Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə111/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Ishni bajarish tartibi. 1. Kollenximaning tuzilishini urganish uchun oq sho‘ra poyasidai yumpqa kundalang kesik tayyorlab, buyum oynasidagi glitserin tomizilgan suvga solinadi va ustiga qoplagich oyna yopib mikroskopda qaraladi . Qoplagich to‘qima —epidermadan so‘ng joylashgan, sitoplazma va Yashil plastidaga ega bo‘lgan hujayralar qollenximadir.Hujayra po‘stining burchaklari qalinlashgan, Shunga ko‘ra, ko‘ndalang kesigida hujayralar 4—5 burchakli bo‘lib ko‘rinadi.
2. Makkajuxorining ko‘ndalang kesimidan tayyorlangan prepa­rat mikroskopda karaladi, Qoplovchi to‘qimadan keyin joylashgan qalin kobikli, ko‘p qirrali zich joylashgan qizil rangdagi to‘qimalar ko‘rinadi. Ular sklerenximadir. Poyaning bo‘yiga kesigidan sklerenxima hujayralari cho‘ziq, uchli ko‘rinadi. Hujayralarning po‘sti bir tekis qalinlashgan, ichida protoplasti bo‘lmaydi.
3. Sklereidning tuzilishini kuzatish uchun nok etidan yupqa kesik tayyorlab, buyum oynasiga qo‘yib, shisha tayoqcha bilan eziladi. Ustiga flyuroglyusin va 1-2 tomchi HCI tomizib, mikroskopning kichik ob’ektivida qaralganda, rangsiz parenxima hujayralar oralig‘ida qalin, qizil pustli zich joylashgan sklereid hujayralar tuplami ko‘rinadi. Bu hujayralarni o‘rab turgan cho‘ziq, rangsiz hujayralar nok eti hujayralaridir.
Topshiriq. 1.Kollenximaning tuzilishi bilan tanishgandan so‘ng ko‘ndalang kesigidan hujayralarning joylashishi, shakli, hujayra po‘stining qalinlashishini ko‘rsatib rasmini chizing, rangini belgilang.
2. Poyaning kundalang kesigida sklerenxima hujayralarning joylashishi, po‘stining bir tekis qalinlashgani, uzunasiga kesigida cho‘ziq uchli o‘lik hujayra ekanligini rasm bilan izohlang.
3. Mikroskopning kichik ob’ektivida tosh hujayralarning kichik meva hujayralar orasida joylashishi, katta ob’ektivida 3—4 ta tosh hujayralarning shaklini, po‘stining qalinlashishiga xos bo‘lgan xususiyatlarini ko‘rsatib, rasmini chizing.
2-topshiriq.
Kerakli asbob va materiallar: mikroskop, ustara, fiksirlangan qovoq, qarag‘ay novdasi, tayyor preparatlar, flyuroglyusin, NCI (xlorid kislota).
O‘simliklar tanasida suv, mineral va organik moddalar doim harakatlanib turadi. Bu moddalar maxsus o‘tkazuvchi to‘qima elementlari bo‘ylab o‘tadi. O‘tkazish vazifasini elaksimon naylar, naychalar (traxeya) va traxeidlar bajaradi.
Elaksimon naylar va yo‘ldosh hujayralar. Elaksimon naylar vertikal birikkan silindrsimon hujayralardan tuzilgan. Hujayra po‘sti sellyulozadan iborat, ichida sitoplazma, yadrosiz bo‘ladi, uzunligi 2 mm gacha boradi. Hujayralarning ko‘ndalang to‘sig‘i to‘rsimon (elaksimon) tuzilgan bo‘lib, bu tutsiklar orqali moddalar suzilib o‘tadi. Elaksimon naylarning yon tomoniga yupqa po‘stli chuziq yuldosh hujayralar birikkan. Hujayralar sitoplazma, yadroga ega. Barglarda hosil bo‘lgan organiq moddalar elaksimon naylar va yuldosh hujayralar orkali o‘simliklarning urug‘lariga va pastki organlariga utadi, bu okim tushuvchi oqimdir.
Naychalar (traxeidlar) uzun tusiqsiz kapillyarlar bo‘lib, vertikal joylashgan hujayralarning uzaro birikishi:va ularni chegaralab turgan tusiqlar erib ketishi natijasida hosil bo‘ladi. Naychalar qobig‘i kalin va yog‘ochlashgan. Ular devorining kalinlashishiga ko‘ra xalkasimon, spiralsimon, narvonsimon, tursimon, nuqtasimon bo‘ladi. Ildizdan kirgan suv va mineral moddalar ana shu naychalar orkali barglarga utadi, bu oqim ko‘tariluvchi okim deyiladi.
Traxeidlar cho‘ziq, uchli, ulik prozenxima hujayralardan tuzilgan. Hujayra po‘sti qalinlashgan bo‘lib, jiyakli (xoshiyali) teshikchalari bor. Moddalar ana shu teshikchalar orqali utadi. Ninabargli daraxtlar yog‘ochligining tukimasidagi traxeidlar utkazish va Mexanik funksiya bajaradi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin