Tasdiqlayman” Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori



Yüklə 422,13 Kb.
səhifə6/22
tarix28.11.2023
ölçüsü422,13 Kb.
#167866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
7 Ilmiy Seminar protokoli F.U.Toshpulatov to\'g\'risi

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:

  • bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik taminoti ishlab chiqilgan;

  • bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilari estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan va o‘qitish jarayonida geometrik yasashlar hamda kompyuter texnologiyasi qo‘llanilgan;

  • talabalarining estetik ko‘nikmasini rivojlantirish modelini joriy etishda videodarslar, ijodiy loyihalash, tasvirlarni almashtirishga oid grafik topshiriqlar tizimi, geometrik yasashlar hamda kompyuter texnologiyasini qo‘llashning mexanizmi taqdim etilgan;

  • tadqiqot natijasida ishlab chiqiladigan geometrik yasashlarga asoslangan geometrik naqshlar, chizmachilik fanidan yaratiladigan elektron qo‘llanmalar va ulardan foydalanish metodikasidan oliy ta’limda muhandislik grafikasi kursini o‘qitishda samarali foydalanilgan;

  • “Chizmachilik” fanidan o‘quv qo‘llanma yaratilgan bo‘lib, ularni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Dissertatsiyaning birinchi bobi “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari” deb nomlangan bo‘lib unda bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir didaktik yondashuvlar, bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarda estetik ko‘nikma va mahoratni rivojlantirishga oid falsafiy - tarixiy qarashlarni ilmiy manbalarda aks ettirilishi hamda pedagogik xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishdan maqsad bo‘lajak o‘qituvchilarning fanga bo‘lgan barqaror qiziqishlarini kuchaytirish, ularning fan asoslarini keng va chuqur egallashlariga erishish orqali ularni yetuk mutaxassis qilib tarbiyalashdir.
Ilmiy bilimlarning turli sohalaridagi tadqiqotlarni tahlil qilish va chizmachilik o‘qituvchilarining amaliy faoliyatini o‘rganish bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmasni shakllantirish muammolarini hal qilish uchun yetarli hisoblanmaydi va quyidagilar o‘rtasidagi bir qator ob'ektiv ravishda belgilangan qarama-qarshiliklarni aytishga imkon beradi: shaxs estetik ko‘nikmasining ijtimoiy ahamiyati va uni yetarli darajada ilmiy-metodik jixatdan asoslanmaganligi; bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmasini revojlanterishda chizmachilik ta'lim predmeti sifatidagi muhim badiiy-estetik salohiyat va undan oliy ta'lim tizimida samarali foydalanilmaganligi. bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida estetik ko‘nikmani revojlanterish zarurati va chizmachilik o‘qitish mazmuni hamda metodikasi imkonyat darajasida takomillashterilmaganligi.
Ushbu qarama-qarshiliklar tadqiqot muammosini ajratib ko‘rsatishga imkon berdi, uning mohiyati grafik savodxonlikni o‘zlashtirish jarayonida bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmasini revojlanterishga qaratilgan samarali vositalarni topishdan iboratdir. Estetik ko‘nikma, badiiy madaniyat hodisasini turli nuqtai nazardan oʻrganish amalga oshirilshi lozim. Demak, estetik ko‘nikma bu – badiiy obraz bilan bog‘liq barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bularga san'at asarlarini yaratish, idrok etish, tarqatish, o‘rganish estetik ko‘nikmani tarbiyalash jarayonlari kiradi. Tahlillar natijasi estetik ko‘nikmaning tarkibiy qismlarini belgilab olishga imkon berdi. (1-rasm).






Yüklə 422,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin