Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə104/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Ko‘rish trubkasi. Trubkaning tagiga ob’ektiv joylanadigan uyachali revolver biriktirilgan. Agar revolver bo‘lmasa, ob’ektiv trubkaning tagiga burab biriktiriladi. Revolver yordamida ob’ektiv harakatga keltirilib buyumlarni kattalashtirib ko‘rsatish darajasi o‘zgartiriladi (bunda ob’ektivni burab o‘tirishga ehtiyoj qolmaydi).

Mikroskop mikrometrik vintini burash bilan ko‘rish trubkasini Yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushirish, demak ob’ektiv bilan okulyar o‘rtasidagi fokus masofasini to‘g‘rilab olish mumkin. Mikroskopning mikrometrik vinti yordamida ko‘rish fokusi aniq qilib to‘g‘rilab olinadi. Bu vintni bir necha marta burab aylantirmaslik kerak, buni oldinga va orqaga biroz burab ishlatib turish lozim; aks holda, vint tezda ishdan chiqadi.

Buyum stolchasi. Buyum stolchasi odatda yumaloq yoki kvadrat shaklida bo‘lib, o‘rtasi teshik bo‘ladi. Bu teshikdan preparatga yorug‘lik tushib turadi; stolchaning orqa sirtida teshikni katta-kichik qilib turadigan diafragma o‘rnatilgan.


Buyum stolchasi ostiga joylashgan oyna yorug‘likni diafragma teshigiga to‘g‘rilaydi. Bu oynaning bir tomoni yassi, ikkinchi tomoni botiq bo‘ladi. Preparatga kuchsiz yorug‘lik tushishi kerak bo‘lsa oynaning yassi tomoni, yorug‘lik kuchli tushishi zarur bo‘lsa botiq tomoni ishga solinadi; bunda ravshan yorug‘lik diafragma teshigiga ro‘para kelguncha oynani har tomonga qiyshaytirib ko‘rib, to‘g‘rilanadi. Oynaning botiq tomoni orqali yorug‘lik diafragma teshigiga ro‘para qilinsa, preparatga tushayotgan yorug‘lik kuchli bo‘ladi.
Birmuncha takomillashtirilgan mikroskopda stolcha harakatchan bo‘lib, o‘ng va chap tomonida joylashgan vint vositasida u Yuqoriga yoki pastga siljitiladi.
Ayrim mikroskoplarning stolchasida preparatni ikki chetidan bosib turish uchun ikkita bosqich vint bo‘ladi.
Ish tartibi. Ish boshlashdan oldin mikroskopning tozaligini tekshirish kerak. Shundan keyin mikroskopning dastali tomonini o‘zingizga qaratib to‘g‘rilanadi, yorug‘lik stolchaga tushadi, keyin preparat stolchaga qo‘yiladi, so‘ngra mikroskop fokusi to‘g‘rilanadi. Fokusni to‘g‘rilashda okulyardan qarab turgan paytda trubkani pastga tushirish yaramaydi, aks holda preparatni yozib yuborish mumkin. Binobarin, preparatga yon tomondan turib, mikroskop trubkasini preparatga juda yaqin kelguncha tushirish tavsiya qilinadi.
Ko‘rilayotgan buyumning umumiy qiyofasi mikroskopda ko‘rinishi bilan mikrometrik vintni ishlatib diafragma harakatlantiradi, shu yo‘l bilan buyumning ravshan ko‘rinishiga erishiladi. Agar yorug‘lik haddan tashqari kuchli bo‘lib, tekshirilayotgan buyum tegishli darajada aniq ko‘rinmayotgan bo‘lsa, diafragma teshigi kichraytirilib yorug‘lik kuchi kamaytiriladi. Stol-chaga qo‘yilgan buyum ravshan ko‘rinadigan qilingandan keyingina mikroskopni siljitmaslik kerak.
Mikroskopga qo‘yilgan buyum chap ko‘z bilan ko‘riladi; o‘ng ko‘z esa ko‘rilayotgan ob’ektning rasmini chizishga yordam beradi.
Mikroskopda tekshirilayotgan har qanday ob’ektning rasmi, albatta, maxsus daftarga qora qalamda chizib, uning muhim joylari aloxida ko‘rsatib qo‘yiladi. Buning uchun dastlab tekshirilayotgan ob’ekt mikroskopda bir oz katta qilib ko‘rsatilganda, uning umumiy qiyofasi chizib olinadi, Shundan keyin uning tarkibiy bo‘laklari sxematik ravishda ko‘rsatiladi. CHizib olingan rasm ostiga nomlari yoziladi. Tekshirilayotgan ob’ektning muhim qismini ko‘rish uchun mikroskopning ancha katta qilib ko‘rsatadigan ob’ektivi, binokulyar lupa yoki rasm solish apparati ishga solinadi. Mikroskop ishlatib bo‘lingandan keyin uni, albatta, bir oz katta qilib ko‘rsatadigan ob’ektga to‘g‘rilab qo‘yish zarur. Mikroskopni doimo chang va iflosliklardan tozalab turish kerak.
Laboratoriya mashg‘ulotlarida mikroskopdan tashqari yana yordamchi asboblardan foylaniladi. Jumladan, qoplag‘ich va buyum oynalari ishlatiladi. Bularni ishlatishda qo‘lni oyna sirtiga va orqasiga tekkazmay, uni ikki barmoq orasiga gorizontal olib ushlash kerak. Buyum oynasi ustiga ob’ekt to‘g‘rilanadi, so‘ngra stakanda suv tomizish uchun tomizgich, filtr qog‘oz, rasm chizadigan oddiy qog‘oz, ustara, pinset, qora va rangli qalamlar ham kerak bo‘ladi.
Preparat tayyorlash. Buning uchun fiksirlangan yoki tirik o‘simlik bo‘laklari ustara yordamida ko‘ndalangiga va uzunasiga kesiladi. Qattiq ob’ektlar (poya, ildiz bo‘laklari) dan kesik tayyorlashda ular suv va glitserin aralashmasida qaynatiladi, bunda ob’ekt hujayralari yumshaydi va kesik tayyorlash osonlashadi.
Preparat tayyorlashda o‘simlik organini chap qo‘lda tutib, o‘ng qo‘ldagi ustara tig‘ini o‘ziga qaratib yengil harakat bilan, bir yurgizishda yupqa qilib kesik olinadi. Agar kesiladigan buyum nozik bo‘lsa, uni probka yoki marjon daraxt o‘zagi orasiga olib kesiladi. Kesma kichik, tekis va yupqa bo‘lishi kerak. Uni ustara tig‘i sirtidan buyum oynasidagi suv tomchisiga yoki boshqa suyuqlik tomchisiga cho‘tkacha yordamida tushiriladi, so‘ngra usti qoplag‘ich oyna bilan yopiladi; bunda ikki oyna o‘rtasida havo qolmasligi kerak. Bu ikki oyna orasi suyuqlik bilan to‘la egallanmasa, uning yonidan tomchi qo‘shib to‘ldiriladi (qoplag‘ich oyna buyum oynasiga zich yopishib turishi, lekin tomchi ustida suzib qolmasligi kerak). Bunda ortiqcha suv filtr qog‘ozga shimdiriladi. Tekshirilayotgan buyumni, masalan hujayra yadrosini yoki sitoplazmani aniqroq ko‘rish uchun tayyorlangan preparatga KJ tomiziladi. Shunda preparat ravshanlanadi. Undan so‘ng safranin, metilen ko‘ki va Shunga o‘xshash bo‘yoqlardan foydalanish mumkin. Bu reaktivlardan tomizgich yordamida bir tomchi olib ob’ekt ustiga tomiziladi va bir necha minutdan so‘ng ortiqcha bo‘yoqni idishdagi suvdan, tomizgich bilan yuvib tashlanadi va yana toza suv quyib yuviladi. Shunday qilib, suv rangsizlanguncha yuvish davom ettiriladi. Bo‘yalgan va toza suvda yuvilgan kesiklarni nina yoki cho‘tkacha yordamida olib, glitserin tomizilgan buyum oynasi ustiga qo‘yiladi va usti artilgan qoplag‘ich oyna bilan yopiladi.
Glitserinda saqlangan ob’ekt bir necha vaqt buzilmay turadi. Bunday preparatlarga chang tushmasligi uchun qopqoqli qutichalarda saqlanadi. Shunday qilib glitserinda saqlangan preparatlarni kerak vaqtda glitserin – jelatin bilan, buyum va qoplag‘ich oyna orasiga olib yopishtiriladi. Doimiy preparat tayyorlash ancha murakkab bo‘ladi. bo‘yalgan kesiklarni suvsizlantirish uchun dastlab 50, 96, 100% li spirtlarda, so‘ngra absolyut spirt, toluol va ksilol bilan 2 marta yuviladi. Kesiklarni buyum oynasiga joylab, ustiga balzam tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopib qo‘yiladi.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin