1-rasm. Estetik ko‘nikmaning tarkibiy qismlari
Estetik ko‘nikma shaxs madaniyati va jamiyat madaniyatiga bo‘linadi, bunda bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik madaniyati san’at bilan muloqot qilish, o‘z ishining qadr-qimmatini o‘zlashtirish va anglash, badiiy estetik ijodkorlik qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
Jamiyatning badiiy estetik madaniyati milliy ma'naviy va axloqiy qadriyatlari, shu jumladan yaratish, saqlash, tarqatish, iste'mol qilish bilan bog'liq jarayonlar, shuningdek, badiiy estetik madaniyatning faoliyatini ta'minlaydigan institutlar bilan ifodalanadi.
Estetik ko‘nikmaning shakllanishi bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining dunyoda fuqaro sifatidagi ahamiyatini anglashi, milliy madaniyatiga munosabati bilan chambarchas bog'liqdir. Bu masalada geometrik chizmachilik alohida ahamiyatga ega. Demak, estetik ko‘nikma "milliy qadriyatlarni yaratish jarayoni, ya'ni turli xil materiallar, narsalarni va hokazolarni "qayta ishlash", loyihalash, obodonlashtirish, ma'naviylashtirish, yaratish jarayoni" deb ta'riflanadi. Estetik va badiiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan estetik ko‘nikma “milliy badiiy qadriyatlarning amal qilishida namoyon bo‘ladi, bu esa ular bilan muloqotda bo‘lgan kishilarning yuksaklikka, ma’naviyatlanishiga olib keladi.
Oliy ta'lim tizimi haqida gapiradigan bo‘lsak, bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmasini revojlantirishdagi eng muhim faoliyat bu ijodiy jarayondir. Ta’kidlash joizki, chizmachilik darslarida estetik ko‘nikmani takomollashtirish jarayoni nafaqat motivatsiyani rivojlantirish, hissiy tajriba jarayonida yuzaga keladigan amaliy san’at bilan muloqot qilish balki, estetik ko‘nikmani rivojlantiruvchi bilim va ko‘nikmalar zaruratidir.
Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida ushbu ko‘nikmalarning shakillanish kelajakda o‘quv folyati uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Dissertatsiyaning “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmasini takomillashtirish metodikasining shart-sharoitlari” deb nomlangan ikkinchi bobida bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodik jihatlari hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini xalq amaliy san'ati qadriyatlari bilan tanishtiradi juda muhim ahamiyatga ega. Bunday o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilar xalq hunarmandchiligi san’at markazlari bilan yaqindan tanishadi, yasash va chizmachilik texnologiyasini puxta egallaydi. Xalq amaliy san’atining asl nusxalaridan foydalanish badiiy va ijodiy faoliyatga mehr uyg‘otadi, xalq amaliy san’atini o‘rganish va saqlashga qiziqishni rivojlantiradi. Badiiy hunarmandchilik madaniyat olami bilan tanishish, estetik rivojlanish va badiiy didni shakllantirishning samarali vositasidir. Binobarin, bezak ishlari Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarning estetik ko‘nikmaini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot jarayonida estetik ko‘nikmaning shakllanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar aniqlandi (2-rasm)
Dostları ilə paylaş: |