Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə106/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

3 Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: O‘simlik to‘qimalarining umumiy tavsifi hosil qiluvchi to‘qima – meristema. Poyaning o‘sish konusi.


Kerakli jihozlar: g‘o‘za Shoxchasi, mikroskop, elodeyaning o‘sish nuqtasidan tayyorlangan mikropreparat, buyum va qoplag‘ich oynalar, suv, glitserin, lupa, nina, lezviya, lanset va xloralgidrat.
Nazariy ma’lumotlar. O‘simlik organizmi har xil to‘qimalardan tashkil topgan. SHakli jihatidan o‘xshash bo‘lgan va ma’lum bir yoki bir necha vazifani bajaradigan hujayralar gruppasiga to‘qima deyiladi.
O‘simlik to‘qimalari kelib chiqishi, shakli, vazifasiga ko‘ra bir necha xilga bo‘linadi. Kelib chiqish jihatidan to‘qima embrional va doimiy bo‘ladi. Embrional to‘qima deb, o‘zida boshqa to‘qimalarni hosil qiladigan to‘qimaga aytiladi. Embrional to‘qima hujayralari bo‘linib yana yangi hujayralar hosil qiladi. To‘qimalar o‘simlik organizmida bajaradigan vazifasiga qarab asosan besh xil: hosil qiluvchi (embrional), qoplag‘ich, mexanik, o‘tkazuvchan va asosiy to‘qimalarga bo‘linadi.
Meristema o‘siliklarga xos to‘qima bo‘lib, o‘sish qonusiga joylashadi. O‘simliklar meristema tufayli hayotining oxiriga qadar o‘sish qobiliyatiga ega bo‘lishi bilan hayvonlardan farq qiladi.
Meristema yosh, zich joylashgan parenxima hujayralaridan tuzilgan. Hujayralar ichini sitoplazma to‘ldirib turadi, markazi yadro bo‘ladi. YAdro hujayraning ¾ qismini egallaydi. Hujayrada mitoxondriya, ribosoma va boshqa organoidlarga ega bo‘lib, po‘sti yupqa sellyuloza va pektin moddalradan tarkib topgan. Bu hujayralarning bo‘linishidan yangi-yangi hujayralar hosil bo‘ladi.
Meristema kelib chiqishiga ko‘ra, birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Urug‘ murtagi birlamchi meristemadan tuzilgan. Murtak rivojlanishi davrida birlamchi meristema poya va ildizning qonusida saqlanib qoladi. Birlamchi meristemadan birlamchi to‘qima hosil bo‘ladi.
Ikkilamchi meristema o‘simliklar o‘sishi davrida birlamchi meristema yoki asosiy to‘qimalardan hosil bo‘ladi. Ikkilamchi meristemadan ikkilamchi to‘qima hosil bo‘ladi.
O‘simliklar organlarida joylashishiga ko‘ra, uchki (apikal), yon (lateral), oraliq (interkalyar) meristema bo‘ladi.
Uchki (apikal) meristema poya va ildizlarning uchida joylashgan bo‘lib, ularni bo‘yiga o‘stiradi. Ichki meristema shaklan konussimon, Shunga ko‘ra o‘sish konusi deyiladi.
YOn (laterial) meristema o‘simliklar organlarining yon tomonida joylashgan bo‘lib, organlarni yon tomonga o‘stiradi (yo‘g‘onlashtiradi). YOn meristema kelib chiqishiga ko‘ra, birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi; birlamchi meristemaga prokambiy, peritsikl, ikkilamchi meristemaga kambiy, fellogen kiradi.
Oraliq (interkalyar) meristema. Bu meristema poya bo‘g‘imlarida joylashgan, Shunga ko‘ra, poya bo‘g‘im oralig‘i hisobiga o‘sadi.
YAra meristemasi o‘simliklar organlarining shikastlangan (kesilgan) joyida hosil bo‘ladi. YAralangan joyni o‘rab olgan parenxima hujayralarining bo‘linishidan kallyus (yara to‘qimasi) hosil bo‘ladi. Bu to‘qima hujayralari differensiyalashib, doimiy to‘qimalarga aylanadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin