Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə11/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Tayanch tushunchalar: mafkura , dunyoqarash, individual borliq, umuminsoniy qadriyatlar, estеtik idеalda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, ijtimoiy dardning shaxsiylanishi


Savol va topshiriqlar:
1. Ijodkor dunyoqarashining badiiy asar mazmuniga ta'sirini qanday tushunasiz? Badiiy ijod jarayonida ijodkor dunyoqarashi bilan muayyan mafkura munosabati qanday kеchadi?
2. «Rеal borliq», «individual borliq» va «badiiy voqеlik» tushunchalarini izohlang. Ularning o`zaro munosabatini tushuntiring.
3. Badiiy adabiyot mafkuradan holi bo`lishi mumkinmi? «Mafkuradan holi adabiyot dеgani aslida «mafkurasizlik mafkurasi adabiyoti» dеgan fikrga qanday qaraysiz? Javobingizni asoslang.
4. Mafkuraga «xizmat qilish» dеganda nimani tushunasiz? Sho`ro davri adabiyotida bu narsa qanday tushunilgan? Mafkura va adabiyot munosabatini «sho`rocha» tushunish qanday oqibatlarga olib kеldi? 5. Jamiyatimizning bugungi mafkurasi bilan badiiy adabiyotning munosabati qanday bo`lmog`i kеrak? Qaysi holda ijodkor mafkuraga chinakam xizmat qilgan bo`ladi?
Adabiyotlar:
3. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар.- Т.,2000
4. Раҳимжонов Н. Лирикада сиёсий ғоя ва ижтимоий маъно//Ўзбек тили ва адабиёти.-1996-№3.-Б.54-56
5. Мирзаев Т. Миллий истиқлол мафкураси ва ўзбек адабиётшунослиги // Ўзбек тили ва адабиёти.-1994.-№3.-Б.3-6
6. Жумахўжа Н. Миллий истиқлол мафкураси ва адабий мерос//Ўзбек тили ва адабиёти.- 1998-№1.-Б. 3-6.
7. Ҳаққул И. Мафкура – тафаккур ва тараққиёт тамали//Ўзбек тили ва адабиёти.-1998. №3

3-ma’ruza
Mavzu: Badiiy xarakter va tip
Reja:
1.Badiiy xarakter va tipning farqlovchi xususiyatlari.
2.Tipiklikning bosh mezoni.
3.Badiiy obrazning tip darajasiga ko‘tarilishi.
4.Xarakter yaratish usullari.

Adabiyotshunosligimizda qo‘llanilayotgan “obraz”, “personaj”, “xarakter”, “tip” atamalari anglatadigan tushunchalar bir-biri bilan uzviy bog‘liq – ular adabiy asarda ishtirok etuvchi odamlar tasvirini anglatadi, lekin ularni aynan bir narsa deb tushunmaslik kerak. Chunli ularni bir-biridan ajratib turadigan ba’zi farqlar bor. “Obraz” deganda asarda qatnashuvchi barcha odamlar hayoti tasviri (asar sujetida har xil “yuk” tashuvchi shaxslar – bosh qahramon, asosuy obraz, epizodik obraz anglashiladi). Asarda iroda yo‘nalishi va individual ruhiy xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi, asar sujetida katta yuktashuvchi shaxslargina xarakter bo‘lsa, ijtimoiy guruh yohud muhim xususiyatlarini ifodalovchi – davrning katta umumlashmasi bola oladigan xarakter adabiy tip deb yuritiladi. O‘g‘zaki va yozma nutqda “personaj” va “obraz” atamalari bir-birining sinonimi sifatida ham qo‘llanilaveradi. Masalan shu jihatdan qaraganda, “Zaynab va Omon” poemasidagi Zaynabning dugonalari – Adol, Asal, Sora, Surma, Ruxsora, Gulnor, Qunduz, Suqsur, Nuri – epizodik obraz (personaj)lar;


Zaynab, Omon, Anor xola, Sobir, Huri – xarakterlar;
Zaynab va Anor xola – adabiy tipdir.
Xarakter (yun. Character – xususiyat, belgi) – ma’lum ijtimoiy faoliyat tipi. Xarakter, L.I.Timofeyev aytganidek, obrazning yadrosi. Xarakter, birinchi navbatda, konkret hayotiy sharoitda o‘z individual xatti-harakatlari va ruhiy kechinmalari bilan namoyon bo‘ladigan insonning aniq tasviri. Umuman aytganda, qahramonning xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy elgilar majmui xarakter deb yuritiladi (G.A.Abramovich).
Nazariy adabiyotlarda xarakterning mohiyatini aniqlaydigan ikki asosiy xususiyat ko‘rsatiladi:

  1. shaxs iroda yo‘nalishini ko‘rsatuvchi narsa xarakterni belgilaydi: iroda yo‘nalishi va uning yuzaga chiqishi;

  2. xulq-atvorni belgilaydigan individual ruhiy belgilar: mardlik, qo‘rqoqlik, insoflilik, insofsizlik, ishyoqmaslik, dangasalik….. kabilar. Bunday individual ruhiyxususiyatlar shaxsning iroda yo‘nalishi uning umumlashmaligini aniqlashga ko‘mak beradi. Haqiqatan ham xarakterni belgilovchi bu ikkala xususiyat baayni bir medalning ikki tomoniga o‘xshab ketadi.

Adabiyotshunos M.Qo‘shjonov o‘z tadqiqotlarida xarakterni belgilovchi bu ikki xususiyatni “Qutlug‘ qon” romanidagi Yo‘lchi obrazi tahlili misolida ibratli qilib isbotlab bergan: haqiqatan ham, Yo‘lchidan mehnatkash xalq vakillariga xos bo‘lgan umumiy xislatlar ham, uning shaxsiy xislatlar ham, uning shaxsiy xislatlarini aniqlaydigan konkret belgilar ham mavjud. Masalan, u- sodda, yuvosh, uyatchan, sofdil, menatsevar, baquvvat, halol, jasur yigit. Bular uning xulq-atvorini belgilaydigan ruhiy alomati. Shuning o‘zi bilangina xarakter paydo bo‘la qolmaydi. Yozuvchi Yo‘lchining iroda yo‘nalishini ochishga ham alohida ahamiyat bergan: konkret ijtimoiy muhit ta’sirida vujudga kelgan o‘z-o‘zini anglash xususiyati va shu xususiyat natijasida uning ongida yuz bergan olg‘a intilishlar, isyonkorlik Yo‘lchi xarakterini belgilaydi.
Tip (yun. typos – iz, nusxa, tamg‘a; namuna obraz)- aniq iroda yo‘nalishi, individual ruhiy xususiyatlari bilan guruhning muhim xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan shaxslar obrazi (M.Qo‘shjonov).
Adabiy tip – muayyan tarixiy sharoitdagi jamiyatning butun bir toifasiga mansub bo‘lgan kishilarning tipik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mukammal badiiy obrazdir. Badiiy asarlardagi mukammal obrazlargina xarakter bo‘lsa, chuqur va har taraflama puxta ishlangan xarakterlargina adabiy tip bo‘la oladi. Masalan, Alisher Navoiy (“Navoiy”), Zebi, Akbarali, Miryoqub (“Kecha va kunduz”), Muqanna (“Muqanna”), Otaqo‘zi (“Diyonat”), Ulug‘bek va Ali Qushchi (“Ulug‘bek xazinasi”), Bobur (“Yulduzli tunlar”) kabi ko‘plab mukammal realistik obrazlar adabiy tiplardir.
Tipiklashtirish qonuniyatlarini tushunish uchun dastlab tip haqidagi tushunchaga ega bo‘lish kerak. Odatda tip ikki xil bo‘ladi – ijtimoiy tip va adabiy tip. Ijtimoiy tip – hayotda, adabiy tip- adabiy asarda bo‘ladi.
Badiiy obraz orqali hayotdagi muhim , muqarrar, qonuniy, tabiiy hodisalarni umumlashtirib ifodalash – tipiklashtirishdir. Demak, hayotdagi umumiy, qonuniy, tabiiy ijtimoiy narsalar – ijtimoiy tiplar san’atda to‘la individuallashtirilgan va konkretlashtirilgan xarakterlar orqali aks ettirilar ekan.
Tipiklashtirish qonuniyati, asosan, uch jarayondan iborat:

  1. hayot umumlashtiriladi;

  2. sintezlashtiriladi;

  3. individuallashtiriladi.

Badiiy obraz xususiyatlari to‘g‘risida so‘z borganda, unda alohida o'ziga xos, xususiy, takrorlanmas belgilarda bir qator hodisalarga, kishilarga va ijtimoiy yo‘nalishlarga doir timumiy, xarakterli tomonlar aks etishi aytilgan edi. Alohidalik bilan umumiylik orasidagi bunday aloqadorlik badiiy obrazning jonliligini, bir butunligini ta’minlaydi, ma’rifiy ahamiyatni belgilaydi va yozuvchi ko‘zda tutgan hayot haqiqatining mohiyati ochilishiga imkon beradi. Hayot haqiqati mohiyatini ochish esa adabiyot oldida turgan tarixiy maqsad va vazifalam i amalga oshirishning zarurshartidir. Lekin hayot haqiqati deganda nim ani tushuninoq kerak va u badiiy adabiyot obrazlarida qanday yuzaga chiqariladi? Mazkur savollar va masalalarni to‘g‘ri idrok etish tipiklik muammosining mohiyatini anglashga yo‘1 ochadi.
Mashhur adabiyotshunos L.Qayumov “Tipiklik-bosh mezon” degan asarida aytishicha, tipiklik ijodning asosiy qonuniyatlaridan biridir. Faqat hodisalar, xarakterlar, vaziyatlaming mohiyatini ochish yo‘li bilangina ijtimoiy hayot yoki uning taraqqiyotidagi muayyan bosqich haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish mumkin. Adabiyotning bosh tasvir mavzusi - inson, yozuvchilarning diqqat markazida inson xarakteri, ijtimoiy tiplar turadi. Adabiyot o‘zining muqaddas burchini xarakter va tiplarni badiiy ko'rsatish yo'li bilan ado etadi. Agar yozuvchilar kashf etgan inson xarakterida million-million kishilarga xos xususiyatlar o‘z ifodasini topmaganida, bu xarakterlar kitobxonlami hayajonlantirolmagan, bir-birlarini va o‘zlarini tushunishlariga yordamlasholmagan bo‘lar edi. Shu bilan birga. biz adabiyotdatipik, umumiy, mushtarakbelgilar har doim o‘ziga xoslikda, alohidalikda yuzaga chiqishini, faqat shundagina jonli badiiy obraz vujudga kelishini unutmasligimiz kerak. Olimlar tipni faqat ko‘pchilikka xos xususiyatlar birikmasi deb tushungan “nazariyotchilar” ga tanbeh berib, tiplarda umumiylik bilan alohidalik birligi qanday bo‘lishini ta’riflagan edilar. Shoir shaxslarning har birida umumiy, tipik tomonlar borligini payqadi: u turli kishilardagi xususiyatlami yagona badiiy yaxlitlik doirasida birlashtiradi. Shunday qilib, tipiklik muammosini badiiy adabiyotning hayotni bilish, o ‘rganish sohasidagi vazifalari va imkoniyatlari masalasi bilan bog'liq holda idrok etganda. birinchi navbatda, adabiy obrazlarda mushtarak alomatlar alohidalik tarzida namoyon bo‘lishini e’tibordan chetda qoldirish kerak emas. Boshqacha qilib aytganda, adabiyotda tipik alomatlar o‘ziga xos belgilar orqali ifodalanadi, kishilarning tiplari esa insoniy xarakterlar vositasida hosil bo‘ladi.

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin