Tayanch tushunchalar:obraz badiiy obraz badiiy obraz spеtsifikasi individuallashtirlgan umumlashma ratsional va emotsional birlik mеtaforiklik ko`p ma'nolilik badiiy obraz turlari Savol va topshiriqlar: 1. «Badiiy obraz badiiy adabiyot va san'atning tafakkur shakli» dеyilishining boisini tushuntirib bеring. Obrazli tafakkur va tushunchalar asosidagi tafakkurni bir-biriga qiyoslagan holda amalga oshiring. Badiiy obrazning konkrеtliligi dеganda nimani tushunasiz?
2. Badiiy adabiyot individuallashtirish orqali umumlashtirishga intilishini o`z misolingizda tushuntiring.
3. Badiiy obrazning ko`p ma'nolilik kasb etishi nimalarga bog`liq dеb bilasiz?
4. Badiiy adabiyotda inson obrazining markaziy o`rin tutishi nimaga bog`liq? Inson obrazini yaratish vositalari qaysilar? Ularni konkrеt bir misol orqali tushuntirib bеring.
5. Badiiy obrazlar tasnifi qaysi jihatlardan amalga oshiriladi? Badiiy obraz turlarining har biriga misollar kеltiring.
5-ma’ruza Mavzu: BADIIY ASARDA MAVZU VA G‘OYA Reja: 1. Badiiy asarning o‘zga xos jihatlari.
2. Badiiy asarda mavzu va g‘oya uyg‘unligi.
3. Asardagi ichki va tashqi aloqalari.
4. Badiiy asarda mavzu va g‘oyaning ochib berilishi.
Har bir adabiy asar o‘zida hayotning yaxlit, bir butun manzarasini gavdalantiradi (epik va dramatik asarlar) yoki qandaydir yaxlit, muayyan, oniy his-tuyg‘uni ifodalaydi (lirikasarlar). Shuning uchun ham, badiiy asarni o ‘ziga xos, cheklangan bir olam deb atash mumkin. Hatto adabiyotning “ Illiada” , “Xamsa” , “ Urush va tinchlik” singari eng buyuk namunalari ham ma'lum chegaraga ega. Ularda bizning ko‘z o ‘ngimizda u yoki bu hamda xuddi shu bosqichni tasvirlovchi voqealar va kishilar ko'rsatiladi.
Adabiy asarning bir butunligi, birinchi navbatda, unda ifodalangan mazmun bilan belgilanadi. Epik va dramatik asarlarda hamma narsa ularda aks etgan ziddiyatlar, vaziyatlar, kishilar xarakteri va xatti-harakatlariga bog‘liq bo‘ladi. Lirik asarlarda esa hamma narsa ularda ifodalangan kechinmalarga aloqador.
Gcgel badiiy asar mazmunining bu tomonini quyidagi tarzda tushuntirgan: “ Dramada qandaydir xatti-harakat mazmuniylik vazifasini bajaradi; drama bu harakatning qanday sodir bo‘lganligini ko‘rsatishi kerak. Lekin kishilar juda ko‘p ish qiladilar, o'zaro gaplashadilar, boshqa vaqtda esa ovqat yeydilar, uxlaydilar, kiyinadilar, qandaydir so'zlarni aytadilar va h.k. Biroq kishilaming mazkur ishlaridan dramaning haqiqiy mazmunini tashkil etuvchi xatti-harakatlarga aloqador bo‘lmaganlari asarga kirishi kerak emas, shunday qilib, dramaga kirgan hech bir narsa mazkur xatti-harakatga aloqador bo‘lmasligi mumkin emas. Xuddi shuningdek, mazkur xatti-harakatning bir holatinigina qamrab oluvchi ko‘rinishga tashqi dunyodagi murakkab tom onlarga aloqador bo'lgan, lekin bu holatning o 'zid a o ‘sha xatti-harakat bilan m utlaqo bog'lanm aydigan va uni chuqurroq ko‘rsatishga xizmat qilmaydigan ko‘plab vaziyatlar, shaxslar, holatlarni ham da boshqa har xil voqealarni kiritish mumkin edi. Ammo o'ziga xoslilik talabiga ko‘ra san’at asariga faqat muayyan m azmunga... aloqador narsalarnigina kiritish lozim, chunki unda hech bir ortiqchalik bo'lishi mumkin emas”. Bu yerda muallifning asarda aks etgan asosiy g'oyaviy m aqsadi bilan tayinlanadigan va o ‘zaro bog'liq hodisa, m anzara, vaziyat, shaxs, his-tuyg‘ular hamda fikrlarning murakkab tarzda uzviy birikib ketishi sit'atida namoyon b o ‘ladigan ichki m ukam allik va butunlik ko‘zda tutiladi. Uni aniq tasavvur qilmay va uni tashkil etuvchi ‘zaro bog‘liq unsurlarni bilmay turib, badiiy asarlarni to‘g‘lri tushunish qiyin. Adabiyotni o‘rganuvchi har bir odam badiiy asarlarni o‘qish davomida uning asosiy mazmunini anglab borishi, mohiyatiga chuqur kira olishi va baholashi mumkin. Masalan, kitobxon Abdulla Qahhorning “ Muhabbat” qissasini o'qir ekan, unda o ‘ziga go'yo anchadan beri ma’lumdek tuyulgan masalani, fikrni yangicha o‘qiganaek, yangicha his qilgandek va tushungandck bo‘ladi. U qissani tugatar ekan, kishilar orasidagi eng oliy munosabatlardan biri bo‘lmish muhabbat to‘g‘risida chuqur o‘yga toladi: “ Chinakam insoniy muhabbat g‘oyat qudratli kuchdir, u har qanday to‘siqni yengib o‘tishga qodir, jismoniy nuqsonlar ham, mulkiy tafovutlar ham, chirigan taomillar, urf-odatlar ham haqiqiy muhabbat yo‘lida g‘ov bo‘loImaydi, unday muhabbat uchun kurashmoq kerak” degan xulosaga keladi. Ammo yozuvchi asardagi bu asosiy fikrni quruq so‘zlar bilan bayon etmaydi, balki qissaning butun badiiy to‘qimasi orqali ro‘yobga chiqaradi. Asardagi asosiy fikr, avvalo, kishilar obrazlari orqali yuzaga keladi. Ularning fe'l-atvorlari mohiyati, dunyoqarashi ruhiy olami, xatti-harakatlari, o‘zaro munosabatlari va muallifning ularga bo‘lgan muomalasi, muhabbat masalasiga turlicha yondashishi, muammoning tom ma’nosi va kishilar hamda jamiyat hayotidagi o‘rni yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, qissaning markaziy qahramonlari bo‘lmish Anvar, Muhayyo ko‘z o‘ngimizda chinakam insoniy muhabbat egalari qiyofasida ko‘rinadilar. “ Men yaxshi ko‘rish nima ekanini hali bilmayman, — deydi Anvar, - lekin Muhayyoga, Muhayyo degan insonga juda-juda muhtojman.
Agar shu muhabbat bo‘lsa, muhabbat chaqmoqqa emas, odamga o‘xshaydi: tug‘ilganida bir parcha go‘sht bo‘ladi, keyin ko‘zini ochadi, keyin yuzida kuldirgich paydo bo‘lib jilm ayadi, keyin til chiqarib, har kuni yangi bir gap aytadi”. Yozuvchining Anvar obrazi va uning boshqalar bilan munosabati orqali muhabbatning ana shu bosqichlarini, ya’ni muhabbatning inson qalbida tug‘ilishini, butun vujudini qoplashini, keyin faol harakatga, kurashga undashini kuzatib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va unga erishgan. Anvar qalbida muhabbat ilk bor, uning hayotidagi eng og‘ir damlaming birida, ya’ni otasini qabristonga qo‘yish vaqtida juda tabiiy ravishda kurtak yozadi. U o‘ziga suv tutib, “ Mard bo‘ling, Anvarjon” degan qizning munosabatida ulkan insoniy samimiyat sezadi va shu samimiyligi, chinakam odamiyligi uchun Muhayyoni sevib qoladi, uning bir bor turmush qurganini e'tiborga ham olmaydi; Muhayyoga bo‘lgan hissini olijanoblik deb emas, balki haqiqiy muhabbat deb hisoblaydi, o‘z sevgisi bilan faxrlanadi va buni hech kimdan yashirm aydi. Marg‘ubaning: “ Nima, Muhayyoda oy ko‘rganmisan?” degan savoliga dadillik bilan: “ Ha, men Muhayyoda oy ko‘rganman! Dadam olamdan o‘tib, dunyo ko'ziinga qorong‘i bo'lganda Muhayyoda oftob ko'rganman” — deb javob beradi. Anvar o‘z muhabbatini so‘zdagina himoya qilmaydi, balki uning tantanasi uchun kurashadi: muhabbal tufayli boshiga tushgan qiyinchiliklarga dosh beradi, moddiy mashaqqatlarni yeiigish uchun mehnal qiladi. Shu tariqa Anvar qalbida tug'ilgan muhabbatni anglash tuyg'usi, u haqdagi ehtirosli, dadil so‘zlari va sevgi tantanasi yo‘lidagi kurashlari o‘zaro bog‘lanib ketadi. Lekin Anvarning xatti-harakatlari asarda muallaq holda berilmaydi, balki qator shaxslar, xususan, Muhayyo, Marg‘uba va boshqalar bilan munosabatda yuzaga chiqariladi. Ulaming barcha ishlari, harakatlari, kurashlari o‘zaro bog‘lanadi. 0‘zining insoniy qadr-qimmati, muhabbati uchun kurashchanlik tuyg‘usi Muhayyo xarakteriga ham xosdir. Onasining tili bilan aytganda, o‘ziga “it tekkanligi, ilks evgisi Salim tomonidan oyoqosti qilinganligi tufayli dastlab Muhayyoning Anvarga bo‘lgan muhabbati uchun kurashishi ancha qiyin bo‘ladi, ammo u bora-bora o‘zining turmush qurganligi muhabbati yo‘lida g'ov bo‘lolmasligini, insoniy g‘ururini poymol qilolmasligini anglaydi va ochiqdan ochiq Anvar bilan yurishdan, u haqda qayg‘urishdan, dashnom-u ta’nalardan o ‘zining muqaddas tuyg‘usini muhofaza qilishdan hayiqm aydi. U hatto Anvarning tushkunlik ohangida aytgan tog‘-u toshlarga bosh olib ketish haqidagi gapini eshitib: “ Meni tashlab, nomard senga yo‘l bo‘lsin!” deyish darajasiga ko‘tariladi. Muallif kitobxonni Muhayyo xarakteridagi mazkur o lzgarishga qat’iy dalillash y o li bilan ishontiradi. Agar yuqoridagi ikki xarakter rivoji va ikki sevuvchi qalb qovushishining o ‘zi bilan asar tugaganda edi. m uhabbat muammosi jo ‘n hal qilingan, hayot bir yoqlama aks ettirilgan va qissa zerikarli chiqqan bo‘lur edi. Mualli(‘markaziy qahram onlarning muhabbat uchun olib borgan kurashini ko‘rsatar ekan, buni jnda yaxshi tushungani sababli shu kurashning zam rligini ham mantiqiy ravishda asoslaydi: sevgiga nisbatan eski, chirigan, m anfiy m unosabatning hanuz mavjudligi hayotda m uhabbat uchun kurashni m uqarrar qilib qo kyadi. Yozuvchi muhabbat muammosiga nisbatan yangi va eski, m anfiy qarashlar hamda ularni tashuvchi shaxslar o'rtasidagi ziddiyatni, to‘qnashuvlami asaming bosh konflikli sifatida taqdim etadi, uni chuqur m antiq asosida aks ettirish orqali esa qissa voqealarining haqiqiyligiga, keskinlik va hayajon bilan ruhlanishiga erishadi.
Qissada muhabbat masalasiga eskicha, salbiy m unosabatda bo‘luvchi shaxslar sifatida Muborak, Marg‘uba va Javlon ishtirok etadi. Muhabbat muammosiga manfiy, eskicha m unosabat mazkur personajlar xarakterining umumiy tomoni va salbiy harakatlarini vujudga keltirgan ildizlardan biri bo‘lsada, ularning harbiri o ‘ziga xos holda yuzaga chiqadi. Chunonchi, Muborak ongida “ turm ush qurgan ayolning uylanm agan yigitga tegishi aslo mumkin ernas” degan eski tushuncha qattiq o ‘rnashib qolgan. Shu tushuncha tabiatan sofdil, yumshoq ko‘ngil M uborakning uyidan Anvarni quvishga, Muhayyoga ozor berishga m ajbur etadi; adolatli, sofdil, mchribon onasifatida ko‘rsatilgan Muborak xarakteridagi keyingi oV.garishlarga, ya’ni uning yoshlar muhabbatiga qarshilik ko'rsatm ay qo‘yganiga, aksincha, ularga ko‘maklashganiga ishonadi. Javlon esa maslaksiz, ichkilikdan bosh ko‘tarm aydi, boylikka mukkasidan ketgan, xotinining chizig‘idan chiqm aydigan, axloqan buzuq bir kimsa bo‘lganligi tufayli, chin muhabbat egalariga qarshi be’mani harakatlar qiladi, pastkashlikdan toymaydi. Marg‘uba Muborakdan ham, Javlondan ham keskin farq qiladi. Muhabbatga nisbatan noto‘g‘ri munosabat, ya’ni uylanmagan yigitning juvon bilan turmush qurishi, uni sevishi mumkin emasligi haqidagi tushuncha Marg'uba ongiga Muborak xarakteridagi kabi singmagan, aks holda u besh marta erga tegmagan bo‘lardi. Bu aslida Marg'ubaga Anvar bilan Muhayyo o‘rtasidagi muhabbatni toptashda bir bahona, xolos. Marg'ubadagi Anvar muhabbatini toptashga intilishning asl sababi bu ayolning boylikka, mol-dunyoga o'chligidir. U Murodalidan qolgan boylikni qo‘ldan chiqarmaslik niyatida, qanday qilib bo‘lsa-da, Anvarni Muhayyodan ajratish va o‘gay qizi Muattarga uylantirishga tirishadi, bu borada pastkashlikdan ham , razillikdan ham qaytmaydi. Yozuvchi yuqoridagi salbiy shaxslarning va ular xarakteridagi muhabbatga nisbatan bo‘lgan noto‘g‘ri munosabatning mavjud ekanligi oqibatlarini ham ochib beradi. Agar Muborak xarakteridagi nuqson eski tushunchalarning nisbiy yashovchanligi bilan belgilansa, Javlon xarakterining mohiyati nomukammal tarbiyaning mahsulidir. Marg‘ubaning xarakteri, hayot tarzi, xatti-harakatlari, “taqdirning qo‘lida o‘yinchoq” bo‘lib qolishi yuqorida tilga olingan ikki sababdan tashqari, katta ijtimoiy illat, ya’ni la’nati urushga ham aloqador. Muhabbatga noto‘g‘ri munosabat va bu noto‘g‘ri fikrlami tashuvchilar bilan tanishgan kitobxon qonuniy ravishda “ ulaming jamiyatimizda tutgan o‘rni va 'istiqboli qanday ?” degan savolni beradi. Yozuvchi esa chuqur badiiy tahlil orqali muhabbatga nisbatan salbiy qarash va uning sabablari qanchalik yashovchan, qanchalik kuchli bo‘lmasin, oqibatda mag‘lubiyatga mahkumdir, deb javob qaytaradi. Mazkur mag‘ubiyatning boisi, muallifning ko‘rsatishicha, zamonlarning o‘zgarganligi, muhabbatni himoya qiluvchi yangi kuchlar, manbalar borligidir.
Qissadagi Hakimjon, Muattar, Rahimjon, Naimjon singari personajlar o‘sha kuchning ifodachilari qiyofasida ishtirok etadilar. Bu personajlar xarakterining umumiy tomoni shundaki, ular muhabbat muammosiga yangicha yondashadilar, eski tushunchalarga, taomillarga zarba berishga intiladilar, Anvar va Muhayyo muhabbatining g‘alabasi yo'lida faollik ko‘rsatadilar. Jumladan, Hakimjon o‘zining avvalgi xotiniga, ya’ni Marg‘ubaga keskinroq harakat qilishga qiynaladi, lekin inson va uning muhabbati mohiyatini to‘g‘ri tushungani uchun Anvar bilan Muhayyoning sevgisini qo‘lab-quvvatlamay turolmaydi. Mana, Hakimjonning fikrlash tarzini ko'rsatuvchi bir misol: “Qiz olmagan yigit, yigitga tegmagan qiz... Nainki inson insonga faqat shu ko‘z bilan qarasa? Qiz, yigit... insonning o‘zi qayoqda qoldi?” Muattarning ham Anvar bilan Muhayyo muhabbatini yoqlab harakat qilishi ancha qiyin, chunki sevgi yo‘lidagi asosiy g‘ovlardan biri bo‘lmish Marg'uba uning o'gay onasidir. Ammo Muattar yangicha tarbiyalangan, ilg'or flkrli qiz bo'lgani sababli sof muhabbatning g'alabasí uchun kurashdek adolatli ishdan chetda qoloimaydi, katta boylikni rad etib, hiyla ishlatib bo‘lsa-da, Marg‘ubaga qarshi chora ko‘radi. Muallif muhabbat muammosini, personajlarning unga bo‘lgan munosabatini tahlil etar ekan, imkon boricha, chetda turib, xolis hikoya qilishga intiladi, lekin shu bilan birga o‘zining ularga bo'lgan munosabatini ham yashirmaydi. Chunonchi, yozuvchi m uhabbat masalasiga yangicha qarovchi shaxslar obrazini iliq samimiyat bilan tasvirlasa, salbiy personajlaiga o‘z munosabalini “yosuman” (Marg‘uba), “ ko‘k pashsha” (Javlon) singari muvaffaqiyatli o‘xshatishlar, zaharxandali kulgi va boshqa vositalar orqali bildiradi. Shunday qilib, yozuvchi qissada hayotiy, jozibador xarakterlarni vujudga keitirish, ularni o ‘ziga xos tarzda tasvirlash, dunyoqarashiga, ruhiy olamiga kirib borish, mantiqli, dalillangan dramatik sujetni bunyod qilish, muhim sujet unsurlaridan hisoblanuvchi ziddiyat tasviriga jiddiy e’tibor berish, tanlagan mavzusiga, qahram onlariga nisbatan bo‘lgan o‘z munosabatini aks ettirish, turm ushni butun asar davomida realistik ko‘rsatish uslubidan foydalanish va yorqin manzaralar yordamida hayotiy jarayonni yaxlit qamrab olishga intilgan hamda boshqa vositalar orqali eng muqaddas insoniy tuyg'ulardan biri bo‘lmish muhabbat muammosini chuqur estetik tahlildan o'tkazgan, o‘zining nihoyatda muhim g‘oyasini obrazli, haqqoniy, kitobxon qalbiga yetib boradigan, ongini, aqliy saviyasini boyitadigan tarzda in’ikos ettirgan. Abdulla Qahhor qissasidagi barcha hodisalar, shaxslar va holatlarni o‘zaro biriktirib turuvchi ijtimoiy-axloqiy pafosni anglash hamda chuqur his etishgina unda o'zaro chatishib ketgan fikrlar mohiyatini, ular o‘rtasidagi aloqani to‘g‘ri tushunishga yo‘l ochadi. Adabiyotning har bir nodir namunasi o'ziga xos mazmunga va uní ifoda etuvchi go‘zal shaklga ega bo‘lgan , takrorlanmas badiiylik olamiga o‘xshaydi. Undagi har bir so‘z va har bir obraz o'zaro birlashib ketgan va yagona yaxlitlikning ajralmas qismlariga aylangan bo‘ladi. Yaxlitlikning buzilishi, nimadir yetishmasligi yoki nimaningdir ortiqchaligi, fikrlar zanjirining uzilishi badiiy asar qiymatini tushiradi, hatto butunlay keraksiz qilib qo‘yadi. Yaxlitlik badiiylik, san’at va adabiyot asarlarining fazilatigina emas, balki ular mavjudligining zarur shartidir.
Adabiy asarning yaxlitligini, badiiy mukammalligini yuzaga kellirishda, g‘oyasini ochishda uning barcha unsurlari — qahramonlari obrazi ham, sujet va kompozitsiyasi ham , tasviriy vositalari ham o‘zaro birikib ketgan holda ishtirok etadi. Faqat idrok etishda osonlik tug‘dirish uchun ulami alohida-alohida o'rganish mumkin. Qadim zam onlarda “adabiy asar yaxlitligi undagi bosh qahram onning yagonaligi bilan belgilanadi” degan fikr keng tarqalgan edi. Lekin Aristotel o‘sha zam onlardayoq, Gerkules haqidagi hikoyalar bitta qahram onga bag'ishlangani bilan turli-tuman asarlar ekanini, juda ko‘p qahramonlaiga ega bo'lgan “ Illiada” esa yagona, tugal bi asarligini aytib, yuqoridagi fikr xatoligini isbotlagan edi. Aristotel fikrlarining haqqoniyligiga yangi davr adabiyoti materiali misolida ham iqror bo‘lish mumkin. Masalan, Oybekning “Navoiy” romanida ham , L.G. Batning “ Hayot bo‘stoni” povestida ham , Uyg‘un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” dram asida ham Navoiy obrazi mavjud. Shunday bo‘lsa-da, bular mutlaqo birlashib ketmagan, balki alohida-alohida asarlar bo‘lib qolaveradi. Adabiy asarning yaxlitligi, bir butunligi, yuqorida ko‘rganimizdek, bir nechta asarda yagona qahramon mavjudligi bilan emas, balki qo‘yilgan muammoning va ilgari surilgan g‘oyaning yagonaligi bilan belgilanadi.
“ Mavzu” (yoki “tema ”) atamasi hozirga qadar ikki ma’noda qo'llanilib kelinadi. Ba’zilar mavzu deganda, asarda tasvirlash uchun tanlab olingan hayot materialini tushunadilar. Boshqalar esa asarda ko‘tarilgan asosiy ijtimoiy muammoni mavzu deb hisoblaydilar. Birinchi xildagi qarash nuqtayi nazaridan yondashilsa, 0‘rta Osiyo xalqlarining arab bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashi Hamid Olimjonning “ Muqanna” pyesasining mavzusi hisoblanadi. Ikkinchi xil qarashga ko‘ra esa, arablar istilosidan keyin 0‘rta Osiyo xalqlari taqdiri qanday bo‘lganligi muammosi bu asarning mavzusini tashkil qiladi. Garchand, birinchi xildagi nuqtayi nazarni butunlay inkor etish mumkin bo‘lmasa-da, ikkinchi xildagi qarash haqqoniyroq tuyuladi. Bunday qarash, avvalo, tushunchalarning aralashtirib, qorishtirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Mavzu deganda, hayotiy materialni tushunish asarda tasvirlangan manbalami tahlil qilishga yo‘l ochadi. Ikkinchidan, mavzuni asarning asosiy muammosi sifatida tushunish uning asarg‘oyasigachambarchas bog‘liqligini ta'kid etadi. Ba’zi m avzuning muammo bilan bog‘liqligi asar sarlavhasining o‘zida ta'kidlab o'tiladi. Fikrim izning dalili sifatida o‘zbek adabiyotidagi “0‘tgan kunlar” , “Sarob” singari asarlarni eslash mumkin. Garchand, barcha sarlavhalarda ko‘tarilgan muammolar o‘z aksini topavermasa-da (“Qutlug‘ qon”, “ Navoiy” , “Qo‘shchinor chiroqlari” kabi), chinakam adabiy asarlarning ham m asida hayotdagi muhim masalalar qalam ga olinadi, ularni hal qilish yo‘llari qidiríladi. Masalan, Abdulla Qahhor badiiy asarda xalqning "tili uchida turgan gaplarni” aytishga harakat qilgan.
Demak, adabiy asarni bu holda mufassal tahlii qilish yo‘li bilangina uning mavzusini ravshan anglab olish mumkin. Asarda aks ettirilgan hayot manzarasini atroflicha anglab olmay turib, undagi mavzuni butun murakkabligi va aniqligi bilan, ya'ni asosiy muammoga bo‘gianuvchi ko‘plab masalalar bilan birlikda tasavvur qilish mumkin emas. Shunga ko‘ra, mavzuni asaming birjoyidan yoki bir necha boblaridangina qidirib topish, ayrim iboralardan keltiribchiqarish to‘g‘ri bo'lmaydi. Mavzuni asarning butun matnidan, mazmunidan va uni ifodalashga xizmat qiluvchi shaklidan keltirib chiqarish mumkin. Shunday qilib, yozuvchi tom onidan asarda ko‘tarilgan va ko‘p qirrali m azm unni yagona yaxlitlik holiga keltirib turadigan asosiy muammo-mavzu (yoki tem a) deb ataladi. Vozuvchilar badiiy asarda muayyan hayotiy muammolarni ko'tarish bilangina cheklanm aydilar, balki ularning hal qilinishi yo‘llarini ham ko‘rsatadilar. Buning uchun ular tasvirlanayotgan narsa-hodisalarni o‘zlari tasdiqlayotgan ideallar bilan qiyoslaydilar. Qiyoslash natijasida muayyan bir fikmi ilgari suradilar. Shunga ko‘ra adabiy asarda har doim yozuvchining muhim fikri, g'oyasi, niyati bo‘ladi.
Adabiy asarning g‘oyasi xuddi mavzusidan va uning boy mazmunidan kelib chiqadi. Chinakam badiiy asarlarda har bir voqea, har bir shaxs va hatto eng kichik tafsilot ham g'oyaning ifodalanishiga xizmat qiladi. Shunga binoan asar g‘oyasini to‘g‘ri tushunm oq uchun unda aks ettirilgan ham manarsani chuqur idrok qilish zarur bo‘ladi. Shunday qilinm asa, g‘oya haqidagi tasavvur nihoyatda mavhum va yuzaki bo'ladi. Yozuvchi asarda ilgari surgan asosiy g‘oya leytm otiv deb ataladi. Asosiy g‘oya, aytganimizdek, asaming butun badiiy to‘qim asidan kelib chiqadi. Shu sababli, har bir obraz, har bir tafsilot muayyan g‘oyaviy vazifani bajaradi. Har bir obraz odatda yozuvchi g‘oyaviy maqsadining muayyan tomonini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Abdulla Qahhoming “ Muhabbat” qissasidagi g‘oyaviy maqsadni to‘liq tasavvur qilmoq uchun asardagi har bir shaxsning, voqea va manzaraning qanday g‘oyaviy vazifani bajarishini tushunib olmoq zarur. Demak, adabiy asaming butun mazmunidan, badiiy to‘qimasidan kelib chiqadigan fikr uning g‘oyasi deb ataladi.
Adabiyotshunoslikda g‘oya muallif bayon etgan, tasdiqlagan fikrlardangina iborat degan xato qarashlar keng tarqalgan. Bunday qarashlar asami bir yoqlama talqin etishga va mazmunini soxtalashtirishga olib keladi. Bundan tashqari, ayrim asarlarda faqatgina tanqidiy g‘oyalar ifodalanganligini ham unutmaslik kerak. Ular qatoriga Muqimiyning “Tanobchilar”, “Maskovchi boy ta’rifida” , Erkin Vohidovning «Donishqishloq latifalari», Abdulla Oripovning «Ranjkom» singari hajviy asarlarini kiritish mumkin. Ularda turli tuman ijtimoiy illatlar fosh etilar ekan, yozuvchi, albatta, muayyan idealdan kelib chiqadi. Biroq mazkur asarlarda tanqidiy g‘oyalar yetakchilik qiladi hamda ular asosida g‘oyaviy mazmunning haqqoniyligi va qay darajada mukammal ekanligi aniqlanadi, g‘oyasi uning butun boy mazmunidan kelib chiqadi. Yozuvchilar yagona g'oyaviy negizga ega bo‘lgan asarlami ko‘p ijod qilganlar. Jumladan, yozuvchi Said Ahmadning “ Ufq” trilogiyasiga kirgan uch kitob aks ettirgan davriga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Agar birinchi kitobda 30-yillar oxiridagi Katta Farg‘ona kanali qurilishi voqealari jonlantirilgan bo ‘lsa, ikkinchisida urush davrining fojialari qalamga olinadi, uchinchi kitob esa urushdan keyingi tiklanish yillari voqealari tasviriga bag‘ishlangan. Lekin uchala kitobni yagona g‘oyaviy m aqsad birlashtirib turadi. Yozuvchi ushbu kitoblarda asosiy e’tibomi xalqtarixiga mansub bo‘lgan mazkur davrda kishilar taqdirida, ruhida qanday iz qoldirganligini ko‘rsatishga qaratadi. Muayyan adabiy turkumning g‘oyaviy asosini to‘g‘ri anglamoq uchun unga kiruvchi asarlarni alohida-alohida mufassal tahlil qilishdan tashqari, shu tahlil natijalarini o‘zaro qiyoslash, umumlashtirish va butun turkumga xos mushtarak xususiyatlarni aniqlash zarur. Bunda o ‘zaro aloqador bo‘lgan ikki jarayon ko‘zga tashlanadi: h ar bir asarning g'oyaviy m azm unini mufassal tahlil qilish yo‘li bilan m uayyan um um iy xulosaga kelinadi, bu tahiilning to‘g‘riligi esa butun turkumning umumiy mazmunini mantiqiy anglash vositasida aniqlanadi. Yozuvchi badiiy asar yozar ekan, har doim muayyan maqsadni ko‘zda tutadi. Bu maqsadga ko‘pincha asarda ifodalangan g‘oya mos kelishi mumkin.
Asar yozishdan ko‘zda tutilgan maqsad ba’zan uning g‘oyasidan farqlanib qolishi ham mumkin. Bunday hollarda asarg‘oyasining mohiyatini, ahamiyatini to‘g‘ri tushunm oq uchun u bilan yozuvchi maqsadi o‘rtasidagi farqlarni bilib olmoq lozim bo‘ladi. Yozuvchi m aqsadi bilan asardagi g‘oya orasida farq bo‘lishi mumkinligini tushungan holda narsa-hodisalarga to‘g‘ri nuqtayi nazardan yondashish tasviming haqqoniy va mukammal chiqishiga yo‘l ochishini ham unutmaslik lozim. Aksincha, hayotni xato yoki ziddiyatli qarashlar asosida aks ettirish tasviming ahamiyatini tushiradi, hatto butunlay yo‘qqa chiqaradi, chunki shunday qarashlar voqelikdagi turli tom onlarning soxtalashtirilgan holda ko‘rsatilishiga olib keladi. Shuning uchun ham , adabiyotning ilg‘or namoyandalari har doim adabiy asarlaming yuksak g'oyaviyligi va taraqqiyparvar dunyoqarashning tantanasi uchun kurashib kelganlar. Binobarin, maqsad qanchalik to‘g‘ri, chuqur va mukammal bo‘lsa, adabiy asarning obyektiv g‘oyasi ham shunchalik haqqoniy, muhim va salmoqli bo‘ladi. Yozuvchi istagidan qat’i nazar, kelib chiqishidan tashqari adabiy asar g'oyalari yanashu m a’noda obyektivki, ular muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit taqozosi bilan yuzaga keladi va adabiyotdan o‘rin oladi.
Adabiyotning eng nodir namunalaridagi mavzu va g'oyalar aksariyat hollarda taraqqiyotning muayyan bosqichidagi ilg'or ijtimoiy qarashlarga mos keladi. Jumladan, Alisher Navoiy asarlarida adolatli shoh masalasining ko‘tarilishi XV asr sharoitiga. o‘sha davr kishilarining orzu-tilaklari, dunyoqarashlariga mos kelar edi. Xuddi shuningdek, Maxmur va Muqimiy asarlarida mehnatkash xalq ayanchli hayotining aks etishi XIX asrdagi O 'rta Osiyo sharoiti bilan bog'liq. Muayyan mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy tarixiy sharoit, milliy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi o‘ziga xos xususiyatlar adabiy asarlarda muayyan muammolarning yoritilishini taqozo qiladi. Bu muammolarning adabiy asarlarda qay tarzda badiiy hal qilinishi yozuvchilarning ijtimoiy-siyosiy nuqtayi nazarlariga, dunyoqarashlariga ham bog'liq. G‘oya , niyat ko'pincha epik asarda ifodalangan obycktiv mazmundan mantiqan kelib chiqadi. Ulami alohida ta’kidlash shart emas.