Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə112/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Ishni bajarish tartibi. 1. O‘tkazuvchi elementlarning tuzilishini o‘rganish uchun qovoq, karag‘ay poyasidan kichik bo‘lak kesib olib, radius bo‘ylab ikkiga bo‘linadi, kesilgan joyidan uzunasiga bir nechta yupqa kesik kesib buyum oynasidagi suvga solinadi. Ustiga flyuroglyusin va 1—2 tomchi NS1 tomiziladi. Bunda yog‘ochlashgan qobikli naychalar kizil rangta bo‘yaladi. Mikroskop-kichik ob’ektivida naychalarning tuzilishi bilan tanishish mumkin.
Qovoq poyasining o‘zagiga yakin joylashgan ingichka naychalar halqali va spiralsimon naychalardir. Nuktali naychalar qisqa va keng bo‘lib, nuqta shakldagi teshiklari bulishi bilan xarakterlanadi. Poyaning chekkasiga yakin joylashgan yupqa silindrsimon hujayralar elaksimon naylar va yuldosh hujayralardir. Ularning kundalang to‘sig‘i tursimon va shakli plastinkasimon, sarg‘ish bo‘ladi.
2. Qarag‘ay poyasidan tayyorlangan preparatni mikroskopning kichik ob’ektivida qaralganda, poyaning yog‘ochligida xalqali teshiklar bo‘lgan qobiqli cho‘ziq, uchli prozenxima hujayralar — traxeidlar ko‘rinadi.
Topshiriq. O‘tkazuvchi elementlarning tuzilishi bilan tanishgandan so‘ng, halqasimon, spiralsimon, tursimon naychalar, elaksimon naylar va yuldosh hujayralar hamda traxeidlarning tuzilishini ko‘rsatib, rasmini chizib oling.


7 Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu. Ildizning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi.


Kerakli asbob va materiallar: mikroskop, fiksirlangan gulsavsar ildizi yoki shimish zonasining yupqa ko‘ndalang kesimidan tayyorlangan preparat, frologlyusin reaktivi, xlorid kislota, buyum va qoplagich oyna.
Nazariy ma’lumotlar. Ildiz o‘simlikning asosiy vegetativ organi bo‘lib uni tuproqqa mahkam o‘rnashtirib turadi. Bundan tashqari ildiz o‘simlikni oziq moddalar bilan ta’minlab, o‘zida zapas oziq moddalar to‘plash xususiyatiga ega. Ba’zan, ildiz o‘simlikni butunlay qayta tiklash funksiyasini bajaradi. Ildiz o‘simlik turiga va o‘sish sharoitiga qarab har xil rivojlanadi.
Urug‘ni undirib o‘simlikning ildiz tizimini tekshirish. Masalan, ikki pallali o‘simliklardan loviya, no‘xat doni yoki chigit, bir pallali o‘simliklardan bug‘doy, sholi yoki makkajo‘xori donini olib undiriladi. Qulay sharoit (namlik va temperatura) yaratilsa 2-3 kunda bu urug‘lar una boshlaydi. Ikki pallali o‘simlikda bitta asosiy ildiz hosil bo‘lib pastga-vertikal o‘sa boshlaydi. Ildizning poyaga tutashgan joyi ildiz bo‘g‘zi deb ataladi. Ildiz bo‘g‘zining qismida palla barg osti tirsagi-gipokotil, urug‘ palla ustida epikotil joylashadi.
O‘simta ildizi dastlabki kunlarda yer usti qismiga nisbatan ancha tez o‘sadi. Ildiz rivojlangan sari undan yon ildizlar, dastlab birinchi tartib ildizlar, so‘ngra ikkinchi, uchinchi va xokazo tartib yon ildizlar paydo bo‘ladi. Asosiy ildiz o‘q ildiz tizimini tashkil etadi. Ba’zi o‘simliklarda ularning turiga va o‘sish sharoitiga qarab yon ildizlar kuchli o‘sib-gorizontal yoki yon ildiz tizimi vujudga keladi; ba’zi o‘simliklarda asosiy ildiz o‘sib yerga ancha kirib boradi, ayrim o‘simliklarda esa asosiy ildiz ham yon ildizlarga bo‘linadi.
Asosiy ildiz urug‘ murtagidan o‘sadi, urug‘dan o‘sgan murtak ildizchasi vertikal holatda o‘sib erning chuqur qatlamiga qarab o‘sadi. Ildizlar shakliga qarab ikki xil: o‘q ildizli va popuk ildizli bo‘ladi.
Ildizning o‘sish nuqtasidagi meristema hujayralardan hosil bo‘lgan to‘qimalarning hammasi ildizning birlamchi anatomik tuzilishini tashkil qiladi. Masalan: meristema hujayralarining tashqi qoplami birlamchi qoplovchi to‘qima epidermani, birlamchi po‘stloqni, markaziy silindrni hosil qiladi.
Ildizning shimish zonasidan yupqa qilib bir necha ko‘ndalang kesmalar kesib olinib flyuroglyusin va xlorid kislota ta’sir ettiriladi, so‘ngra qoplag‘ich oyna yopiladi. Tayyor bo‘lgan mikropreparat mikroskop ostida o‘rganiladi, (yoki doimiy preparatlardan ham foydalanish mumkin).
Dastlab mikroskopning kichik ob’ektivida ildizni o‘rab turuvchi birlamchi qoplovchi to‘qima – epiderma, ichkariroqda birlamchi po‘stloq ko‘rinadi. Birlamchi po‘stloq quyidagi qismlardan iborat: ekzoderma, mezoderma, endoderma.
Ekzoderma – po‘stloqning tashqi qavati bo‘lib, uning ikki va undan ortiq qatlamini, bir-biriga zich joylashgan hujayralar tashkil qiladi.
Epiderma nobud bo‘lishi bilan ekzoderma hujayralari po‘sti po‘kakka aylanadi. Shundan boshlab ekzoderma to‘liq himoya vazifasini bajaradi.
Mezoderma – ekzodermaning ichki tomonida joylashgan bo‘lib, yupqa sellyuloza devorli tirik parenximatik hujayralardan iborat bo‘ladi. ekzodermaga yaqin joylashgan hujayralar ancha mayda, o‘rta qismidagilar yirik va hujayralar aro bo‘shliqlar mavjud. Endodermaga yaqin qismidagi hujayralar yanada mayda va zich joylashgan bo‘ladi.
Mezodermaning vazifasi suv va unda erigan moddalarni to‘plash va uni markaziy silindrga o‘tkazishdan iborat.
Endoderma – birlamchi po‘stloqning ichki qavati hisoblanadi. U bir-biriga zich, bir-biriga qator joylashgan hujayralardan iborat. Hujayra po‘sti po‘kaklanishi yoki yog‘ochlanishi ham mumkin. Natijada suvni o‘tkazmay qo‘yadi. Endodermadan suv va unda erigan moddalar maxsus po‘sti qalinlashmagan hujayralar orqali o‘tadi. Ularni o‘tkazuvchi hujayralar deb ataladi.
Endi ildizning birlamchi markaziy silindri bilan tanishiladi. Markaziy silindrning endodermaga tutashib turadigan qismidan bir va bir necha qator hujayralardan tashkil topgan, peritsikl qatlami boshlanadi. Peritsikl merisistematik to‘qima vazifasini bajaradi. Undan yon ildizlar, ildiz bachkilari, hosil bo‘ladi. Ayniqsa, peritsikl qavati ildizning birlamchi tuzilishidan ikkilamchi tuzilishga o‘tishida, kambiy xalqasini hosil bo‘lishida aktiv qatnashadi.
Markaziy silindrning qolgan qismini, asosan o‘tkazuvchi naylar to‘plami tashkil etadi. Ksilema va floema elementlari markaziy silindrda radius bo‘lib joylashadi. Ksilema xalqasimon va spiralsimon naylardan iborat. YUlduzsimon shaklda o‘rnashgan ksilema, nurlari orasida floema joylashgan. Ksilema bilan floema orasida esa parenxima hujayralari bo‘ladi, ildiz markazini o‘zak to‘ldirib turadi. O‘zak yupqa devorlari, ba’zan zahira moddalar saqlovchi parenxima hujayralardan tuzilgan. Ildiz o‘zagi sklerenxima tortmasi shaklida ham bo‘lishi mumkin.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin