Tasdiqlayman” Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori


Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liqligi



Yüklə 422,13 Kb.
səhifə5/22
tarix28.11.2023
ölçüsü422,13 Kb.
#167866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
7 Ilmiy Seminar protokoli F.U.Toshpulatov to\'g\'risi

Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liqligi.
Dissertatsiya tadqiqoti Termiz davlat universitetida bajarilayotgan (2021-2023 yillarga mo‘ljallangan) A-OT-2021-22- sonli “Minerallashgan quvur, fiting, panel va pol qoplamalari ishlab chiqishning innovatsion texnologiyasini yaratish” mavzusi nomli amaliy loyiha doirasida bajarilgan (2021-2023 yy).
Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish.
Tadqiqotning vazifalari:
- geometrik chizmachilik fanini o‘qitishda bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash;
- bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayonini takomillashtirish;
- axborot texnologiyalar vositasida bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish;
- talabalarning estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan chizmachilik o‘qitish bo‘yicha taklif etilayotgan metodikaning samaradorligini tajribada sinab ko‘rish.
Tadqiqotning ob’ekti - sifatida bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti - talabalarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning shakl, metod va vositalari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida falsafiy, tarixiy, pedagogik, metodik, psixologik va chizmachilikka oid adabiyotlarni o‘rganish, nazariy tahlil; suhbat, pedagogik kuzatish, viziual o‘qitish, so‘rovnoma, diagnostika, pedagogik tajriba-sinov, matematik-statistik usullardan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

  • chizmachilik fanidan ijodiy grafik topshiriqlar bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida estetik ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, axborot texnologiyasidan foydalanishning ijodiy grafik loyiha mahsulotini yaratish asosida aniqlangan;

  • bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi chizmachilik ta’limida ijodiy topshiriqlar hamda bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlarini rivojlantiruvchi-didaktik ta’limni tashkil etish asosida rivojlantirilgan;

  • talabalarni chizmachilikdan mustaqil o‘quv faoliyatiga ijodiy yondashuv, o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish istiqbollarining strategiyasini aniqlash hamda talabalar o‘zlashtirish darajasini baholash me’zonlari dinamikasini qiyosiy taqqoslash asosida shakllantirilgan;

  • bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish, metodik tizimi ma’lumotlar optimal tuzilmasini ishlab chiqish, aqliy va ijodiy qobiliyat hamda axborot o‘zlashtirishning mantiqiy bosqichlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.


Yüklə 422,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin