Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Yoshlar ongida sovet siyosiy va huquqiy tizimining o‘rnatilishi mohiyatini anglab yetishiga, ularda tarixiy ongning shakllanishiga, davlat mustaqilligining ahamiyatini tushunishiga va uni mustahkamlashga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirishga xizmat qiluvchi ta’siri ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqot natijasida chiqarilgan ilmiy xulosalar zamonaviy fan tarmoqlari (tarix, etnologiya, antropologiya, siyosatshunoslik) yo‘nalishlaridagi ilmiy tadqiqotlar uchun asos bo‘lishi mumkin.
Dissertatsiya ishining ixtisoslikka muvofiqligi.Dissertatsiya mavzusi hamda izlanuvchi tomonidan ishlab chiqilgan xulosa va takliflar, erishilgan natijalar 07.00.01–“O‘zbekiston tarixi” ixtisosligiga to‘liq mos keladi.
Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi. Dissertatsiya yuqori ilmiy saviyada bajarilgan bo‘lib, unda ilmiy tadqiqot davomida erishilgan natijalar tushunarli va ravon tilda bayon etilgan. Mazkur dissertatsiya tugallangan ilmiy tadqiqot ishi hisoblanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati O‘zbekistonda bolalar qarovsizligi faoliyati o‘ziga xos jihatlari tarixiylik, haqqoniylik tamoyillariga tayanib, birlamchi tarixiy manbalar asosida ochib berilganligi hamda muammoga oid nazariy xulosalarni takomillashtirishga xizmat qilish bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati O‘zbekistonning sovet davri tarixiga doir tarixiy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yaratish, jumladan, O‘zbekiston tarixining tegishli bo‘limlarini yozishda, “O‘zbekistonning davlat muasassalari tarixi” fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv dasturlarini qayta shakllantirishga, mazmunan boyitishga hamda yangi tadqiqotlar uchun asos vazifasini bajarish bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligitadqiqotda zamonaviy tarix fanida tan olingan nazariy yondashuv va usullarning qo‘llanilganligi, ilmiy muomalaga kiritilmagan keng hajmdagi arxiv manbalari, davriy matbuot materiallari, statistik ma’lumotlar va adabiyotlardan olingan ma’lumotlardan foydalanilganligi, tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan belgilanadi.