Darsning borishi I. Tashkiliy davr a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
II. Takrorlash Wordda formulalar qanday yoziladi?
Formulalar muharriri qanday ishga tushiriladi? Amalda ko'rsating.
Formulalar muharririda qanday chiqiladi?
Formulalar muharririda qanday bo'limlar bor?
Formuladagi xatolikni tuzatish jarayonini amalda ko'rsating.
Formula lavhasida qanday harakatlanish mumkin? Amalda ko'rsating.
Matndagi formuladan qanday nusxa ko'chiriladi? Amalda ko'rsating.
III. Yangi mavzuni o`rganish. Nihoyat, tayyor hujjatni qog'ozga chop etish vaqti yetdi. O'zingiz, tayyorlagan rasmlar, chizmalar va jadvallarga boy hujjatlarni qog'ozda qanday ko'rinishda aks etishini ko'rishni hohlasangiz, bu mavzuni chuqur o'zlashtirib olishingiz zarur.
H ujjatni qog'ozga chop etish mushkul ish emas. Buning uchun standart uskunalar panelidagi printer rasmi tasvirlangan Chop etish (Печать) piktogrammasini sichqoncha yordamida bosish kifoya. Bu chop etishning eng oddiy va eng qulay usuli. Ammo zamonaviy printerlar turli xil usulda chop etish imkoniyatiga ega. Masalan, qog'ozning bitta sahifasiga hujjatning bir nechta sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va hokazo.
Hujjatni chop etish parametrlarini o'zgartirish uchun Fayl menyiisininy Chop etish (Печать) bo'limi tanlanadi.
Natijada ekranga Chop etish (Печать) lavhasi chiqadi. Chop etish lavhasi Printer (Принтер), Sahifalar (Страницы), Nusxalar (Копии), Masshtab (Масштаб), Qamrov (Включить), Chop etish (Напечатать) bandlaridan iborat.
Sahifalar bandida barchasi (все), joriy (текущая), tartib raqamlari (нумера) va ajratilgan qism (выделенный фрагмент) ko'rsatmalari bo'lib, ulardan biri sichqoncha yordamida tanlanadi.