Tasdiqlayman” Qarshi davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N. S. Xolmirzayev


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi



Yüklə 26,81 Kb.
səhifə5/6
tarix24.02.2023
ölçüsü26,81 Kb.
#85412
1   2   3   4   5   6
1 Ф А Усманов етакчи ташкилот хулосаси lotin

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 7 ta ilmiy-amaliy anjumanlarda, shu jumladan, 3 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarida aprobatsiyadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni va xulosalari bo‘yicha jami 10 ta, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 10 ta maqola (8 ta respublika va 2 ta chet el jurnallarida) nashr qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxati hamda ilova qismlardan iborat. Dissertatsiyaning tadqiqot qismi 159 betni tashkil etadi.
Dissertatsiya natijalari va xulosalaridan foydalanishga doir tavsiyalar. O‘zbekistonda 1917-1945 yillarda bolalar qarovsizligi masalasi bo‘yicha ma’lumotlar, statistik ma’lumotlar, ilmiy xulosalarni xrestomatiya holida nashr qilish, shuningdek, ularni ilmiy muomalaga kiritishning zamonaviy innovatsion-kommunikatsiya tizimlari orqali o‘quvchilarga yetkazish zarur.
O‘zbekistonda bolalar qarovsizligi muammosiga bag‘ishlangan tarixchi va huquqshunos olimlar ishtirokida ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda qarovsiz bolalarni oilasiga qabul qilib, alohida namuna ko‘rsatgan vatandoshlarimiz hayoti va jonbozliklarini o‘zida aks ettirgan hujjatli filmlar yaratish va keng omma orasida targ‘ib qilish lozim.
Respublikadagi O‘zbekiston tarixi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga “O‘zbekistonda bolalar qarovsizligi masalasi” nomli fanni o‘qitishni joriy etish va uning o‘quv adabiyotlarini yaratish maqsadga muvofiq.
Dissertatsiya va avtoreferatning rasmiylashtirish qoidalariga javob berishi.
Dissertatsiya va uning avtoreferati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2015 yil 20 martdagi 214/8-sonli “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi hamda 2017 yil 31 maydagi 239/8-sonli “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi qarorlarida belgilangan talablariga to‘liq javob beradi.
Tadqiqotdagi ayrim kamchiliklar va ish yuzasidan takliflar:
Tadqiqot ishi doirasida foydalanilgan arxiv ma’lumotlariga muallif fikri yana ko‘proq qo‘shilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Tadqiqot ishida ko‘p texnik va imloviy xatolar uchraydi. Ba’zi foydalanilgan adabiyotlar to‘g‘ri rasmiylashtirilmagan.
Bolalar jinoyatchiligiga oid tarixiy manbalarni ham tadqiqotga jalb etganida ishning ilmiy qiymati yanada ortgan bo‘lar edi.
“Jahon tarixi” kafedrasining majlisi Usmanov Farhod Abdiraimovichning dissertatsiyasi yuzasidan mutaxassislar xulosalari hamda ish bo‘yicha berilgan ijobiy baholar, shuningdek, muhokama jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslanib, quyidagi xulosaga keldi:

Yüklə 26,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin