Ta'sir ko'rsatish (Действия) bo'limi yordamida esa shakllarni burish, akslantirish, birlashtirish, birlashtirilgan shakllarni ajratish, shakllarning ko'rinish tartibini o'zgartirish mumkin.
To'g'ri chiziq chizish “ CHIZISH” uskunalar panelidagi chiziq tugmasi tanlangach, sichqoncha ko'rsatkichi [+] ko'rinishga keladi. Sichqoncha ko'rsatkichi chiziladigan chiziq boshlanishi kerak bo'lgan nuqtaga olib kelinadi va chap tugmasi bosilgan holda chiziqning oxirgi nuqtasiga olib boriladi. So'nggi nuqtada sichqonchaning chap tugmasi qo'yib yuboriladi.
To'g'ri to'rtburchak chizish CHIZISH uskunalar panelidagi [□] to'g'ri to'rtburchak tugmasi tanlangach, sichqoncha ko'rsatkichi + ko'rinishga keladi. Sichqoncha ko'rsatkichi chiziladigan to'g'ri to'rtburchakning chap yuqori burchagiga olib elinadi. Sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda ko'rsatkichi to'g'ri Vrtburchakning o'ng pastki burchagiga olib borib qo'yib yuboriladi. Umuman Iganda, chizishni to'g'ri to'rtburchakning ixtiyoriy burchagidan boshlash lumkin. Chizish to'g'ri to'rtburchakning qaysi burchagidan boshlansa, unga arama-qarshi burchagida tugatiladi.
Ellips chizish “CHIZISH” uskunalar panelidagi tugmasi tanlangach, sichqoncha ko'rsatkichi [+] ko'rinishga keladi. Yuqorida ko'rsatilgandek (to'g'ri to'rtburchak chizilganidek), amallar bajariladi. Ya'ni sichqoncha ko'rsatkichi xayolan to'g'ri to'rtburchak bor deb, shu to'g'ri to'rtburchak-ning biror burchagiga sichqoncha ko'rsatkichi olib kelinadi va sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda sichqoncha ko'rsatkichi to'g'ri to'rtburchakning qarama-qarshi burchagiga olib borib qo'yib yuboriladi.
Yoy chizish
“CHIZISH” uskunalar panelidagi Tayyor shakllar bo'limining Asosiy shakllar guruhidan yoy tugmasi tanlanadi. Ellips chizilgandagi amallar bajariladi. Faqat ellips o'rniga yoy chiziladi.