Savol: p.f.d., (DSc) prof Nurullayeva Shahlo Uktamovna 1.Tadqiqot davrida siz talabalarga qanday estetik bilimlar berdingiz?
2. Avtoreferatning 13-betidagi 2-rasmdagi boshqa ijtimoiy institutlar va jamoat tashkilotlarinmg o‘zaro hamkorligi haqida jumlalar keltirilgan bular qanday ijtimoiy institutlar?
Javob:1. O‘zlashtirgan bilimlarini amalda qo’llash jarayoni. “Chizmachilik” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirshga ko‘maklashuvchi metodik tizimning integrativ modeli ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan metodika talabalarning bo‘lajak kasbiy pedagogik faoliyatida kompyuter grafikasi vositalarini qo‘llay olish imkoniyatlarini anglagan holda amalga oshirilgan.
2.Yuqoridagi yondashuvlarda estetik ko‘nikmaning badiiy madaniyat bilan bog‘liqligi va ko‘p qirrali hodisa sifatida ta’riflanadi, u ajdodlar madaniy merosini (urf-odatlar, madaniyat va san’at yodgorliklarini) o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaraladi. Boshqa tomondan, estetik ko‘nikma, badiiy madaniyat badiiy qadriyatlarni (rassomlar faoliyati, xalq amaliy san'atining xususiyatlari) yaratuvchi ijtimoiy institut sifatida, ma'lum bir tarqalish sohasi sifatida, shuningdek, faoliyatning miqdoriy va sifat jihatidan o‘zgarishi muayyan vaqt davri, ijtimoiy muhitga kirib borish chuqurligi va atrof-muhitning reaktsiyasi, yoki madaniy jarayonlarning sotsio dinamigi va boshqalar. sifatida taqdim etiladi.
Rais: Sh.Nurullayeva Yana savollar bormi? Boshqa savollar bo‘lmasa, so‘zni birinchi rasmiy taqrizchi Pedagogika fanlari doktori(DSc), professor Ximmataliyev Do‘stnazar Omonovichga bersak, marhamat!
Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Turdiyev Shoxrux Razzakovich: Jahon ta'lim muassasallarida bo‘lajak chizmacliilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning rivojlantiruvchi-kreaiiv texnologiyalari amaliyotga tadbiq etilmoqda. Janubiy Koreyaninng Inchxon shahrida o‘tkazilgan Butunjahon forumida qabul qilingan 2030 yilga qadar rivojlanish deklaratsiyasida “ta'lim oluvchilarda san'at vositasida estetik did. dunyoqarash, go‘zallikka intilish kabi sifatlarni shakllantirish. madaniy immunitetni tarkib toptirish" qayd elilgan bo‘lib, Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreyada bu borada jamiyatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun moddiy ishlab chiqarishni fan texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida tashkil qilish, rasm, chizmachlik. grafika sohalarini malakali kadrlar bilan ta’minlov bo‘yicha yirik loyihalarni amaliyotga tadbiq etishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Dunyoda sodir bo‘lgan global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishlar, jahon ta'lim makoniga integratsiyalashuvi yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash. shu jumladan ta’limda “chizmachilik” ta'lim sohasiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Chizmachilik nafaqat talabalar tomonidan grallk faoliyatning amaliy ko‘nikma va malakalarini egallashga balki ularda estetik ko‘nikma asoslarini shakllantirishga, go‘zallikni qadriyat sifatida tushunishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shu sababli bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmasini takomillashlirish muammosi alohida ahamiyatga ega bo’lib bu shaxsning har tomonlama badiiy jihatdan rivojlanishi uchun nihoyatda ahamiyatlidir.