Tasdiqlayman” Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori


– rasm: Talabalarning estetik tafakkurini rivojlantirish jarayoni quyidagi metodika asosida tashkil etildi



Yüklə 422,13 Kb.
səhifə11/22
tarix28.11.2023
ölçüsü422,13 Kb.
#167866
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
7 Ilmiy Seminar protokoli F.U.Toshpulatov to\'g\'risi

4 – rasm: Talabalarning estetik tafakkurini rivojlantirish jarayoni quyidagi metodika asosida tashkil etildi.

Tadqiqot metodi vizualizatsiya usulining maqsadi – bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda bevosita hissiy tajribasini boyitish va kengaytirish, kuzatishni rivojlantirish, ob'ektlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, mavhum fikrlashga o‘tish, mustaqil o‘rganish va o‘rganilgan narsalarni tizimlashtirish uchun sharoit yaratish. Oliy ta’limda tabiiy, manzarali, uch o‘lchamli, tovush va grafik ravshanlik qo‘llaniladi. Vizualizatsiya vositalari xilma-xildir: atrof-muhit ob'ektlari va hodisalari, o‘qituvchi va talabalarning harakatlari, real ob'ektlarning tasvirlari, jarayonlar (chizmalar, rasmlar), ob'ektlarning modellari (kartondan yasalgan detal), ramziy tasvirlar (xaritalar, jadvallar, diagrammalar va boshqalar) O‘quvchilarning kuzatishlarini tashkil etishda o‘qituvchilardan ma'lum darajada ehtiyotkorlik talab etiladi


Shunday qilib, vizual usullar pedagogik jarayonning barcha bosqichlarida qo‘llaniladi. Ularning vazifasi har tomonlama, xayoliy idrok etishni ta'minlash, fikrlash uchun tayanch bo‘lib xizmat qilishdir.
Vizual o‘qitish usullarini shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin: (5-rasm)

Viziual o‘qitish metodlari





Tasvirlash

Namoyish



Kuzatish


5-rasm -Vizual o‘qitish usullarini

Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilari sifatidagi estetik sifatlarini rivojlantirish; kompyuter grafikasidan foydalanishni o‘rgatish, zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni o‘rgatish; badiiy-estetik didni rivojlantirish, ta’lim va o‘zini takomillashtirishga moddiy hissa qo‘sha oladigan fuqaroviy barqaror shaxsni tarbiyalash imkoniyatlari aniqlangan.


Dissertatsiyaning “Pedagogik tajriba-sinov ishlari va uning samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobda bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish yo‘llari, tajriba-sinov ishlarining mazmun va natijalari, talabalarda estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishda tajriba-sinov ishlarining samaradorligi va istiqbolda rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilingan.
Pedagogik tajriba-sinov ishlarining maqsadi tadqiqot ishlari ilgari surilgan farazning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini isbotlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon o‘zaro aloqadorlikda, muammo yechimini bosqichma-bosqich hal etishga yo‘naltirilgan uch bosqichda amalga oshirildi.

  1. Tayyorgarlik bosqichi 2020-2021 yillarda tadqiqot muammosi mohiyatini va mazmunini ochib berishga xizmat qiluvchi nazariy hamda ma’lumotlar to‘plandi.

  2. Ikkinchi bosqich 2021-2022 yillarda tajriba-mutaxassislik fanlarini o‘qitishda belgilangan OTMlarda sinov maydonlari sifatida bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish chizmachilik fanini zamonaviy grafik dasturlar AutoCAD dasturi vositasida talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari sinovdan o‘tkazildi.

  3. Uchinchi bosqich 2022-2023 yillarda yakunlovchi tajriba – sinov ishlari o‘tkazildi. OTMlarda bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan ishlarning kamchiliklari tuzatildi. Tajriba – sinov ishlarining natijalari matematik statistik metodlar yordamida tahlil qilindi. Tadqiqotning tajriba-sinov ishlarida qatnashgan professor-o‘qituvchilarining fikr-mulohazalari o‘rganildi, ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini oshganligini aniqlash maqsadida anketa-so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Tajriba-sinov ishlarini olib borishda Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Termiz davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat pedagogika institutlari tajriba-sinov maydonchalari sifatida tanlab olindi. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlarining tajriba va nazorat guruhlari talabalari ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda solishtirish, tahlil qilish bosqichi professor–o‘qituvchilar va tadqiqotchi tomonidan muntazam ravishda amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishlarida 464 nafar talabalar ishtirok etgan. Tаjribа-sinov guruhlаrida 233 nafar, nazorat guruhlarida 231 nafar talabalar va bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilari ishtirok etdi
3 yil mobaynida nazorat va tajriba guruhlarida tadqiqot-kuzatuv ishlarini olib bordik. Tajriba-sinov natijalarining haqiqiyligini ta’minlash uchun matematik-statistik ishlov berildi. (2-jadval)

Yüklə 422,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin