7 Ilmiy Seminar protokoli F.U.Toshpulatov to\'g\'risi
Dissertatsiyaning “Pedagogik tajriba-sinov ishlarining samaradorligi deb nomlangan uchinchi bobida Amaliy san’at yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijaviyligi nazariy g'oyalarning amaliy faoliyatidagi samaradorlik darajasi bilan belgilangan. Ushbu tadqiqot doirasida tajriba-sinov ishlarini tashkil etishning rejasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan.
Tadqiqot maqsadi to‘g'ri shakllantirilgan, uni to‘la amalga oshirishni ta’minlovchi vazifalar oqilona belgilangan. Tadqiqot ishida "Chizmachilik fanlarining Aksonometrik proeklsiyalarning standart izometrik va dimetrik proektsiyalari zamonaviy avtomatlashlirilgan loyihalash dasturi (Autodesk AutoCAD) asosida talabalarni kreativligini rivojlantirishning didaktik imkonivatlari va innovatsion ta’lim texnologiyalar. Bundan tashqari innovatsion metodlar yordamida talabalar motivatsiyasini kuchaylirish orqali grafik tayyorgarliklarini rivojlantirish masalasi tadqiq qilingan va shu asosda talabalarning grafik tayyorgarligini rivojlantirishning nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan (yuqori, o‘rta, past) darajalarini baholovchi diagnostik mezonlar mazmunan takomillashtirilgan. Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tajriba-sinov ishlari mohiyati, tajriba-sinov ishlari natijalari dinamikasi, sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.
Tadqiqotni olib borish jarayonida dissertant lomonidan tanlangan tadqiqot muammosi bugunning dolzarb vazifalaridan ekanligi va tadqiqot ishini o‘zining ko‘p yillik pedagogik tajribalariga tayangan holda olib borganligi, ijodkorligi, o‘z ustida qatiyat bilan ishlashi natijasida bir qator yutuqlarga erishganligini e’tirof etish mumkin.
Yuqorida keltirilgan ijobiy natijalar bilan birga quyidagi mulohazali fikrlar va ayrim kamchiliklar mavjud:
1. Dissertatsiya ishining maqsadi, vazifalari va chiqarilgan xulosalar o‘zaro mutanosibligini ta’minlash maqsadga muvofiq.
2.lshda ayrim orfografik va texnik xatolar mavjud.
3. Disserlatsiya ishining har bobi yakunida borilgan xulosalar aniq va ilmiy asoslangan holatda bo‘lishi kerak.
4. Disserlatsiya ilovalarida dars ishlanmalarini ko‘paytirish va mazmunan boyitish kerak bo‘ladi.
Biroq, bu kamchiliklar ishning ilmiy va amaliy ahamiyatiga ta'sir etmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Toshpulatov Faxriddin Urolovichning “Bo‘lajak chizmachilik o‘qiluvchisining estelik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi tadqiqot ishining asosiy mazmunini aks ettiradi, O‘zbekislon Respublikasi OAKning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga qo‘yilgan talablariga to‘la javob beradi. Tadqiqotchi 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixlisosligi bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman va keyingi bosqichlarga tavsiya etaman.