Tasdiqlayman” Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori


p.f. b.f.d., (PhD) T.J.Norbo‘tayevich



Yüklə 422,13 Kb.
səhifə21/22
tarix28.11.2023
ölçüsü422,13 Kb.
#167866
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
7 Ilmiy Seminar protokoli F.U.Toshpulatov to\'g\'risi

p.f. b.f.d., (PhD) T.J.Norbo‘tayevich Hurmatli seminar a’zolari, yana bir dissertant ilmiy daraja olish uchun o‘z ma’ruzasini tugatdi, menga dissertantni ma’ruza jarayoni va savol-javoblarda o‘zini tutishi, harakatlari bilan yaxshi taassurot qoldirdi, dissertantning kelgusi ishlariga rivojlar tilab, ishni keying bosqichga tavsiya etaman.
Rais. Sh.Nurullayeva Yuqorida bayon etilgan fikrlarga asosan ilmiy seminar yig‘ilishining xulosasini tayyorlashimiz mumkin.
Tadqiqotchi Toshpulatov Faxriddin Urolovichning “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlar) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi yuzasidan Qarshi davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped70.02 raqamli ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi
XULOSASI
1. Toshpulatov Faxriddin Urolovichning “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlar) ixtisosligiga mos keladi. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi yuqori, u ilmiy tilda yozilgan.
2.Ilmiy tadqiqot ishlarining nazariy tahlili, bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish hamda mazkur ta’limda o‘ziga xoslik, pedagogik metodlari ochib berildi.
3. Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmasini takomillashtirish metodikasining shart-sharoitlari takomillashtirish mumkinligi ta’kidlandi.
4. Nashr ishlarida tadqiqot natijalari to‘liq aks etgan bo‘lib, Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 18 ta ilmiy ish chop etilgan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, 2 tasi respublika va 4 tasi xorijiy jurnallarda va 2 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.
5. Tadqiqot davomida tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi keltirilgan, muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi, maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, usullari, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmiga oid ma’lumotlar keltirilgan.
6. Avtoreferat dissertatsiya mazmuniga to‘la mos keladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi talablari darajasida rasmiylashtirilgan.
7. Dissertatsiya talabgor tomonidan shaxsan tayyorlangan, mazmunan yaxlit va tugallangan. Talabgorga qo‘yiladigan talablar to‘liq bajarilgan, uning ilmiy salohiyati pedagogika fanlari falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olishga mos keladi.
Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped70.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar xulosasiga koʻra majlis

Yüklə 422,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin