«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


O‘qituvchining pedagogik qobiliyatlari klasifikatsiyasi



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə67/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

O‘qituvchining pedagogik qobiliyatlari klasifikatsiyasi.
Didaktik qobiliyat – bu oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni o‘quvchilarga tushuntira olishdir. Bunda o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, mavzu yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg`ota olishi ko‘zda tutiladi. O‘qituvchi zarurat tug`ilgan holatlarda o‘quv materialini o‘zgartira, soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, tushunarsiz, noaniq narsani tushunarli qila oladi.
Akademik qobiliyat – barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik. Bunday qobiliyatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z fanini o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o‘z fani sohasidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir qiziqishlari bilan ko‘p narsalarni o‘rganib boradi.
Pertseptiv qobiliyat – qisqa daqiqalarda o‘quvchilar holatini idrok qila olish fazilati, bu o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna olish bilan bog`liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o‘qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi belgilar asosida o‘quvchi ruhiyatidagi ko‘z ilg`amas o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi.
Nutqiy qobiliyat – ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo‘lgan nutq, shuningdek, o‘qituvchi nutqining jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg`uga rioya qilishi, qobiliyatli o‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki qoralayotgan bo‘lsa ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o‘quvchi uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi.
Tashkilotchilik qobiliyati – sinf-guruh yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi. Tashkilotchilik o‘quvchilarni xilma-xil faoliyat turiga jalb qilish uchun asos hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish bo‘lsa, ikkinchidan, o‘z shaxsiy ishini to‘g`ri uyushtirish qobiliyatidir.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin