Tasdiqlayman” Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori



Yüklə 422,13 Kb.
səhifə10/22
tarix28.11.2023
ölçüsü422,13 Kb.
#167866
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
7 Ilmiy Seminar protokoli F.U.Toshpulatov to\'g\'risi

Refleksiv –ijodiy



  • grafik savodxonligi takomillashadi;

  • fazoviy-obrazlar bilan amallar bajara olish malakasiga ega bo‘ladi;

  • ratsionalizatorlik faoliyatini namoyon eta oladi;

  • sub’ektiv va ob’ektiv yangiliklarga ega bo‘lgan mahsuldor ijodiy grafik faoliyatni amalga oshiradi;

  • grafik, kompyuter grafikasi, kompyuter dizayni, texnik ijodkorlik kabi to‘garak va Steam, Smart startap tanlovlarda ishtirok etadi;

  • kasbiy grafik faoliyatida muammolarni hal qilishga ijodiy yondashadi;

  • konstruktorlik modellarini yarata oladi;

  • kompyuter grafik dasturlardan foydalana oladi;

  • shakllangan shaxsiy sifat: kasbiy grafikaviy, konstruktorlik faoliyatini, shaxsning o‘zini mustaqil baholaydi;

  • raqamli 3D texnologiyalar yordamida grafikaviy-konstruktorlik mahsulotlarini yarata olish qobiliyatini namoyon qiladi;

  • loyihalash, tadqiqotchilik, ijodkorlik (kreativlik), texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, qarorlar qabul qiladi, grafik faoliyatni boshqaradi.


3 - rasm. Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli
Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablar, ish beruvchilarning takliflari, fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi tendensiyalarini e’tiborga olgan holda kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirishni taqozo etadi.
Shu o‘rinda pedagogik jarayon blokiga estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan chizmachilik ta’lim muhiti, pedagogik interfaol o‘qitish metodlari, ta’lim shakllari va vositalari, bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlar, kompetentlik asosini tashkil etuvchi sifatlar, insonparvarlik, shaxsga yo‘naltirilgan, modulli-kompetensiyaviy, amaliy, faoliyatli, kreativ, refleksiv omillar hamda kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasini tavsiflovchi grafik kompetensiyasi, mazkur modelga estetik ko‘nikmalarning zaruriy qismi sifatida kiritildi. Shu bilan birga pedagogik jarayon bloki estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan chizmachilik ta’lim muhiti, pedagogik interfaol o‘qitish metodlari, ta’lim shakllari va vositalari, bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilari estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari: kompetentlik asosini tashkil etuvchi sifatlarni ham qamrab olgan.
Natijaviy-baholash blokida bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishning baholanishi tanlandi.
Tadqiqot davrida talabalarning estetik tafakkurini rivojlantirish metodikasini puxta shakllantirish e’tiborga olindi. Talabalarning estetik tafakkurini rivojlantirish jarayoni quyidagi metodika asosida tashkil etildi: (4 - rasm)






Yüklə 422,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin