Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə103/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. Jizn` rasteniy. IV-V-VI tomlar, 1981.
2. Taxtadjyan N.L. Sistema florogeniya svetkovыx rasteniy. M. Nauka, 1966.
3. Kamarniskiy N.A va boshqalar. Botanika. 1935
4. Matkarimova A.A., Mahkamov T.X., Mahmudova M.M., Azizov X.Ya., Vaisova G.B. Botanika. – Toshkent: “Fan va texnologiya” 2019. 298 b.
5. Hamidov A, Nabiev M, Odilov T. O`zbekiston o`simliklar aniqlagichi. Toshkent, 1987.

AMALIY MASHG`ULOTLAR
O‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari.
1- Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Mikroskopning tuzilishi.
Kerakli jihozlar: MBI-1 markali mikroskop, ob’ekt, buyum va qoplag‘ich oynalar, ustara cho‘tkacha, pipetka, preparoval nina va suv.
Nazariy malumotlar. Biologik mikroskop o‘simlik anatomiyasini o‘rganishda eng zarur asbob hisoblanadi. Hozirgi mikroskoplar ob’ektlarni bir necha yuz va ming martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. Mikroskopning optik qismi eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, u ko‘rish trubkasi (tubus) dan iborat. Bu trubkaning Yuqori qismida okulyar, tagida ob’ektiv joylashgan.
SHtativ. Mikroskopning shtativi to‘g‘ri yoki egri kolonkadan iborat bo‘lib, uni orqa tomonga qayirib qo‘yish mumkin, shtativda revolver, mikrovint, makrovint, stolcha, diafragma, dasta va oyna bo‘ladi.
Ob’ektiv. Mikroskopning buyumni katta qilib ko‘rsatadigan asosiy qismlaridan biri ob’ektivdir. Ob’ektiv odatda 2-4 ta bo‘ladi. ob’ektiv buyumlarni kattalashtirib va teskari (bosh-oyoq) qilib okulyarga tushiradi.
Okulyar. Ob’ektiv tushirgan buyum aksini okulyar yanada kattalashtiradi. Okulyar ikkita: yig‘ish va ko‘rish linzalaridan iborat. ko‘rish linzalari kichik bo‘lsa, okulyar buyumni Shuncha katta qilib ko‘rsatadi. Okulyar va ob’ektivlarda buyumlarni katta qilib ko‘rsatish darajasi nomerlar bilan ko‘rsatilgan. Ob’ektiv bilan okulyardagi raqamlar bir-biriga ko‘paytirilsa, buyumni necha marta kattalashtirib ko‘rsatilganligi chiqadi. Masalan, MBI-1 markali biologik mikroskop ob’ektivi buyumni 56 martadan 1350 martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. Mikroskopdagi uchta ob’ektiv va uchta okulyarni o‘zaro to‘g‘rilash yo‘li bilan ob’ektlarni quyidagicha kattalashtirib ko‘rish mumkin:

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin