Qovoq ildizining tuzilishi (ikkilamchi tuzilishi)ni o‘rganish Kerakli asbob va materiallar: mikroskop, ustara, buyum oynasi, koplag‘ich oyna, suvdon, fiksirlangan qovoq ildizi.
Bir pallali o‘simliklarning ildizi hayotining oxirigacha boshlang‘nch tuzilishda bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklar yosh maysasining ildizi bir necha ko‘ngacha boshlang‘ich tuzilishda bo‘ladi, so‘ng unda o‘zgarish ro‘y beradi. O‘zgarish kambiy va fellogen to‘qimalarining hosil bo‘lishidan boshlanadi.
Ildizda birlamchi floemani birlamchi ksilemadan ajratib turgan asosiy parenxima hujayralarining bo‘linishidan kambiy hosil bo‘ladi. Kambiy hujayralari bo‘linib, ildizning chekkasiga nkkilamchi floema, markaziga ikkilamchi ksilema ajratadi. Hosil bo‘lgan floema va ksilema tufayli ildiz yug‘on tortadi (eniga o‘sadi). Ildizda o‘zak bo‘lmaydi. Ildiz markazida 2-3- 4-6 ta nur shaklida birlamchi ksilema to‘planadi.
Kambiy hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda peritsikl hujayralarining bo‘linishidan fellogen yuzaga keladi; fellogen hujayralari bo‘linib, ildizning chetiga po‘kak, markaziga felloderma ajratadi. Po‘kak sirtida qolgan to‘qimalar ko‘rib to‘kiladi. Koplag‘ich to‘qima - periderma yuzaga keladi. Boshlang‘ich ildizning markaziy silindridan ildizning ikkilamchi strukturasi shakllanadi.
Ishni bajarish tartibi. Qovoq ildizning tuzilishini o‘rganish uchun 5-6 mm yo‘g‘onlikdagi yosh ilizdan yupqa ko‘ndalang kesim kesib, suv tomizilgan buyum oynasiga qo‘yiladi preparatga flyuroglyusin hamda xlorid kislota tomiziladi.ikqilamchi struktura tuzilishini o‘rganish uchun oldindan tfyyorlangan preparatlardan foydalansa ham bo‘ladi.Preparatni mikroskopning kichik ob’ektiviga qo‘yib qaralganda qovoq ildizi tashqi tomondan periderma bilan o‘ralganligi ko‘rinadi. Periderma tagida joylashgan yirik parenxima hujayra ikkilamchi po‘stloq parenximasi, to‘rsimon to‘siqli to‘qimalar floema bo‘lib, kambiy hujayralarining bo‘linishidan hosil bo‘ladi. Po‘stloqni ildizning markaziy silindridan chegaralab turgan yupqa po‘stli radial yunalishda joylashgan mayda tirik parenxima hujayralari kambiy halqasidir. Kambiy hujayralari bo‘linib, markazga ikkilamchi ksilema ajratadi.
Ildizning asosiy qismini tashqil etgan yiriq nayli qizil rangdagi to‘qimalar ikkilamchi ksilema bo‘lib, naylar; traxeidlar, yog‘ochlik tolalari (libriform), yog‘ochlik parenximasidan tarkib topgan. Ildiz o‘zagida joylashgan to‘rt nurli qizil naychalar birlamchi ksilemadir. Birlamchi ksilema markazida bitta yirik nay bo‘lib, nurlar ichidagi naylar, mayda naylar ularni ba’zan aniqlash qiyin bo‘ladi. Qovoq ildizida o‘zak nurlari (radial nurlar), keng bo‘lib, yupqa po‘stli parenxima hujayralardan tuzilgan. Radial nurlar tufayli ksilema va floema aniq, ko‘rinib turgan to‘rtta o‘tkazuvchi bog‘lamga ajralgan.
Topshiriq. Qovoq ildizining tuzilishi bilan tanishgandai so‘ng ildizning po‘stlog‘i va markaziy silindrning joylashishi va uni chegaralab turgan to‘qimalarping tuzilishinn ko‘rsatib rasmini chizing, to‘qimalarini belgilang.