Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə80/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

SIMVOLIZM (yun. simbolon, fr. simbolisme – belgi, nishon) – evropada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida kuzatilgan madaniy-ma’naviy inqiroz sharoitida, pozitivistik yondashuv (q. naturalizm) va tobora urchib borayotgan omma adabiyoti (belletristika) namunalari obro‘sizlantirgan realistik tasvir prinsiplariga qarshi o‘laroq, vujudga kelgan adabiy oqim. S.ning adabiy-yestetik asoslari XIX asrning 60 – 70-yillarida P.Verlen, A.Rembo, S.Mallarme kabi fransuz shoirlari ijodi bilan qo‘yilgan. Mutaxassislar S.ga romantizm vorisi sifatida qaraydilar, shu bois ham uning falsafiy asoslarini A.Shopengauyer, e.Gartman va, qisman, F.Nisshe ta’limotida ko‘radilar. Simvolistlar konkret-hissiy idrok doirasidan tashqarida turuvchi g‘oyalar, “o‘zi-o‘zidagi narsa”larni badiiy aks ettirishga intiladilar. Ularga ko‘ra, simvol kundalik maishat domidan qutulish va dunyoning ideal mohiyatini anglash uchun obrazdan ko‘ra samaraliroq vositadir. Ular shoir qalban mutlaq haqiqatga yaqin turadi, shu bois u olamni simvollar orqali intuitiv tarzda idrok eta oladi, deb hisoblaydilar.
SONET (ital. sonetto, provanscha sonet – qo‘shiq so‘zidan) – qat’iy she’r shakllaridan biri, shakl xususiyatlariga ko‘ra tasnif etiluvchi lirik janr. S. o‘n to‘rt misradan tarkib topib, ikkita katren va ikkita tersetni o‘z ichiga oladi. S.ning kanonik shakli ikki ko‘rinishda bo‘lib, “italyancha” variantida katrenlari abab abab, tersetlari esa cdc dcd (yoki cde cde); “fransuzcha” variantida katrenlari abba abba, tersetlari ccd eyed (yoki ccd ede) tarzida qofiyalanadi. She’riyat tarixida S.ning kanonik talablardan chekinish hollari ham uchraydi. Jumladan, “ingliz” S.ida uchta katren va bitta distixdan tashkil topib, katrenlari abab cdcd efef tarzidagi kesishgan, distix esa gg tarzida juft qofiyalanadi. Shuningdek, S.ga bundan boshqa ham turli o‘zgarishlar (qofiyalanishiga: boshdan oxirigacha juft va toq misralari ababab... tarzidagi sxema; kompozisiyasiga: avval ikki terset, keyin ikki katren; o‘lchoviga: katrenlardagi to‘rtinchi misra boshqa o‘lchovda va b.) kiritib, turfa variantlari tajriba qilib ko‘rilgan. Biroq S.ning kanonik shakllari baribir o‘z mavqeini daxlsiz saqlab qolgan, hozirda ham S. deganda shular nazarda tutiladi.

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin