Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga mamlakatimiz olimlari N.J.Yadgarov, X.Alimov, R.Djuraev, S.Bulatov, B.G‘.Jabbarov, X.Ibragimov, O.Musurmanova, Sh.Sh.Olimov, B.Oripov, D.Sobirova, A.Sulaymonov, A.Turdaliyev, O.Usmanov, Sh.D.Dilshodbekov, D.Q.Mamatov, R.Hasanov, N.Egamberdieva, B.N.Oripovlarning ilmiy ishlarida shaxs ma’naviyati va san’atning uzviy bog‘liqligi, talaba tafakkurini shakllantirishda tasviriy san’atning ahamiyati borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish R. G. Isyanov, N.A. Muslimov, A.T. Nurmanov, B.X. Raximov, M.B. Urazova, A.R. Xodjaboyevlar bo‘lajak mutaxassislarning grafik tayyorgarligi va grafik-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish muammolarini tadqiq etishgan.
Ilmiy ishlarida talabalarda ijodiy tasavvurini rivojlantirishda pedagogik, psixologik jihatlari o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining olimlaridan L.S.Vigotskiy, B.E. Sporisheva, M.M.Baxtin, A.G.Galenyuk, V.S.Jilich, V.N. Kuxarev, A.L.Danchenok, N.S.Bogolyubov, V.A.Vasilenko, A.O.Yavoruk, B.M.Nemenskiy, E.Yu.Bogdanova, B.P.Yusov, E.I. Bryakova, P.M.Yakobson, M.V.Monaxov, I.A.Polovinkin, B.A.Brushlinskiy, V.A. Petuxova, A.L.Minasyan, N.B.Berxin, D.B.Bogoyavlenskaya, S.A.Yerkov, M.A.Kozlovskaya, B.T.Karsibayev kabi olimlar ilmiy ishlarida talabalarda ijodiy tasavvurini rivojlantirishda pedagogik, psixologik jihatlari o‘rganilgan.
O‘z tadqiqotlarida shaxsning kasbiy xususiyatlarini takomillashtirishgan xorij olimlaridan G. N. Julia, D. Patti, S. K. Mangal, P.Johnson-Laird, A. Sagimbaev, Z.Kuxlar, A. Michael, J. Spector, A. Collins, P.I. Davidsen, P. Milgram, O. Semenog, A. Maslou, A.Bandura va boshqa olimlar bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy mahorat va kognitiv faoliyat jarayonining pedagogik-psixologik jihatlariga e’tibor qaratishgan.
Dostları ilə paylaş: |