Nazorat uchun savollar 1. Inklyuziv ta’limda deganda nimani tushinasiz?
2. Inklyuziv ta’limning asosiy mohiyati nimadan iborat?
3. Inklyuziv ta’lim qanday vazifalarni hal etishga yordamlashada?
4. Inklyuziv ta’lim madaniyati tushunchasini izohlang.
5. Inklyuziv ta’limning vazifalarini aytib bering.
6. Inklyuziv ta’limda resurs pedagogning rolini tushuntirib bering.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
2. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.
22-mavzu: Xorijiy mamlakatlarda ilg‘or pedagogik g‘oyalar
(2 soat amaliy mashg‘ulot).
Reja:
1. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi taraqqiyotining ayrim masalalari.
2. AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya davlatlar ta’lim tizimi.
Tayanch iboralar: ta’lim tizimi, Oliy ta’lim, kasb-hunar ta’limi, umumiy o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim, Bakalavr, Magistratura, sirtqi ta’lim, taraqqiyot, rivojlanish, xalqaro baholash, Kengashi, Gyote instituti, YuNESKO, syogakk, chesusenlar.
Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi taraqqiyotining ayrim masalalari. Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o‘rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim-tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq halos bo‘lish, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi hamda manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg‘or pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi jahon tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda keng ko‘lamdagi islohotlarni o‘z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda jahon ta’limi bo‘yicha ko‘pgina maqolalar, broshyuralar, qo‘llanmalar chop etildi, unga bag‘ishlab seminarlar, anjumanlar, o‘qishlar, uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu bizning ta’lim tizimimizda, chet ellarda o‘quv-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishiga e’tibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida jahon ta’lim tizimini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi muasasalar ham tashkil topmoqda. Jahon ta’limi tizimlaridan bizning mutaxasislarni voqif kilishda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchlik Korpusi mutaxasislari, Germaniya xalkaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg‘armasi, Frantsiya madaniyat markazi, Britaniya
Kengashi, Gyote instituti, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko‘plab tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar. Darhaqiqat, rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. SHu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.