Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov


Xarakter bu muayyan insonga xos mijoz



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə12/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Xarakter bu muayyan insonga xos mijoz, did, qarash, qiliq; belgilar va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan alohidalikdir. Bu hol shu bilan izohlanadiki, inson hayotda turli-tuman munosabatlar va aloqalarga kirishganda, uning ongi va xulqida o‘sha munosabatlar hamda aloqalarga mos keladigan tomonlar shakllanadi. Chinakam realistik asarlardagi ko‘plab his-tuyg‘ular. fikrlar ustidan hokimlik qiluvchi kuchli ehtirosli insoniy xarakterlar ko‘p qirrali bo‘ladi.
Xarakterning ko‘p qirraliligi san’atkorlar tomonidan kishilarga xos xususiyatlarni sun’iy ravishda, tarqoq holda birlashtirish yo‘li bilan yuzaga chiqarilmaydi. Yuqorida xarakterning muayyan alohidalikdan iborat ekanligi aytilgandi. Har bir xarakterning alohidalikka aylanishining sababi shundaki, yozuvchilar o‘zlarining asosiy e’tiborlarini shu xarakterning barcha xususiyatlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi yetakchi belgisini ochib berishga qaratadilar.
Xarakterning yetakchi sifatini tasvirlash adabiy asarlarda nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shunday tasvir tufayli kitobxonlar asardagi obrazlarning ijtimoiy mohiyatini anglab oladilar. Qahramon xarakterida jamiyatning ilg‘or kishi bo‘lishga, davr bilan hamnafas borishga, shu yo‘lda faollik ko‘rsatishga intilish tuyg‘usi yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, u inson baxti, o‘z muhabbati, mazlum xalqlar ozodligi haqida ham ko‘p o‘ylaydi, ba’zan iztirob ham chekadi, gohida qattiq g‘azablanadi. Bu xususiyatlarning hammasi xarakterda yetakchi jihat doirasida, u bilan uzviy bog‘liq holda aks ettiriladi. Yozuvchilar tasvirlanayotgan xarakterlarning yetakchi belgilarini ochib berar ekanlar, ularni bevosita yoki bilvosita ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan aloqadorlikda ko‘rsatadilar. Buning sababi shundaki, mazkur yetakchi belgilar shu hayot zaminida tug‘ilgan va shakllangan bo‘ladi. Yetakchi belgilarni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘iiq holda ochish xarakterlarning umumiy, mushtarak tomonini yuzaga chiqarishga imkon beradi. Natijada xarakter tipiklik kasb etadi. Tiplarda muayyan ijtimoiy guruh, sinf, xalqqa xos hisoblangan xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi. Tiplarning ma’rifiy ahamiyati, birinchi navbatda, ularda ijtimoiy hayot tamoyillari qanchalik haqqoniy aks ettirilganligi. uning qonuniyatlari qay darajada chuqur ochilganligi bilan belgiianadi. Chinakam badiiy asarlarda har bir tip, albatta, xarakter (muayyan shaxs) bo‘ladi, chunki har bir obrazda mushtarak umumiy belgitar alohida takrorlanmas xususiyatlar tarzida yuzaga chiqadi. O'zida muayyan zamon, ijtimoiy-tarixiysharoit, ijtimoiy yo‘nalishlar va g'oyalarning mushtarak, umum uchun ahamiyatli tomonlarini mujassamlashtirgan xarakterlargina tip darajasiga ko'tarila oladi.Shuning uchun ham chinakam tiplarning yuzaga keltirilishi hayot jarayonlariga chuqur kirib borish va voqelikni badiiy idrok etishning natijasidir. Bu o‘rinda adabiyotshunoslikda haligacha xato bir qarash. ya’ni real kishilar xarakteri bilan adabiy qahramonlar xarakterini aynan bir narsa deb tushunish hollari uchraydi.
Albatta, har bir chinakam yozuvchi real hayotdagi kishitami o‘rgangan holda adabiy qahramonlar obrazini hosil etadi. Uning asarlaridagi qahramonlar va obrazlarning prototiplari ham bo‘ladi. Biroq yozuvchi hayotdagi kishilarning aynan o‘zini takrorlam aydi, balki yangi, muayyan darajada to‘qib chiqarilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar qiyofasini nam oyon qiladi. U shaxslarda real hayotdagi kishilarga xos xususiyatlargina em as, balki istiqboli, taqdiri va yozuvchining ularga bergan bahosi, xatti-xarakatlariga munosabati ham o‘z aksini topadi. Adabiyot voqelikdam avjud bo ‘lgan shaxs vatiplargao‘xshagan, ularni tushunishga yordam beradigan, qo‘shimchalar bilan boyitilgan yangi personajlar va tiplarni vujudga keltiradi. Adabiyotda paydo bo'lgan va go‘yo real hayotga olib kirilgan tiplardan biri sifatida o‘tgan asrda Rossiyada vujudga kelgan “ortiqcha odamlar’’ obrazini ko‘rsatish mumkin. Albatta, bu obrazlar turmushdagi real, ijtimoiy, psixologiktip asosida bunyod etilgan.
Adabiyotda paydo bo‘lgan tipikxarakterlarni tahlil qilganda, masalaning ikki tomonini hisobga olish zarur. Birinchidan, o‘sha personajda hayotning qaysi tomoni umumlashtirilganini, tipiklashtirilganini, shu umumlashtirish tufayli kitobxon ongi qanday turmush haqiqati bilan boyiganligini aniqlab olish lozim. Ikkinchidan, mazkur umumlashma qanday badiiy tasvir vositalari yordamida yuzaga keltirilganligini bilib olish zarur, chunki adabiy xarakterlar bir-biridan faqatgina ularda ifodalangan hayotiy mazmunga ko'ra emas, balki ularni shakllantirishishiga xizmat qilgan aks ettirish usullariga ko‘ra ham farqlanadi.
Tipik umumlashmalar o‘z xarakteriga ko‘ra turli-tuman bo‘lishi mumkin. Ba’zan yozuvchilar kishilar orasida yaqqol ajralib turadigan favqulodda shaxslarni tasvirlaydilar. Bunga adabiyotimizga kirgan Muqanna, Navoiy, Ulug‘bek, Temur obrazlari yorqin misol bo‘la oladi.
Mazkur obrazlarda hayotda chindan ham mavjud bo‘lgan tarixiy shaxslar siymosi chizilganligi sababli ular tipik ahamiyatga ega emasdek k o‘rinishi mumkin. Aslida unday emas. Ayrim obrazlarda favqulodda ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin inson mohiyatining asosiy, muayyan, tarixiy xususiyatlari umumlashtiriladi. Bunday obrazlar bilan tanishish natijasida biz kishilarning turmush tajribasi jarayonida shakllangan turli-tuman xususiyatlarini ham, turli ijtimoiy sharoitlardagi odamlar taqdirini ham tasavvur eta olamiz. Adabiyotda ijtimoiy sinf va guruhlarning muayyan ilg‘or g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirgan, ko'pincha yangilik uchun kurashadigan tipik personaj ham bo‘ladi.
Yozuvchining subyektiv qarashlari ijobiy qahram onlarning obyektiv mohiyatiga mos kelishi mumkin. Bunday hol yozuvchining ijtimoiy hayot qonuniyatlarini to‘g‘ri tushunish darajasiga, eskilik bilan yangilik orasidagi qarashda qanday nuqtayi nazarda turishiga bog‘liq.
0‘zbek mumtoz adabiyotida ijobiy qahramonlar ko‘pincha romantik, ideal qahramonlar sifatida ko'rsatilgan. Alisher Navoiyning “Xamsa”sidagi Farhod va Shirin, Layli va Majnun hamda Iskandarlar xuddi shunday ideal qahramonlar bo‘lib, shoir ularni o‘ta qudratli, har tomonlama mukammal, hatto g‘ayritabiiy fazilatlar egasi qilib ko‘rsatish yo‘li bilan o‘z davrining ayrim masalalariga ishora qilgandek bo‘ladi. U go‘yo ideal qahramonlar obrazi vositasida o‘z zamonasida adolatli podsho zarurligini, har tomonlama go‘zal, barkamol kishilar yetishib chiqishi lozimligini alohida ta’kidlaydi. Alisher Navoiy ijod etgan ideal, orzu asosidagi qahramonlar obrazi, bilan tarixiy vaziyat orasida ham ma’lum darajada bog‘liqlik mavjud. Umuman, ideal qahramonlar obrazi, asosan, yozuvchilarning yuksak mukammallik haqidagi tasavvurlari-ideallari asosida vujudga kelgan. Ideallik romantizm ijodiy metodi bilan aloqador va u bunday obrazlam ing aybi emas, balki fazilatidir. ijobiy qahramon tipining obyektiv xarakterini to‘g‘ri tushunish lozim.
Chinakam realist san’atkor to'qib chiqarilgan idealni emas, balki muayyan ijtimoiy guruhdagi kishilarning haqiqatan ham mavjud bo‘lgan muhim belgilarini ko‘rsatadi. Qahramonlarni hayotdan , real kishilar muhitidan ajratib, boshqacha qilib tasvirlash natijasida, kitobxonni hayajonlantira olmaydigan jonli personajlar o‘rniga qandaydir mavhum obrazlar vujudga keladi. Ayon bo‘ladiki, ijobiy qahramon to‘qib chiqarilgan ideal personaj emas, balki muayyan kishilar guruhíga xos bo‘lgan muhim ijobiy belgilarning, sifatlarning tipikum umlashmasidir.Ko‘p asrlik adabiyot tajribasi shundan guvohlik beradi.
Satirik tipiklashtirish tamoyillari asosida ijod etilgan obrazlar ham katta m a’rifiy-tarbiyaviy ahmiyatga ega bo‘ladi. Muayyan ijtimoiy illatni, kulgili tarzda fosh qiluvchi adabiy asar satira (hajviya)dir. Satiraning yorqin namunalari sitatida Maxmurning “ Hapalak”, Muqimiyning “Tanobchilar” , Hamzaning “Maysaraning ishi”, Abdulla Qahhorning “Tobutdan tovush” singari asarlarini ko‘rsatish mumkin. Satirik tipiklashtirish usullarini, tartiblarini chegaralab bo‘lmaydi.Ular rang-barangdir. Shunday bo‘lsa-da, ular orasida giperbola(mubolag‘a), ya’ni (haddan tashqari bo ‘rttirish), yo‘qotishga intilish tuyg‘usi kuchliligini qayd qilib o‘tish lozim.
Realizm qonunlari asosan uchta:
biri - haqqoniylik;
ikkinchisi - tipik xarakterlarni ko‘rsatish;
uchinchisi - tipiksharoitda tasvirlash.
Tipik sharoit deganda, har qanday ijtimoiy sharoit emas, balki ulardan jamiyat taraqqiyotining yetakchi tamoyillari namoyon bo‘ladiganlari tushuniladi. Adabiyotdagi tipiklashtirishning ma’rifiy ahamiyati bilan tarbiyaviy ahamiyati o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Yozuvchilar hayotda chindan ham mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarni o‘z qarashlari, estetik ideallari nuqtayi nazaridan ko‘rsatar ekanlar, kishilar ongida turli vaziyatlar, holatlar, voqealarga nisbatan to‘g‘ri munosabatning shaktlanishiga yordamlashadilar. Kitobxonlar tiplar orqali ijtimoiy hayot qonuniyatlarini yaxshiroq anglab oladilar.



Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin