Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə81/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

TRILOGIYA (yun. tri – qo‘shma so‘zlar tarkibida uch va logos – so‘z, hikoya, rivoyat) – syujet-kompozision qurilishi jihatidan nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan uchta asarning umumiy personajlarga egaligi, syujet chiziqlarining davomiyligi, muallif niyatining yagonaligi va shulardan kelib chiquvchi yaxlit konsepsiya tufayli butunlikka birikuvidan tashkil topgan asar. Antik adabiyotda uchta tragediyadan tarkib topuvchi turkumlar T. deb yuritilgan. Jahon adabiyoti tarixida daramatik asarlarni birlashtiruvchi T.lar ham, epik asarlarni birlashtiruvchi T.lar ham ko‘plab yaratilgan. Jumladan, P.Bomarshe ijodida komediyalardan (“Sevilyalik sartarosh”, “Figaroning uylanishi”, “Aybdor ona”), L.N.Tolstoy merosida avtobiografik qissalardan (“Bolalik”, “O‘smirlik”, “Yoshlik”) tarkib topgan T.lar mavjud. T.ning o‘zbek adabiyotidagi namunasi sifatida S.Ahmadning “Ufq” (“Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida”, “Ufq bo‘sag‘asida”) asarini ko‘rsatish mumkin.
TUGUN (ruschadan kalka: “zavyazka”) – epik va daramatik asarlardagi voqeaband syujetning muhim unsuri, voqealarning boshlanishiga turtki bo‘lgan voqea, asar konflikti qo‘yilgan joy. T. syujetning zaruriy elementi sanaladi, ya’ni u syujetda har vaqt hozirdir. Faqat ayrim hollarda, xususan, ba’zi xronikali syujetlarda, shuningdek, “ichki harakat” dinamikasi asosidagi syujetlarda u etarlicha bo‘rtib ko‘rinmasligi mumkin. T., odatda, asarning boshlanishida, ekspozisiyadan (agar u bo‘lsa) keyinoq beriladi. Muayyan badiiy-yestetik maqsadni ko‘zda tutgan holda, T.ning o‘rni o‘zgartirilishi ham mumkin. Mas., “O‘tgan kunlar” romanida Otabek bilan Kumushning daf’atan uchrashib qolishi – birinchi bo‘lim T.i, biroq bu voqea shu bo‘lim nihoyasida bayon qilinadi. Yana bir jihati, “O‘tgan kunlar”ning uchala bo‘limi ham o‘z T.ga ega: birinchi bo‘limdagi syujet echimi – Otabek bilan Kumushning to‘yi ikkinchi bo‘lim voqealariga turtki bergan T. bo‘lsa, ikkinchi bo‘limdagi syujet echimi – Otabekning o‘chini olgach Toshkentga ketib qolishi uchinchi bo‘lim voqealariga turtki beruvchi T.dir. O‘zgacharoq hol “Kecha va kunduz”da ham kuzatiladi: Akbaralining Zebiga sovchi qo‘yishi bitta T. bo‘lsa, Miryoqubning Maryamga ishqi tushgani ikkinchi T.ni tashkil qiladi. Demak, yirik hajmli asarlar syujetida bir emas, bir nechta T. bo‘lishi, asarning nisbiy tugallikka ega qismlari yoki har bir mustaqil syujet liniyasi o‘z T.iga ega bo‘lishi mumkin ekan.
FELETON (fr. feuilleton – varaq, sahifa) – badiiy-publisistik janr, dolzarb mavzuda yozilgan tanqidiy ruhdagi, ko‘pincha hajviy-satirik yo‘nalishdagi asar. F. atamasi publisistikaning ijtimoiy-siyosiy tanqid ruhidagi alohida janrini anglata boshlashi XIX asr oxirlariga to‘g‘ri keladi. Unga qadar F. so‘zi boshqa ma’noda ishlatilgan. “Jurnal de deba” nomli Parij gazetasi 1800 yil 28 yanvar soniga qo‘shimcha varaq ilova qiladi, keyincha bu gazetaning “Feleton” nomli doimiy rubrikasi bo‘lib qoladi. Shu nomli rubrika evropa matbuotida tez ommalashib, bu rubrika ostida nosiyosiy, norasmiy materiallar: e’lonlar, moda yangiliklari, teatr taqrizlari, hikoya va hatto romanlar e’lon qilinadi. Jadid matbuotida ham shu nomda rubrika tashkil etilgan bo‘lib, mas., Cho‘lponning “Qurboni jaholat”, “Do‘xtur Muhammadiyor” hikoyalari “Sadoi Turkiston”ning F. rubrikasi ostida chop etilgan. Bu hol adabiyotshunosligimizda Cho‘lpon ushbu hikoyalari janrini F. tarzida belgilagan, degan yanglish qarashning paydo bo‘lishiga olib kelgan. XX asrning 20 – 30-yillaridan boshlab o‘zbek matbuotida kunning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan F.lar keng o‘rin egallaydi, jumladan, A.Qodiriy, G‘.G‘ulom, A.Qahhor, S.Ahmad singari mashhur adiblarimizning qator asarlari o‘zbek F.chiligi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgan.

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin