Ishni bajarish tartibi. 1. Peridermaning tuzilishini kuzatish uchun marjondaraxt (buzina) ning novdasida tayyorlangan preparat mikroskopning kichik ob’ektivida karalganda, zich joylashgan bir necha kator parenxima hujayralardan tuzilgan po‘kak to‘qima aniq ko‘rinadi. Po‘kak to‘qima hujayralarining po‘sti qalinlashgan ko‘ngir rangli, ichida protoplasti yo‘q Po‘kak ostidagi bir qator cho‘ziq va yupqa po‘stli tirik hujayralar fellogen, unga yondosh birikkan tirik hujayralar felloderma hujayralaridir. Po‘kakdagi yoriqchalar (burtiqlar) yasmiqchalar bo‘lib, ular siyrak joylashgan to‘ldiruvchi yumaloq parenxima hujayralardan tuzilgan. To‘ldiruvchi hujayralar fellogen hujayralarining bo‘linishidan hosil bo‘ladi. To‘ldiruvchi hujayralar massasining ortishi po‘kakning yorilishita sabab bo‘ladi.
2.Kartoshka tugunagi tashqi tomondan periderma bilan o‘ralgan. Peridermaning ko‘rinishi bilan oddiy tanishilgandan so‘ng, ko‘ndalang kesik tayyorlab yoki yupqa joyidan periderma shilib olib, buyum oynasidagi suvga solinadi, so‘ng ustini qoplovchi oyna bilan yopib, mikroskopda karalganda qalin kobikli zich joylashgan o‘lik hujayralardan tuzilgan po‘kak to‘qima aniq ko‘rinadi. Preparatdan qoplagich oynani olib, unga sudan III reaktivi tomizilganda po‘kak qo‘ng‘ir tusga kiradi. Bu kartoshka tugunagi tashqi tomondan po‘kak bilan qoplanganligini bildiradi.
3. Po‘stloqning tuzilishini o‘rganish uchun dub daraxtining glitserin aralash spirtda saklangan po‘stlog‘ining yupqa kesik tayyorlab buyum oynasidagi glitserin tomchisiga qo‘yiladi. Ustini koplagich oyna bilan yopib. mikroskopda qaraladi. Bunda bir necha qator o‘lik hujayralardan tuzilgan qo‘ng‘ir rangdagi po‘kak qatlamlari aniq ko‘rinadi. Po‘kak qatlamlari oralig‘idagi o‘lik to‘qimalar po‘stloq parenximasi, lub to‘qima va toshsimon hujayralardan iborat aniqlash. Aniqlangan materiallar rasmi chiziladi va xulosa yoziladi