Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə105/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2 Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu:. Piyoz po‘sti epidermasi hujayrasining tuzilishi.

Kerakli jihozlar: mikroskop, piyoz, buyum va qoplag‘ich oynalar, cho‘tkacha, suv preparoval nina, lanset, pinset, paxta tolasi.
Nazariy ma’lumotlar. Hujayra o‘simlik va hayvonlar organizmi tuzilishi, rivojlanishi va hayoti protsesslarining asosidir. O‘simlik organizmlar bir hujayrali va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Ko‘p hujayrali organizmlar million-million hujayralar yig‘indisidir.
O‘simliklar hujayrasi protoplastdan tuzilgan bo‘lib, tashqi tomondan pishiq po‘stga o‘ralgan. Protoplastda vakuolalar bo‘lib, ular hujayra shirasi bilan to‘lgandir.
Protoplast hujayraning asosiy tirik qismi va organoidlar yig‘indisidir. Hujayra organoidlariga yadro, plastida, endoplazmatik to‘r, Golji apparatati (diktiosoma), ribosoma, mitoxondriya, lizosoma kiradi. Bu organoidlar gialoplazmaga joylashgan, hujayra organoidlari hujayra hayotiida muhim hayotiy funksiyalarni bajaradi. Hujayra po‘sti, hujayra shirasi, hujayradagi zapas va ekskretor (chikindi) moddalar protoplastning faoliyati natijasida hosilo bo‘ladi.
O‘simliklar hujayrasi parenxima va prozenxima shaklda bo‘ladi. Hamma tomoni teng (sharsimon, ko‘p qirrali) yoki bo‘yi enidan uzunroq bo‘lgan hujayralar parenxima hujayralar deyiladi. Yopiq urug‘lilarda parenxima hujayralarning kattaligi 10-100 va undan ortiq bo‘ladi. Olma, limon, tarvuz etining hujayralari yirik hujayralar bo‘lib, oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Bo‘yi enidan bir necha marta ortiq bo‘lgan (tayoqsimon, duksimon, tolasimon) hujayralar prozenxima hujayralar deyiladi. O‘sib etishgan proxima hujayralar o‘lik hujayralardir. O‘lik hujayralar faqat hujayra po‘stidan tarkib topgan bo‘lib, hujayra ichida protoplasti bo‘lmaydi. Prozenxima hujayralarning ulchami parenxima hujayralarnikidan ortiq bo‘ladi.
Ishni bajarish tartibi. Parenxima hujayralarning tuzilishini o‘rganish uchun piyozning tashqi quruq po‘stini olib tashlab, seret qavati sirtidagi yupqa pardasidan kichik bo‘lagini kesib olib, buyum oynasidagi suvga qo‘yiladi. Bukilgan joylari igna uchi bilan tekislangandan so‘ng, yopqich oyna bilan yopib, mikroskopning kichik obektivida qaraladi. Bunda rangsiz yadro va sitoplazmali parenxima hujayralar aniq ko‘rinadi. Hujayra organoidlarining strukturasini aniq ko‘rish uchun qoplag‘ich oynani ochib, obektivga 1-2 tomchi yod tomiziladi va ustiga yana oyna yopiladi. Reaktiv tasirida yadro qo‘ng‘ir, sitoplazma sariq rangda bo‘ladi. YOsh hujayralarda yadro hujayra markazida joylashgan bo‘lib atrofini sitoplazma o‘rab oladi. Sitoplazma tortmalari oralig‘idagi bo‘shliqlar vakuolalardir. Bazi hujayralarda markaziy vakuola bo‘ladi, yadro, sitoplazma hujayra po‘sti bo‘ylab joylashadi.
Xulosa. Piyoz po‘stidagi parenxima va paxta tolasidagi prozenxima hujayralarning farqi aniqlanadi va rasmi daftarga chiziladi.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin