Tasdiqlayman” Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori


-rasm. Estetik ko‘nikmaning shakllanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 422,13 Kb.
səhifə8/22
tarix28.11.2023
ölçüsü422,13 Kb.
#167866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
7 Ilmiy Seminar protokoli F.U.Toshpulatov to\'g\'risi

2.-rasm. Estetik ko‘nikmaning shakllanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar.

Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining ko‘rish qobiliyati haqida gapiradigan bo‘lsak, albatta, ularning darajasini (yuqori, o‘rta, past) belgilaydigan irsiyat mavjud. Biroq, ta'lim tizimida ijodiy salohiyatni rivojlantirish va amalga oshirishga ta'lim va tarbiya jarayonlari ta'sir qilad.


Bugungi kunda chizmachilikni o‘qitishda yetarlicha g‘oya va yondashuvlar mavjud. Biz tadqiqotda bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining nafaqat ijodiy rivojlanishiga, balki bilim olishga ham alohida e’tibor qaratamiz. Chizmachilik predmeti ham badiiy-ijodiy mahoratni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak, busiz estetik ko‘nikmani shakllantirish jarayoni samarali bo‘lmaydi.
Xalq amaliy san’ati xalq ma’naviy va moddiy madaniyatining alohida sohasidir. Xalq ustasi xalqning ma’naviy qadriyatlarini asrab-avaylaydi, an’analar tashuvchisidir. San’atning an’anaviy tabiati xalq amaliy san’ati obrazlaridagi ideallarni uning asarlari orqali avloddan avlodga yetkazish vositasidir. Dekorativ-amaliy san’at jahon va milliy madaniyatning ajralmas qismidir. Bizningcha, aynan xalq amaliy san’ati bilan tanishtirish bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali vositasi hamda estetik ko‘nikmaining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosida inson kamoloti yotadi. Inson kamolotining asosiy omili va vositasi ta’lim-tarbiyadir. Inson ma’naviy olamni his-tuyg‘ulari, aql idroki va irodasi yordamida o‘zlashtirib boradi. Shaxs his-tuyg‘ularini shakllantirish va tarbiyalash, estitik tuygularni revojlantirish bugungi kunning dolzarb muammosiga aylangan.1
Shunga ko‘ra tadqiqotning o‘ziga xosligini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin:
Birinchidan, shaxs ma’naviy kamoloti jamiyatimizning asosiy maqsadlaridan biridir. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi – ozod va obod vatan, erkin va farovon hayotni ta’minlashga xizmat qiladi;
Ikkinchidan, shaxs ma’naviy kamolotini bilish, idrok etish inson badiiy estetik tafakkurini o‘stiradi. Shaxs ma’naviy kamoloti jarayonini o‘rganish, baholash, ibratli tomonlarini ko‘rsatish hozirgi davr shaxsini komil inson qilib shakllantirishda alohida o‘rin egallaydi;
Uchinchidan, glaballashgan davrning ma’naviy sohadagi asosiy vazifalaridan biri ajdodlarimizning ilg‘or qarashlarini, insoniylik mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish, toki bu qarashlar xalqimizning ming yillik tarixi, bugungi ma’naviy hayotimizning ham asosi ekani yosh avlod ongiga singib borsin;
To‘rtinchidan, shaxs tarbiyasi, insonning nafaqat jismoniy va ichki ruhiy, balki ma’naviy-ruhiy dunyosini ham mukammal tarbiyalashga – ya’ni komil inson bo‘lishiga erishish uchun xizmat qiladi;
Mazkur shaxs ma’naviy kamolotida insonning noyob ruhiy zahiralaridan foydalanish orqali shaxsning ichki kechirmalari, yuksak go‘zal his-tuyg‘ularini yaxshilik, ezgulik tomon o‘zgarishini targ‘ib qilishi alohida e’tiborga loyiqdir.
Estetik tarbiya - shaxsni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi. kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi nafosatni idrok qilish hamda to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, nafosatka muhabbat uyg‘otish hamda hayotiga, nafosat baxsh etuvchi qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Tarbiya nazariyasida ikki xil tushuncha mavjud: estetika va badiiy tarbiya tushunchalari.
Talabalarga xalq amaliy bezak san’ati asarlarining estetik ahamiyatini ko‘rsatish, o‘quvchilarning idrok etishiga erishish, maktab o‘quvchilarining estetik madaniyatini rivojlantirishga zamin yaratish demakdir.
Chizmachilik darslarida talabalarning amaliy san’at elementlarini bajarish jarayonida bilimlarni idrok etishni ham, o‘quvchilarning amaliy ishlarini ham o‘z ichiga oladi. I-II bosqich talabalarning amaliy san’at elementlarini bajarishi o‘qituvchining talabalar o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar va estetik bilimlarning butun majmuasini shakllantirishga qaratilgan maqsadli ishlarining natijasidir.
Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilari tomonidan amaliy san’at elementlarini mazmunini o‘zlashtirish nafaqat ularni ma’naviy boyitibgina qolmay, balki ularni mehnat bozorida va kasbda raqobatga tayyorlaydi, chunki badiiy amaliy ishlarni o‘rganish natijalaridan biri tovar va xizmatlar bozoriga noyob mahsulotni yetkazib berish qobiliyatidir.
Chizmachilik darslarida amaliy san’at elementlaridan foydalanishning quyidagi usullarni ajratib ko‘rsatish mumkin: muayyan hunarmandchilikning paydo bo‘lishi haqida suhbatlar; ishlab chiqarish texnologiyasi; amaliy ishlar;namuna ko‘rsatish va hissiy idrok; loyiha usulidan foydalanish.
Amaliy san’at elementlari vositvsida talabalarning estetik madaniyatini rivojlantirish jarayoni ularning badiiy amaliyotiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
- talabalarda naqsh kompozitsiyasi bevosita xalq namunasi ta’sirida vujudga kelishi mumkin.
- talabalarning amaliy san’at elementlari bilan ko‘proq bilvosita aloqada vujudga kelishi mumkin.
Chizmachilik darslarida quyidagi tipik muammolarni qayd etish mumkin:
- faoliyat uchun ichki motivatsiya yo‘q yoki o‘quvchi shablon bo‘yicha ishlaydi (baholash uchun vazifalarni bajaradi, o‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish istagi yo‘q);
- talaba nazariyani amalda qo‘llay olmaydi
- amaliy faoliyatdan qo‘rqishga ega (tortadi, o‘z ustida ish boshlaydi, o‘qituvchi yordamini kutadi);
Mazkur masallarni hal etishda talabalarga amaliy san’at elementlarini amaliy qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish alohida ahamiyatga ega.
Ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisi estetik ko‘nikmasining quyidagi tarkibini aniqlash imkonini beradi:
- motivasion-qadriyatli (shaxs faoliyati va sifatlari);
- kognitiv (nazariy bilimlar majmui);
- amaliy-faoliyatli (o‘zlatirilgan bilimlarga tayangan holda ish ko‘rish);
- refleksiv-ijodiy (faoliyatning kreativligi va o‘zini-o‘zi baholash).
Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilari estetik ko‘nikmasini rivojlantirish amaliy xarakatlar majmuasida o‘z ifodasini topadi (1-jadval). Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmunini belgilash, bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli tarkibini aniqlash imkonini beradi. Ilmiy tadqiqot ishlarini o‘rganish va tahlil qilish natijasida chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmasini rivojlantirish modeli ishlab chiqildi (3 - rasm).
Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisi estetik ko‘nikmasini rivojlantirish modelining maqsad blokida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarida belgilangan ta’lim mazmuni hamda dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan, mutaxassislik fanlarida o‘z bilimini chuqurlashtirib, estetik ko‘nikmalarini egallagan chizmachilik o‘qituvchisini tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

Yüklə 422,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin