bo’lgan “al-Jome’ as-sahiyh”da tarix, mantiq, huquqshunoslik, tabobat, ziroat va boshqa qator fanlarga oid ko’plab ma’lumotlarni ham uchratamiz.
Arab tilini rivojlantirishda ham at-Termiziyning xizmatlari ulkan ekanligini zamonaviy olimlar qayta-qayta ta’kidlaydilar. At-Termiziy asarlarini o’rganish natijasida uning davrida diyorimizda ilm- fan qanchalik darajada taraqqiy qilganini ham tasavvur qilamiz.
Insonparvarlik va demokratizm g’oyalari hadislarning tub mazmunida yuqori o’rin egallaydi. Shuningdek, u to’la ma’noda tarbiyaviy manfaatlarni ifodalab, boshqa barcha pedagogik fikrlar va tarbiyaning uslub hamda vositalarini targ’ib qiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin