Rais: Sh.Nurullayeva: Ikkinchi taqrizchimizga ijobiy xulosa berganlari uchun rahmat. Marhamat, dissertant, ikkinchi rasmiy taqrizchi pedagogika fanlari bo‘yecha falsafa doktori., dotsent Azimov Sanjar Samadovichning bildirgan fikr va mulohazalariga munosabat bildirishingiz mumkin.
F.U.Toshpulatov: Hurmatli taqrizchimiz Azimov Sanjar Samadovichga dissertatsiyamizni sinchkovlik bilan o‘qiganlari, bildirgan mulohazalari va takliflari uchun minnatdorchiligimni bildiraman! Quyidagicha javob beraman:
Javob: Takliflarni qabul qilaman. Siz bergan takliflaringizni keyingi bosqichgacha tuzata olaman.
Rais: Sh.NurullayevaRahmat. Hurmatli Ilmiy seminar a’zolari! Dissertatsiya ishi bo‘yicha ilmiy munozaraga o‘tamiz. Munozarada seminar a’zolaridan so‘zga chiquvchilar bormi? Marhamat!
So‘zga chiqdilar: p.f.d.,(DSc), professor D.O.Ximmataliyev: Biz tadqiqotchi F.U.Toshpulatovning dissertatsiya mavzusi bilan bog‘liq ma’ruzalarini eshitdik rasmiy taqrizchilarning fikrlariga qo’shilaman.
Dissertant mavzusi dolzarb estetik ko‘nikmani rivojlantirish masalasi bugungi kunda talabalarda muhim ahamiyat kasb etadi dissertatsiyada estetek bilim estetik ko’nikmaga umumiy qilib estetik kompetensiya deyilsa yaxshi bo’larmidi. Ishda yutuqli jihatlari ko‘proq masalan 10-bet 1-rasmda hamda 13-betda 2-rasmda estetik ko‘nikmaga alohida etibor berilgan.
Avtoreferatning 17-betda kilterilgan modelida kengroq yoritish maqsadga muovofiq bo’lardi. Avtoreferatning 5-betidagi 3-4 abzasni birlashtirish kerak.
P.f.n., dots., G.I.Eshmurodova: Assalomu alaykum hurmatli seminar a’zolari. Tadqiqotchi F.U.Toshpulatovning ishi yuzasidan shunday fikr bildirmoqchi edim. Ushbu tadqiqot ishi juda dolzarb, chunki ish yuzasidan izlanishlar olib borilgan va bu muammo juda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Avtoreferatning 16-betda kilterilgan 1-jadval nomlanishi bir qarab chiqish kerak. Ishda ko‘p lab bizga ma’qul bo‘lgan yangi metodlardan foydalanilgan. Shularni e’tiborga olib, dissertatsiya ishini yakunlangan deb hisoblab, uni keyingi bosqichga tavsiya etaman.