Savol: p.f.b.f.d., (PhD)dots Yoziyeva Umida Lutfullayevna 1. Estetik ko’nikmasi shakllangan talaba yuqori, quyi past darajalar aniqlash me’zonini tushuntirib bersangiz?
Javob: 1. Estetik ko’nikmasi shakllangan talabalarda quyidagi me’zonlar asosida aniqlandi.
- Yuqori daraja:San'at markazlari, mahalliy va jahon san'ati merosi haqidagi vizual bilim va bilimlar chuqurligi va doimiyligi bilan ajralib turadi.
- O‘rta daraja: Badiiy bilim vaziyatga bog'liq badiiy eskiz, tugallanmagan madaniyat maydoni.
- Past daraja: Estetik ko‘nikma merosi sohasida ham, tasviriy san’at sohasida ham xabardorlikning yo‘qligi.
Savol: p.f.n., (PhD)dots Nabiyev Abdusalom Avtoreferatning 7-betidagi ilmiy yangiligini farqlab bersangiz?
Olib borilgаn tаdqiqot ishida 15% o‘sish ko‘zatildi deyilgan bu yo‘qori emasmi?
Javob: 1. Ilmiy yangiligi - chizmachilik fanidan ijodiy grafik topshiriqlar bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida estetik ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, axborot texnologiyasidan foydalanishning ijodiy grafik loyiha mahsulotini yaratish asosida aniqlangan;
- talabalarda estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi chizmachilik ta’limida ijodiy topshiriqlar hamda estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlarini rivojlantiruvchi-didaktik ta’limni tashkil etish asosida rivojlantirilgan;
- talabalarni chizmachilikdan mustaqil o‘quv faoliyatiga ijodiy yondashuv, o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish istiqbollarining strategiyasini aniqlash hamda talabalar o‘zlashtirish darajasini baholash mezonlari dinamikasini qiyosiy taqqoslash asosida shakllantirilgan;
- bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimi ma’lumotlarning optimal tuzilmasini ishlab chiqish, aqliy va ijodiy qobiliyat hamda axborot o‘zlashtirishning mantiqiy bosqichlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
2. Avtoreferatning 22-betidagi 15% ko‘rsatkich texnik xatolik yo‘l qo’yilgan ustoz nazorat guruhiga nsbatan tajriba guruhining o‘zlashterish ko‘rsatkichi 7,87% teng.