3- Kasbiy-texnikaviy ta’lim YOKI O‘rta ixtisoslashtirilgan ta’lim;
4- Oliy ta’lim;
5- Oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
6- Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi, qiziqishlari bo‘yicha ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bosqichi. Rosiyada 1866 yilda birinchi bepul«Xalq bolalar bog‘chasi» ochilgan. 1917 yilning 20 noyabrida maktabgacha ta’lim dekloratsiyasi qabul qilingan, bu xujjat maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarini bepul o‘qitish va tarbiyalashini kafolatlaydi.
Umumiy ta’lim maktabi 3 bosqichga bo‘linadi:
Boshlang‘ich maktab – 1-4 sinf
Asosiy maktab – 5-9 sinf
Yuqori maktab – 10-11 sinflar.
Oliy ta’lim 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Bakalavriat
Magistratura
Oliy mutaxasislik ta’limi
2. AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya davlatlar ta’lim tizimi. AQSH ta’lim tizimi. Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha: bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muasasalari;
- 1-8-sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar);
9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo‘shma SHtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’limbo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir. AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quvyurtlari davlat, jamoa tasarrufida, xususiy va diniy muasasalarixtiyorida bo‘lishi mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdanesa “Kinder garde” deb ataluvchi tayyorlov muasasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish ta’lim oluvchiningo‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlardaturlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to‘garaklar, uchrashuvlar, shoular va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to‘lash lozim. O‘rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat.
9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta maktabga qabul qilinadi. O‘rta maktablarda quyidagi to‘rt yo‘nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi:
- kasb-hunar ta’limi; biznes ta’limi;
- savdo va sanoat ta’limi;-qurilish ta’limi.
Oliy ta’lim esa quyidagi 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi:
1. Kichik mutaxasis 2 yillik kollejlar.
2. Bakalavr 4 yillik kollejlar.
3. 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgandan so‘ng, 1-2 yillik magistr maktabi.
4. 4 Doktorantura.
Oliy ta’limda ikki yo‘nalish mavjud:
1-ta’limni individuallashtirish;
2-talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish.
Pedagog yo‘naltiruvchidir. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, AQSH o‘rta maktablarida o‘z ta’lim oluvchilariga uch yo‘nalishda: akademik, kasb-hunar, umumiyyo‘nalishlarda bilim beradi.
AQSHda har bir ta’lim oluvchiga fanlar bo‘yicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o‘qish istagida hujjat topshirgan. Kollejlarda o‘qish istagida hujjat topshirgan pedagoglar yuqori o‘rta maktabning so‘nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o‘tkaziladi. O‘g‘il- qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi.
Maktablarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar) ta’lim televideniesi, qo‘lda ko‘tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat.
XXI asrarafasida AQSH yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim strategiyasi» dasturi e’lon qilingan edi.
Turli yo‘nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari, aholining 90 foizi oliy ma’lumotli bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo‘yicha jahonga o‘z iqtidorlarini namoyish eta olishlari, talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o‘zlashtirishda jahonda eng oldingi o‘rinlarga chiqishlari, har bir voyaga yetmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari, maktablarda giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish, o‘qish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgandi. AQSH ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi mazkur dastur asosida o‘tgan yillar davomida juda ko‘p ishlar amalga oshirildi.
Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha AQSH jahon mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag‘ning 48 foizini davlat tomonidan, 50 foizini firma, kontsern, sindikatlardan undiriladi, qolganlarini oliy o‘quv yurtlarining manbalari tashkil qiladi.