«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə81/139
tarix29.11.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#71249
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   139
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bî‘yicha prorektor

Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari deganda, o‘quvchilarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy his-tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin:
3.Ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari. Ma’naviy-axloqiy mavzudagi hikoya - axloqiy mazmundagi voqea-hodisalarni yorqin emosional bayon etilishidir. Hikoya tarbiyalanuvchilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir etib, ularga axloqiy me’yor va qoidalarni tushunish hamda o‘zlashtirishga yordam beradi. Yaxshi bayon tavsifiga ega hikoya axloqiy tushunchalarning mohiyatini ochib berishgagina xizmat qilib qolmay, balki tarbiyalanuvchilarda madaniy xulq-atvor qoidalariga ijobiy munosabatning yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Ma’naviy-axloqiy mazmundagi hikoya bir nechta vazifani bajaradi: bilimlar manbai bo‘lib xizmat qiladi, tarbiyalanuvchining xulq-atvor tajribasini kattalarniki asosida boyitadi.
Ushbu metodning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. tarbiyalanuvchilarda ijobiy axloqiy hislarni uyg‘ota olish, hikoya qahramonlariga hamdardlik bildirish - yutug‘idan quvonib, muvafaqqiyatsizligiga birgalishib achinish;

  2. tarbiyalanuvchilarga tushunarsiz bo‘lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish;

  3. ma’naviy-axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg‘ulotlarda, sayrlarda, tarbiyalanuvchilarning o‘z hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda ham foydalanish.

Ma’naviy-axloqiy mazmundagi hikoya samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur:

  1. Hikoya tarbiyalanuvning ijtimoiy tajribasiga mos kelishi lozim. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun hikoyaning qisqa, emosional, tushunarli bo‘lishi maqsadga muvofiq.

  2. Hikoyaning rasmlar bilan, musiqa jo‘rligida bayon qilinishi uning yaxshi idrok qilinishini ta’minlaydi.

  3. Ma’naviy-axloqiy mavzudagi hikoyaning yaxshi idrok qilinishi uchun unga mos muhitning yaratilganligi muhim ahamiyatga ega.

  4. Hikoyadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uni mohirona bayon etib bera olish lozim. Ishonarsiz, bir xil ohangda hikoya qilish orqali buni amalga oshirib bo‘lmaydi.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin