Savol: Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Uzoqov Zoir: 1. Qaysi yo‘nalishlarda va qaysi fanlardan dars olib borasiz?
2. Ilmiy rahbaringiz haqida ma’lumot bersangiz?
Javob: 1.Termiz davlat pedagogika institute Pedagogika va san’at fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasida diplom bo’yicha mutaxasislik fanlaridan chizmachilik, chizma geometeriya, chizmachilik fanini o‘qitish metodikasi, muhandislik grafikasi terminalogiyasi, arxitektura elementlarini loyihalash, amaliy perespiktiva soyalar nazariyasi hamda muhandislik kampyuter grafikasi fanlaridan bir qancha tanlov fanlaridan dars o’tib kelmoqdaman.
2. Ilmiy rahbarim Buxoro davlat universiteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi pedagogika fanlari doktori, professor. Yadgorov Nodir Jalolivich.
Savol: p.f. b.f.d., (PhD) Jo‘rayev To‘ychi Norbo‘tayevich 1.Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini shakllantirishda kompyuter grafikasining o‘rni qay darajada yoritib berilgan?
2. Test tabaqalashtirilgan testmi? Yoki hamma uchun umumiy testmi?
Javob: 1. Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy dasturlardan foydanalgan talabalarning dars jarayonida va darsdan tashqari mustaqil ta’lim folyatini shakillantirishda hamda talabalarni fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, vaqt, masalalari ham ijobiy hal etishda qolaversa talabalarda estetik ko‘nikmani shakllantirishda muhim zamonaviy vosita hisoblanadi.
2. Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilari oliy ta’limga hujjat topshirish jarayonida ijodiy bilimlari alohida hisobga olinganligi uchun talabalarda dastlabki ko‘nikmalar mavjud shuni hisobga olgan holda hamma uchun umumiy test yaratilgan.
Savol: p.f.b.f.d., (PhD)dots Ergashev Nuriddin G‘ayratovich 1.Modeldagi baholash tizimida yuqori, o‘rtadan yuqori, o‘rta, past deb berilgan 20-betdagi 2-jadvalda yuqori, o‘rta, past deb bergansiz? Izohlab bersangiz?
2. Xulosaning 4-qismida Chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan va uning pedagogik jarayonga tatbiqi elektron ta’lim resurslaridan foydalanish (AutoCAD, dasturi va videodarslar, loyihalash-konstruktorlik va kompyuter grafikasida geometrik naqsh grafik topshiriqlarni majmuaviy qo‘llash) orqali takomillashtirilgan deyilgan shunda yana AutoCAD, dasturi yordamida geometrik naqsh elementlarini loyihalash mumkinmi?
Javob: 1.17-betda kilterilgan modelida umumiy qilib baholash mezoni keritilgan 20-bet 2-jadvalda baholash uch bosqichda qayt etilgan bu tabiiyki savollarga sabab bo’ladi yo‘qorida ta’kidlaganimizday bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilari oliy ta’limga hujjat topshirish jarayonida ijodiy bilimlari alohida hisobga olinganligi uchun talabalarda dastlabki ko‘nikmalar mavjud shuni hisobga olgan holda yo‘qori, o‘rta, past darajalarda bahollangan.
2. AutoCAD, dasturi yordamida uch o‘lchamli fazodagi murakkab bo’lmagan shakl, jism, obekt va naqsh elmentlarini loyihalash mumkin.