Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə110/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

1-topshiriq.
Kerakli asbob va materiallar: mikroskop, buyum va koplag‘ich-oyna, shisha tayokcha, suvdon, glitserin, oq sho‘ra o‘simligining fiksirlangan poyasi, fiksirlangan nok mevasi, flyuroglyusin, tayyor preparatlar, konsentrlangan xlorid kislota.
Mexanik to‘qima o‘simliklar organining armaturasi (skeleti) bo‘lib ularni mustahkam tutib turadi. O‘simliklar tanasida Shox barg, gul, meva va Shunga o‘xshash organlarni ushlab turish uchun mustahkamlik tug‘diradi va xar kanday Mexanik ta’sirga (shamol, qalin qorga) qarshilik ko‘rsata oladi.
Mexanik to‘qima 3 xil bo‘ladi: kollenxima, sklerenxima va sklereid to‘qima bo‘ladi.
Kollenxima cho‘ziq silindrsimon hujayralardan tuzilgan. Hujayralarda sitoplazma, yadro va Yashil plastidalar bo‘ladi. Hujayra po‘sti sellyulozadan iborat bo‘lib, notekis qalinlashgan qalinlanishiga ko‘ra, kollenxima burchakli va plastinkali bo‘ladi. Burchakli kollenximada hujayra po‘stining burchaklarigina qalinlashgan bo‘ladi. Agar hujayra po‘stining tangental yuzasi qalinlashib, radial po‘sti qalinlashmagan bo‘lsa, bunday kollenxi­ma plastinkali bo‘ladi.
Kollenxima ikki pallali o‘simliklar poyasi va barglarida qoplovchi to‘qimadan keynn joylashadi. Ikkilamchi, uchlamchi qoplovchichi to‘qima hosil bo‘lganda kollenxima po‘stloq to‘qimalari bilan birgalikda to‘kiladi (ajralib ketadi).
Sklerenxima qalin po‘stli o‘lik parenxima xujayralardan tu­zilgan. Hujayralarning po‘sti pishiq va elastik bo‘lib, bir tekisda qalinlashgan va yog‘ochlashganligi bilan farq kiladi.
Sklerenxima pishikligi jihatidan po‘latga yaqin turadi. U kelib chiqishiga ko‘ra, barlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi sklerenxima birlamchi po‘stloqda joylashgan va birlamchi meristema-peritsiklda hosil bo‘ladi.Peritsikl bir qator tirik parenxima hujayralardan iborat bo‘lib, birlamchi po‘stlok va o‘tkazuvchi tukimalar oralig‘ida joylashgan. Peritsikl hujayralarning bo‘linishidan hosil bo‘lgan sklerenxima hujayralari peritsikl tolalari deyiladi. Peritsikl tolalari poyada to‘p-to‘p (masalan, kungaboqarda) yoki halqa shaklida joylashadi. Ikkilamchi sklerenxima ikkilamchi meristemadan hosil bo‘ladi, bo‘larga ikkilamchi lub va yog‘ochlik tolalari kiradi.
Lub tolalari zich joylashgan, uchli, o‘lik tolasimon hujay­ralar bo‘lib, Lub tolalarining uzunligi o‘simlikning turiga karab har xil bo‘ladi. Masalan, zig‘ir, kanop tolalari 40 mm, qichitqi o‘tniki 80 mm keladi. Birlamchi lub tolalari hujayrasiniki yog‘ochlashgan bo‘lib, o‘simliklarning ikkilamchi lub to‘qimalarida joylashgan, bu to‘qimalarni mustahkam tutib turadi.
Sklereidlar ya’ni toshsimon hujayralar ancha zich joylashgan ulik parenxima xujayralardan tuzilgan, Hujayralarning po‘sti qalinlashgan. Shunga ko‘ra, undagi teshikchalar tarmoqlangan va kanalchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Sklereidlar usimliklarning poya, barg va mevalarida uchraydi, ayniqsa nok, behi etida ko‘p tuplanadi. Urik, olxuri, olcha danagining (endokarp) po‘chog‘i toshsimon tuqimadan tuzilgan.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin