Tasdiqlayman” Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori



Yüklə 422,13 Kb.
səhifə19/22
tarix28.11.2023
ölçüsü422,13 Kb.
#167866
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
7 Ilmiy Seminar protokoli F.U.Toshpulatov to\'g\'risi

Rais: Sh.Nurullayeva Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Turdiyev Shoxrux Razzakovich sizga ijobiy xulosangiz uchun rahmat. Marhamat, dissertant, birinchi rasmiy taqrizchi, Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Turdiyev Shoxrux Razzakovich tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarga munosabat bildirishingiz mumkin.
F.U.Toshpulatov: Rahmat ustoz! Tadqiqot ishimni batafsil ko‘rib chiqib, bildirgan fikr-mulohazalaringiz uchun, Turdiyev Shoxrux Razzakovich, sizga minnatdorchilik bildiraman.
Taqrizda keltirilgan kamchilik va tavsiyalarga quyidagicha javob beraman:
Javob: Taklifni qabul qilaman. Siz bergan takliflarni himoyagacha bartaraf eta olaman.
Rais: Sh.Nurullayeva So‘zni ikkinchi rasmiy taqrizchi pedagogika fanlari bo‘yecha falsafa doktori, dotsent Azimov Sanjar Samadovichga beramiz, marhamat!
Taqrizchi pedagogika fanlari bo‘yecha falsafa doktori., dotsent Azimov Sanjar Samadovich
Jahon ta’lim muassasallarida bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning rivojlantiruvchi–kreativ texnologiyalari amaliyotga tadbiq etilmoqda. Janubiy Koreyaninng Inchxon shahrida o‘tkazilgan Butunjahon forumida qabul qilingan 2030 yilga qadar rivojlanish deklaratsiyasida “ta’lim oluvchilarda san’at vositasida estetik did, dunyoqarash, go‘zallikka intilish kabi sifatlarni shakllantirish, madaniy immunitetni tarkib toptirish” qayd etilgan bo‘lib, Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreyada bu borada jamiyatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun moddiy ishlab chiqarishni fan texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida tashkil qilish, rasm, chizmachlik, grafika sohalarini malakali kadrlar bilan ta’minlov bo‘yicha yirik loyihalarni amaliyotga tadbiq etishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Dunyoda sodir bo‘lgan global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, jahon ta'lim makoniga integratsiyalashuvi yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash, shu jumladan ta’limda “chizmachilik” ta'lim sohasiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Chizmachilik nafaqat talabalar tomonidan grafik faoliyatning amaliy ko‘nikma va malakalarini egallashga, balki ularda estetik ko‘nikma asoslarini shakllantirishga, go‘zallikni qadriyat sifatida tushunishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shu sababli bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmasini takomillashtirish muammosi alohida ahamiyatga ega bulib bu shaxsning har tomonlama badiiy jihatdan rivojlanishi uchun nihoyatda ahamiyatlidir.
Dissertatsiyaning “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari” deb nomlangan birinchi bobida chizmachilik darslarida o‘quvchilarining estetik madaniyatini rivojlantirishda xalq amaliy san’atidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari o‘rganish masalalari tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari sifatida bayon etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712 sonli farmonlari respublika Oliy tahlim tizimida 2020 yil 21 apreldagi “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4688-sonli Farmoyishi, hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi
Muammoga, yoki unga mazmunan yaqin yo‘nalishlarda olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar dissertatsiyada keng jihatdan ilmiy tahlil qilinadi. Xususan, MDH va respublikamizda ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar, bajarilgan dissertatsiyalar tahlil etilgan, manbalar dissertatsiyaga ilova qilingan foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida aniq va tushunarli tarzda ko‘rsatilgan.
Dissertatsiyaning “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmasini takomillashtirish metodikasining shart-sharoitlari” deb nomlangan ikkinchi bobida ta’lim tizimi uchun mutaxasis kadrlar tayyorlashda Amaliy san’ati elementlarni o‘rganish jarayonida o‘quv faoliyati – talabalarda muvafifaqiyatli mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida unga ta’lim-tarbiya berishga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to‘plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni yanada takomillashtirib uni o‘sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O‘quv faoliyati insonning ontogenetik rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq va u hamma fazalarda bolalikdan boshlanadi hamda ulg‘aygandan so‘ng mehnat faoliyati bilan almashinib boradi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanadigan ushbu o‘quv jarayoni o‘z rivojlanish tarixiga ega hamda o‘quv faoliyati boshqa inson faoliyati turlari singari, kishilik jamiyatiga xos bo‘lgan ob’ektiv hodisa sifatida amal qiladi. Umuman olganda esa tadqiqotda manbaalarni tahlil etishning uslubiy masalalariga muayyan e’tibor qaratilgan.
Dissertatsiyaning “Pedagogik tajriba-sinov ishlari va uning samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobida Amaliy san’at yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijaviyligi nazariy g‘oyalarning amaliy faoliyatidagi samaradorlik darajasi bilan belgilangan. Ushbu tadqiqot doirasida tajriba-sinov ishlarini tashkil etishning rejasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan.
Tadqiqot maqsadi to‘g‘ri shakllantirilgan, uni to‘la amalga oshirishni ta’minlovchi vazifalar oqilona belgilangan. Tadqiqot ishida “Chizmachilik” fanlarining Aksonometrik proektsiyalarning standart izometrik va dimetrik proektsiyalari zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash dasturi (Autodesk AutoCAD) asosida talabalarni kreativligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va innovatsion ta’lim texnologiyalar. Bundan tashqari innovatsion metodlar yordamida talabalar motivatsiyasini kuchaytirish orqali grafik tayyorgarliklarini rivojlantirish masalasi tadqiq qilingan va shu asosda talabalarning grafik tayyorgarligini rivojlantirishning nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan (yuqori, o‘rta, past) darajalarini baholovchi diagnostik mezonlar mazmunan takomillashtirilgan. Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tajriba-sinov ishlari mohiyati, tajriba-sinov ishlari natijalari dinamikasi, sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.
Tadqiqotni olib borish jarayonida dissertant tomonidan tanlangan tadqiqot muammosi bugunning dolzarb vazifalaridan ekanligi va tadqiqot ishini o‘zining ko‘p yillik pedagogik tajribalariga tayangan holda olib borganligi, ijodkorligi, o‘z ustida qatiyat bilan ishlashi natijasida bir qator yutuqlarga erishganligini e’tirof etish mumkin.
Yuqorida keltirilgan ijobiy natijalar bilan birga quyidagi mulohazali fikrlar va ayrim kamchiliklar mavjud:

  1. Dissertatsiya ishining maqsadi, vazifalari va chiqarilgan xulosalar o‘zaro mutanosibligini ta’minlash maqsadga muvofiq.

  2. Ishda ayrim orfografik va texnik xatolar mavjud.

  3. Dissertatsiya ishining xar bobi yakunida berilgan xulosalar aniq va ilmiy asoslangan xolatda bo‘lishi kerak.

  4. Dissertatsiya ilovalarida dars ishlanmalarini ko‘paytirish va mazmunan boyitish kerak bo‘ladi.

Biroq, bu kamchiliklar ishning ilmiy va amaliy ahamiyatiga ta’sir etmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Toshpulatov Faxriddin Urolovichning “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi tadqiqot ishining asosiy mazmunini aks ettiradi, O‘zbekiston Respublikasi OAKning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga qo‘yilgan talablariga to‘la javob beradi. Tadqiqotchi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman va keyingi bosqichlarga tavsiya etaman

Yüklə 422,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin