Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Makkajo`xorilar turkumi - Zea mays



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə102/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Makkajo`xorilar turkumi - Zea mays. 1 yillik don o`simlik. Poyasining bo`yi 1-3 m gacha boradigan va bundan balandroq bo`ladi,uchidan changchi boshoqchali ro`vak, pastki qismlaridan esa murakkab to`pgullar chiqaradi. Barglari navbat bilan joylashgan, cho`ziq shaklda. Gullari - bir jinsli, mayda, gul qo`rg`oni yo`q. Mevasining rang tusi har xil, ancha yirik bo`ladigan yalang`och don.
Hamma joylarda ekiladi asl vatani janubiy Amerika makkajo`xori popugida sintosterol, stigmasterol, efir moyi, C va K vitaminlar, alkaloidlar organiq kislotalar va boshqa moddalar bor. Tibbiyotda makkajo`xori popugi siydik o`t haydaydigan vosita sifatida tavsiya etiladi. Gul fomulasi:*♂ P0A3G0; *♀ P0 A0 G(2)
Sulilar turkumi-Avena. Bo`yi 120 sm gacha boradigan, poyasi yalong`och bo`ladigan bir yillik o`tsimon o`simlik. Poyasi ichi kovak bo`lib, qavarib chiqib turadigan qattiq bo`g`imlari bor. Barglari uzun nashtarsimon uchi o`tkirlashib kelgan. Gullari - ikki jinsli, mevasi boshoqlarda bo`ladigan cho`zinchoqroq shaklli don. May - iyulda gullaydi, doni iyun - avgustda etiladi.
Suli donlarida anchagina (16% gacha) oqsil, uglevodlar yog` moddalari klechatka, va ko`pgina makro va mikroelementlar bor. Unda avenin degan alkaloid va efir moyi ham bor. Shuni takidlab o`tish kerakki ekiladigan suli egallaydigan maydon jihatidan jahon xo`jaligida g`alla ekinlari orasida 4 - o`rinda turadi. (bug`doy, makkajo`xori, sholilardan keyin) Zamonaviy tabobatda sulidan tayyorlangan qaynatmalar siydik o`t, el haydovdigan va odamni terlatadigan xossalarga ega ekanligi aniqlangan. Suli yallig`lanishga qarshi ta`sirga ham ega bo`lib markaziy nerv sistemasi va yurak ishini ham yaxshilaydi.


4. Bug`doydoshlar oilasi vakillarining ahamiyati.
Ahamiyati: Bu oila o`simliklari insonlar hayotida muhim ahamiyatga egaligi bilan boshqa oilalardan alohida ajralib turadi. Chunki, bu o`simliklarning urug`ini tarkibida 50-75% kraxmal, 20% oqsil, yog`, mineral moddalar va vitaminlar bor. Oila vakillari nafaqat oziq-ovqat, balki chorvachilikda muhim ahamiyatga ega bo`lgan yem-xashak o`simliklari va xiyobonlarda manzara beruvchi o`simliklar ham hisoblanadi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin