Tasdiqlayman” Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
3 - rasm. Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablar, ish beruvchilarning takliflari, fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi tendensiyalarini e’tiborga olgan holda kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirishni taqozo etadi. Shu o‘rinda pedagogik jarayon blokiga estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan chizmachilik ta’lim muhiti, pedagogik interfaol o‘qitish metodlari, ta’lim shakllari va vositalari, bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlar, kompetentlik asosini tashkil etuvchi sifatlar, insonparvarlik, shaxsga yo‘naltirilgan, modulli-kompetensiyaviy, amaliy, faoliyatli, kreativ, refleksiv omillar hamda kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasini tavsiflovchi grafik kompetensiyasi, mazkur modelga estetik ko‘nikmalarning zaruriy qismi sifatida kiritildi. Shu bilan birga pedagogik jarayon bloki estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan chizmachilik ta’lim muhiti, pedagogik interfaol o‘qitish metodlari, ta’lim shakllari va vositalari, bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilari estetik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari: kompetentlik asosini tashkil etuvchi sifatlarni ham qamrab olgan. Natijaviy-baholash blokida bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida estetik ko‘nikmalarni rivojlantirishning baholanishi tanlandi. Tadqiqot davrida talabalarning estetik tafakkurini rivojlantirish metodikasini puxta shakllantirish e’tiborga olindi. Talabalarning estetik tafakkurini rivojlantirish jarayoni quyidagi metodika asosida tashkil etildi: (4 - rasm) Yüklə 422,13 Kb. Dostları ilə paylaş: |