A xborotlarni qayta ishlash vositalari - bu inson tomonidan ishlab chiqarilgan turli qurilmalardir. Ular ichida eng asosiysi va samaradori kompyuterdir
A xborotlarni qayta ishlash vositalari - bu inson tomonidan ishlab chiqarilgan turli qurilmalardir. Ular ichida eng asosiysi va samaradori kompyuterdir. Yuqoridagi rasmda kurrai-zaminimizdagi turli hududlarda ob-havo ma'lumotini to'plash va uzatish jarayoni aks ettirilgan:
Avvalgi darslardan va yuqoridagi rasmdan xulosa qilib, har qanday axborot uzatish jarayonini quyidagi chizma orqali tasvirlash mumkin:
Hayvonlarni tabiiy biologik sistema sifatida o'rganishda ularning tashqi muhitdan kelayotgan signallarga nisbatan qanday darajada va qanday holda ta'sir ko'rsatishiga katta e'tibor berish kerak, chunki o'rganilayotgan jonivor olayotgan axborotdan qanday foydalanayotganini bilmasdan turib, uning harakatlariga to'liq baho berib bo'lmaydi.
Bu hol tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o'rinlidir. Ulardagi axborotli jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy rnanba bo'lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan har xil signallar – axborot orqali amalga oshiriladi.
Masalan, dehqonlar yuqori hosil olish uchun ob-havoning qanday kelishiga qarab qachon yerni shudgorlash, qachon sug'orish zarurligini aniq biladilar. Bunda o'z tajribalaridan hosil bo'lgan axborotlarga asoslanib ish yuritadilar. Shunga ko'ra, turli texnika va usullarni qo'llash bo'yicha tadbirlar
belgilanadi. Bundan ko'rinadiki, dehqonlarning matbuot, radio va televideniye orqali e'lon qilinadigan ob-havo ma'lumotlariga katta e'tiborni qaratishlari bejiz emas ekan.
Keltirilgan misollar axborotlarni to'plash va ularni qayta ishlash kabi jarayonlarni o'z ichiga olganligini ko'rish mumkin.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin?
Axborotni hosil qilish, to'plash, soddalashtirishga misollar keltiring.
Inson tanasida axborotni to'plash va qayta ishlashga misol keltiring.
Axborotni nusxalash, o'lchash, buzishga misollar keltiring.
Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring.
Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga misollar keltiring.
O'quvchilar eng ko'p axborot oladigan axborot tashuvchi vositalarga misol keltiring.
Mashqlar
Chap ustundagi so'zlami o'ng ustundagi jumlalarga moslab joylashtiring.
Kompyuter
Axborotni qayta ishlash vositalari
Inson
Disket
Axborot tashuvchi vositalar
Kitob
Daftar
2. Nuqtalar o'rniga o'ng ustundagi kerakli so'zlarni joylashtirib ko`chiring.
Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog`liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.